3.4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
naqd pul muomalasi bo‘yicha asosiy vazifalari
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to‘g‘risida” qonuniga muvofiq Markaziy bankning bosh maqsadi milliy
valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat va davlat monetar siyosatining
asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda Markaziy bank to‘lov vositasi sifatida
banknotlar va tangalar ko‘rinishdagi naqd pul belgilarini muomalaga chiqarish va
muomaladan qaytarib olish bo‘yicha mutloq huquqga ega.
Shunga muvofiq, muomalaga naqd pul chiqarish, ularni saqlash, muomaladan
qaytarib olish va muomala uchun yaroqsiz holatga kelgan pul belgilarini yangi pul
belgilariga
almashtirish
vazifalarini
bajaradi.
Shuningdek,
muomalaga
chiqarilmagan pul belgilarini saqlash maqsadida Markaziy bank Rezerv fondlarini
tashkil etadi va ular bo‘yicha pul mablag‘larining tarkibiy qismlarini, ya’ni
banknot va tangalar ko‘rinishidagi qoldiq limitlarini belgilaydi. Tijorat banklari
aylanma kassalarining qoldiq limitlari ham Markaziy bank tomonidan o‘rnatiladi.
Markaziy bank Respublika banklarida pul muomalasini va kassa ishlarini
tashkil etish hamda ularning buxgalteriya hisobini yuritish bilan bog‘liq barcha
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi.
Markaziy bank o‘zining asosiy maqsadini to‘la qonli bajarish, ya’ni pul
muomalasini barqaror saqlab turishga hamda milliy valyutaning barqarorligini
ta’minlash uchun pul muomalasi holatini muttasil o‘rganadi va tahlil qiladi hamda
uni mustahkamlash uchun amaliy choralar ko‘radi. Asosiy naqd pul oqimlari
tijorat banklari kassalari orqali o‘tganligi sababli, Respublikada faoliyat
yuritayotgan tijorat banklarining naqd pul muomalasi bilan bog‘liq faoliyatini
tartibga soladi va nazorat qiladi.
Markaziy bank tomonidan naqd pul muomalasini tartibga solish maqsadida
tijorat banklari va ularning mijozlari uchun majburiy bo‘lgan quyidagi talablar
o‘rnatilgan:
kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
tijorat banklari kassalariga naqd pullarni topshirish va olish tartibi;
tijorat banklari aylanma kassalariga limit o‘rnatish tartibi;
tijorat banklari aylanma kassalari mustahkamlash uchun zaxira pullarini
tashkil qilish tartibi;
tijorat banklari kassa aylanmalarini hom cho‘t qilish tartibi;
xo‘jalik sub’ektlari naqd pul tushumlarini inkassatsiya xizmati tomonidan
tijorat banklari kassalariga topshirish tartibi;
banknotlar va monetalarni to‘lovga yaroqlilik qobiliyatini aniqlash tartibi;
xo‘jalik sub’ektlari kassalari qoldig‘iga limit o‘rnatish tartibi;
naqd pul bilan hisob – kitob qilish tartibi;
kassa operatsiyalarining buxgalteriya hisobi;
chakana savdo korxonalariga naqd pulsiz hisob – kitob qilish tartibi.
Markaziy bank va uning hududiy Bosh boshqarmalari (HBB) zimmasiga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida pul muomalasini
tashkil etish, tijorat banklari naqd pul bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtiradi va
monitoring yuritadi.
Bank muassasalariga kelib tushgan pul birliklari va tangalarning qayta
sanalishi, to‘lovga yaroqli, eskirgan hamda yaroqsiz, ya’ni to‘lov qobiliyatini
yo‘qotgan pul birliklarini toifalarga ajratilgan holda saralash, taxlash, tegishli
ravishda o‘rab bog‘lash va qayta muomalaga chiqarilishi kabi ishlarning sifatini
yanada oshirish yuzasidan Markaziy bankning barcha muassasalari va tijorat bank
bo‘limlariga doimiy ravishda tegishli ko‘rsatmalar berib boriladi. Pul birliklarining
«yaroqli», «eskirgan» va «to‘lovga yaroqsiz» toifalar bo‘yicha mezonlarini ishlab
chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |