Pul mablag`larining turkumlanishi va ularning buxgalteriya hisobini yuritishdagi o`rni va axamiyati
Korxonalarga pul mablag`larining buxgalteriya hisobini yuritish kup jixatdan ularning turkumlanishiga boglik. Chunki pul mablag`larini manbalardan kelib tushishi va kaysi yunalishlar buyicha sarflanishini taxlil kilish asosida ulardan samarali va maksadga muvofik foydalanish mumkin.
Xozir amaliyotda pul mablag`lari kuyidagicha turkumlanadi va ular buxgalteriya hisobini yuritishda foydalaniladi.
Valyutalarni turlari buyicha guruxlash.
Kaysi joyda saklanish buyicha guruxlash.
Kaysi maksadlarga sarflanishi buyicha guruxlash.
Kaysi manbalardan kelib tushishi buyicha guruxlash.
Pul mablag`larining turlari buyicha guruxlash.
Respublikamizda xujalik subyektlariga nafakat Uzbekiston milliy valyutasi sumda balki boshqa chet el valyutalarida xam banklarda hisob rakamlarini ochish imkoniyatlari berilgan. Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining karoriga kura barcha xujalik subyektlari 1999 yil 1 iyulidan bir necha banklarda uzlarining hisob rakamlarini turli valyutalarda ochish imkoniyatiga ega buldilar.
Sodir bulgan xujalik muomalalarining mazmuni kuyidagicha:
Bankdagi hisob-kitob schyotidan korxona kassasiga turli maksadlar uchun naqd pul olib kelishdi.
Hisobdor shaxslar avans hisobotiga asosan ortikcha oshgan pullarni korxona kassasiga topshiriladi.
Yakka uy-joy kurish uchun olingan ssudani xodimlar tomonidan kassaga topshirganda.
Kvartirada turuvchi xodimlar va farzandlari bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun ota-onalar tomonidan uz karzlarini kassaga topshirsa.
Maxsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tushgan naqd pullar kassaga topshirilsa.
Kassa limitidan ortikcha pullar bankdagi hisob-kitob schyotiga topshirilsa.
Kassadan ishchi va xizmatchilarga ish xaki va nafaka berilganda.
Kassadan hisobdor shaxslarga avans berilganda.
Kassadan dividendlar tulanganda.
Ish xaki, mukofotlar va boshqa shunga uxshash tulovlarning deponentga utkazilgan summalari kassadan tulanganda.
Kassa muomalalarining hisob (dastlabki hisobdan to balansda umumlashtirilgunga kadar bulgan davrni) jarayonini sxemada kuyidagicha aks ettirilish mumkin.
Xar bir korxona bankida hisob-kitob schyoti ochiladi. Bu schyotda korxona uz pul mablag`larini saklaydilar va turli tashkilotlar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boradilar. Korxonalarning pul mablag`lari hisob-kitob schyotida saklanganligi uchun bank ma`lum mikdorda foyz tulaydi. Korxonalar hisob-kitob schyoti ochish uchun kuyidagi hujjatlrni topshiradi: belgilangan shaklda maxsus ariza. Bu arizaga korxona raxbari va bosh buxgalteri imzo kuyadi: imzolar kuyilgan va pechat bosilgan kartochka (ikki nusxada). Korxona raxbari va bosh buxgalterning kartochkada kuyilgan imzolari yukori organ tomonidan tasdiklanadi.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`lari kuyidagi xujalik muomalalari natijasida kupayishi mumkin: davlatga sotilgan maxsulot uchun pul olinganda; chet tashkilotlarga bajargan ish va xizmatlar uchun pul olinganda; banklardan ssudalar olinganda; kassadagi limitdan ortikcha pullar utkazilganda; asosiy xujalik faoliyatidan boshqa daromadlar tushganda. Hisob-kitob schyotiga tushadigan pul mablag`lari bank koidalariga muvofik namunaviy hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Masalan, sotilgan maxsulot, bajarilgan ish va kursatilgan xizmatlar uchun tayyorlov tashkilotlari va boshqa xujaliklardan tushadigan pullarni bank bu tashkilotlarning uz karzlari uchun pul utkazishi tugrisidagi hujjatlariga asosan utkazadi. Korxona kassadagi naqd pulini bankdagi hisob-kitob schyotiga naqd pul topshirish tugrisida yozilgan ma`lumotnomaga asosan topshiradi. Bunda bank pul kabul kilinganligi tugrisida kvitansiya beradi. Ayrim xollarda tovar muammolariga doir pul mol yuboruvchining hujjatlariga asosan xam undirilishi mumkin. Bunday xollarda xujalik uziga xizmat kursatuvchi bankka maxsus hujjat tulov talabnomasi yozib topshiradi. Bank shu hujjatga asosan hisoblangan pullrani tulovchi schyotidan mol yuboruvchining schyotiga utkazadi. Korxonaning hisob-kitob schyotidagi pul kuyidagi tulovlar hisobiga kamayishi mumkin: boshqa tashkilot va korxonalardan olingan mol va moddiy boyliklar xamda kursatilgan xizmatlar uchun pul tulaganda; mexnatga xak tulash va turli xujalik extiyojlari uchun kassaga naqd pul olib kelinganda; davlat budjeti va sugurta organlariga majburiyat yuzasidan pul utkazib berilganda; bankdan olingan ssudalar va ularning foizi kaytarilganda; xujalik faoliyatiga doir boshqa tulovlar tulanganda. Naqd pul hisob-kitob schyotidan pul chyokiga asosan beriladi. Xujalikning farmoyishi bilan tulanadigan boshqa barcha naqd pulsiz tulovlar tulov topshirigiga asosan rasmiylashtiriladi. Bu hujjat uch nusxada tuzilib bankka topshiriladi. Tulov topshirigining 1- 2- nusxasini bank olib koladi, 3 nusxasiga pul tulanganligi tugrisida belgi kuyib tulovchi tashkilotga kaytarib beradi. Bank xujalikning hisob-kitob schyotidan mustakil ravishda mol yuboruvchining tulov talabnomasiga asosan xakdor tashkilotga utkazadi. Bunday vaktda tulovchi korxonadan xech kanday farmoyish hujjatlari talab kilinmaydi. Xujalik xak tulashini belgilangan tartibda asosli rad etgan vaktdagina bank pul utkazib bermaydi. Ba`zi hujjatlarga asosan bank korxonaning hisob-kitob schyotidan suzsiz (tulovchining rozi bulishi yoki bulmasligiga karamasdan) pul oladi. Bunday hujjatlarga xalk sudining ijro varakalari, davlat arbitraji organlarining buyruklari kiradi. Bunday hujjatlarga asosan kreditor tashkilot tulov talabnomasi yozib bankka topshiradi. Bank bu pulni suzsiz undirib beradi. Korxonaning hisob-kitob schyotidan sarflanadigan pulni bank tomonidan hujjatlarning kelib tushish ketma-ketligiga karab tulaydi. Korxonaning uz hisob-kitob schyotidan pul mablag`lari xarakati ustidan nazorat kilib turish uchun bankdan vakti vakti bilan ko`chirma olib turadi. Bu ko`chirma hisob-kitob schyoti buyicha bankda yuritiladigan shaxsiy schyotning ikkinchi nusxasi hisoblanadi. Ko`chirmada hisob-kitob schyotiga tushgan va undan tulangan xamma pul mablag`lari kursatiladi. Pul mablag`lari xujalik-ning buyrugidan tashkari hisob-kitobidan sarflangan xollarda ko`chirma-ga tegishli hujjatlar ilova kilinadi. Bunda shuni e`tiborga olish kerakki, bank uchun korxonalarning hisob kitob schyotlari passiv schyot bulib hisoblanadi. Shuning uchun uning kreditida kupayishi, debetida kamayishi aks ettiriladi. Banklar (korxona bilan kelishgan xolda) ko`chirmani berish muddatini belgilaydi, shu bilan birga ko`chirmani tekshirish muddati, ya`ni bank yozuvlariga norozilik bildirish muddati xam belgilanadi. (2 kun) Ko`chirmalarni tekshirish paytida aniklangan xatolar hisob-kitob schyotida bank tomonidan yozilgan summada aks ettiriladi.
Shu bilan birga xato yozilgan summa 63 "Da`volar buyicha hisob-kitob" schyotiga utkazib kuyiladi. Bildirilgan da`volar bank tomonidan xal etilganda bu schyot yepiladi. Bu xildagi hisob-kitob schyoti xujalik ma`lumotlari buyicha xam bir xilda koldikka ega bulish imkonini beradi. Hisob-kitob schyotining koldigi doimo debetida buladi. Bankning ko`chirmasida keltirilgan summalar karshisiga korrespondentlanuvchi schyotlarning nomerlari yozib chiqiladi, sung kirimga olingan pul mablag`lari summasiga 51 schyot debetlanib, chiqim summalariga esa 51 schyot kreditlanadi.
Bankdagi 51 hisob-kitob schyoti buyicha amalga oshiriladigan xujalik muomalalarining sxemasi 1-sxemada aks ettirilgan.
Sxemada keltirilgan xujalik muomalalarining mazmuni:
Sotilgan maxsulotlar uchun 62 xaridor va buyurtmachilar schyotidan pul kelib tushdi.
Xaridorlar maxsulot uchun naqd pulni bevosita bankdagi hisob-kitob schyotida tulaganda.
Shartnomaga asosan hisoblangan jarima u63 "Da`volar buyicha hisob-kitoblar" schyotidan kelib tushdi.
Ortikcha talangan soliklar summasi korxonaning schyotiga 68 "Budjet bilan hisob-kitoblar" schyotidan kelib tushdi.
Bankdagi olingan uzok muddatli kredit 90 "Bankning kiska muddatli kreditlari" schyotidan kelib tushdi.
Bankdan olingan uzok muddatli kreditlar 91 "Bankning uzok muddatli kreditlari" schyotidan kelib tushdi.
Sugurta organlaridan korxona mol mulkining tabiiy ofat natijasida kurgan zararlari 65 "Mulkiy va shaxsiy sugurta buyicha hisob-kitoblar" schyotidan tulanganda.
7.a. Kassadagi limitdan ortikcha pul hisob-kitob schyotiga topshirilganda.
Mol yuboruvchilarga xom-ashyo va materiallar uchun kreditorlik karzi tulanganda.
Mulkiy va shaxsiy sugurta va budjetdan tashkari tulovlar buyicha hisob-kitoblar amalga oshirilganda.
Budjet bilan va ijtimoiy sugurta buyicha hisob-kitoblar amalga oshirilganda.
Olingan bank kreditlari va ularning foizlari tulanganda.
Kassaga bankdagi hisob-kitob schyotidan naqd pul olinganda.
76 "Xar xil debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar" schyotidagi kreditorlik karzi tulandi.
Dividendlar buyicha tavsiyachilar bilan hisob-kitoblar amalga oshirilganda.
Bankdagi valyuta schyoti korxonaning respublika xududidagi va xorijdagi banklarda valyuta schyotlarida xorijiy valyutadagi pul mablag`lari mavjudligi va xarakati xakidagi axborotni umumlashtirish uchun muljallangan.
Valyuta schyotlari buyicha muomalalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi Uzbekston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Solik kumitasi va Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining me`yoriy hujjatlari bilan tartibga solinadi. Valyuta schyotlari buyicha muomalalarni hisobga olish uchun schyotlar rejasida 52 "Valyuta schyoti" belgilangan. 52 "Valyuta schyoti"ning debetida korxonaning hisob-kitob schyotlariga pul mablag`larining kelib tushishi aks ettiriladi. Ushbu schyotning kreditida esa korxonaning valyuta schyotlaridan pul mablag`larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Korxonaning valyuta schyotlari krediti yoki debetiga xato yozilgan va bankning ko`chirmalarini tekshirishda aniklangan summalar 63 "Da`volar buyicha hisob-kitoblar" schyotida aks ettiriladi. Valyuta schyotlari buyicha muomalalar buxgalteriya hisobida bankning ko`chirmalari va ularga ilova kilingan pulli hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi. Amaldagi konun va meyeriy hujjatlarda xar kanday korxonaga chet el valyutasidagi pul mablag`lariga ega bulish va u bilan xujalik muomalalarini amalga oshirishga ruxsat etilgan.
Chet el valyutasidagi muomalalarni rasmiylashtirish bankda joriy valyuta schyotini ochish zarur. Korxonaga valyuta muomalalarini amalga oshirishga xizmat kiluvchi bank Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankidan valyuta muomalalarini amalga oshirish uchun maxsus ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bulishi shart. Shunday ruxsatnomaga ega bulgan banklarni vakillik banklari deyiladi. Korxonalar uzlarining valyuta schyotlarini fakat Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki byuletenida boriladigan chet el valyutalarida ochish mumkin.
Valyuta schyotini ochish uchun korxona bankka kuyidagi hujjatlarni topshirishi zarur:
Valyuta schyotini ochish uchun ariza.
Tasis hujjatlarining nusxasi (ustav, tasischilar shartnomasi, ular notarial idoralar tomonidan tasdiklangan bulishi shart).
Registratsiyadan utganligi xakidagi hujjatlarning notarius tomonidan tasdiklangan nusxasi.
Korxona solik inspeksiyasida hisobga olganligi va pensiya fondida registratsiyadan utkanligi tugrisida ma`lumotnoma.
Korxona boshligi va bosh buxgalterning imzolari va aylanma muxr bosilgan kartochka. Ushbu kartochka notarius tomonidan tasdiklangan bulishi zarur.
Valyuta schyoti ochilgandan sung bank va uning mijozi urtasida hisob-kitob kassa xizmatini kursatish buyicha shartnoma imzolanadi. Unda bank kursatilgan xizmat turlari, kursatiladigan xizmatlar uchun tulanadigan xaklar, mablag`larni joylashtirish shartlari, tomonlarning xukuk va burchlari va boshqalar kursatiladi.
Barcha korxonalar mulkchilik shaklidan kat`iy nazar Uzbekiston Markaziy banki tomonidan urnatilgan kurslar buyicha Respublika valyuta fonliga eskport operatsiyalaridan tushgan valyuta tushumlaridan 15 foizini sotishlari majburiydir.
Shuningdek, tashki iqtisodiy faoliyat bilan shugullanuvchi korxonalar eksport operatsiyalaridan tushgan tushumlarning 15 foizini valyuta bozorida sotishlari zarur. Korxonaning valyuta schyoti ochilgan tijorat banki kelib tushgan valyutaning yukorida ta`kidlangan 15 foizini Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining korschyotiga utkazib berishi kerak. Valyuta muomalalaridagi ushbu xususiyat tranzit valyuta schyotida kelib tushgan valyutalar hisobini aks ettirishga bevosita ta`sir kiladi.
Valyutani majburiy sotish tugrisidagi topshirikka sotilgan valyutaning sumdagi ekvivalentini koplash va uni korxonalarning hisob-kitob schyotiga utkazishni ta`minlovchi tulov topshirigi ilova kilinadi. Shunday kilib, chet el valyutasidagi barcha tushumlar 2 kismdan iborat buladi: chet el valyutasining 85 foizini joriy valyuta schyotiga, kolgan 15 foizini esa bankdagi hisob-kitob schyotiga sumdagi ekvivalenti buyicha utkazib beriladi.
Sumdagi ekvivalent bu Uzbekiston Markaziy banki tomonidan urnatilgan kurslar buyicha chet el valyutasini kayta hisoblashdir. Bunday katta hisoblash xar xaftada bir marta Uzbekiston Markaziy banki e`lon kilgan kurslar buyicha amalga oshiriladi.
Valyuta muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritish uchun 52 "Valyuta schyoti"da kuyidagi subschyotlarni ochish mumkin:
"Tranzit valyuta schyoti"
"Joriy valyuta schyoti"
"Cheteldagi valyuta schyoti".
Korxona uzining valyuta mablag`larini nafakat majburiy balki uz xoxishi bilan xam sotishi mumkin. Ushbu muomalalar korxonaning valyuta schyoti ochilgan bank orkali amalga oshiriladi va ularning buxgalteriya hisobi 48 "Boshqa aktivlarni sotish" schyoti orkali amalga oshiriladi. Korxona uzining chet el valyutasini majburiy ravishda sotganda ushbu xujalik muomalasi buxgalteriya hisobining schyotlarida kuyidagicha aks ettiriladi.
Korxona ixtiyorida kolgan valyutalarni uz xoxishi bilan sotganda xam yukoridagi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
Chet el valyutasini sotishga doir xujalik muomalalalrini buxgalteriya hisobida aks ettirilishining mazmunini kurib chiqamiz.
Chet ellik xaridor korxonaning tranzit valyuta schyotiga tovar (ish, xizmat) kiymatini utkazib beradi.
Tranzit valyuta schyotidan majburiy sotishga tegishli 30% valyutani utkazib berdi. Ammo bu bankdan tegishli hujjatlar olgunga kadar 57 "Yildagi utkazishlar" schyotida hisobga olinadi.
Sotilgan valyutaning tranzit valyuta schyotidagi kiymati 48 "Boshqa aktivlarni sotish" schyotining debetiga utkaziladi.
Sotilgan valyutaning sumdagi ekvivalenti bankdagi 51 "Hisob-kitob" schyotiga kelibtushadi.
Valyutaning ijobiy kursdagi farki foyda sifatida 80 4 "Moliyaviy faoliyatdan kurilgan foyda va zararlar" schyotida aks ettiriladi.
Valyutaning salbiy kursdagi farki zarar sifatida 80/4 "Moliya-viy faoliyatdan kurilgan foyda va zararlar" schyotida aks ettiriladi.
Valyutaning kolgan 85%i "Tranzit valyuta" schyotidan joriy valyuta schyotiga utkaziladi. Korxonalar muomalalarini tartibga soluvchi konunga muvofik Uzbekiston Respublikasining ichki valyuta bozoridan konunda ruxsat etilgan maksadlar uchun chet el valyutasini tegishli banklar orkali sotib olishlari mumkin. Korxonaning bankga chet el valyutasini sotib olish tugrisidagi iltimosi zayavka orkali rasmiylashtiriladi. Chet el valyutasini olish buxgalteriya hisobi schyotlarida kuyidagicha sxemada aks ettirilgan.
Chet el valyutasini buxgalteriya isobida schyotlarida aks ettirilishining mazmunini kurib chiqamiz.
Zayavkaga asosan bankdagi hisob-kitob schyotidan va chet el valyutasini sotib olish uchun pul utkazildi va uning hisobi 76 "Xar xil debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar" schyotida to chet el valyutasi kelib tushgunga kadar hisobga olinadi.
Bankdagi joriy valyuta schyotidan ko`chirma olindi va unga asosan kelib tushgan chet el valyutasi 52 "Valyutaning schyoti"da hisobga olinadi.
Chet el valyutasining sotib olish bilan boglik bulgan bankning komissiya xarajatlari 80 4 "Moliyaviy faoliyatdan kurilgan foyda va zararlar" schyotiga utkaziladi.
Xulosa
Davlat darajasida shakllangan pul massasi banknotalarni chiqarish bilan cheklanib qolmaydi. Ko'pgina mamlakatlarda davlat xazinalarini to'lash vositalari saqlanib qolgan: tangalar va ma'lum miqdordagi qog'oz pullar.
Ma'muriy iqtisodga ega mamlakatlarda xazina masalasi byudjet taqchilligini moliyalashtirish bilan bevosita bog'liq edi. Bozor iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda davlatning qarz majburiyatlarini ochiq moliya bozorida joylashtirishga asoslangan byudjet taqchilligiga xizmat qilishning boshqa tizimi amal qiladi. Davlat qarzini ochiq bozorda joylashtirish emissiya jarayonlariga va shuning uchun pul massasiga ta'sir qiladi. To'g'ridan-to'g'ri emissiya samarasi faqat davlat qimmatli qog'ozlari bank depozit muassasalarida, shu jumladan markaziy bankka joylashtirilganida yuzaga keladi. Davlat zayomlarini sotib olish bilan, markaziy bank muomaladagi pul massasining o'sishiga olib keladigan keyingi depozit va cheklarni chiqarish uchun zamin yaratadi.
Pulni yaratish mexanizmi nafaqat ularning muomalada bo'lish vositasi sifatida, balki jamg'arish funktsiyasida ham ko'rib chiqilsa, nafaqat naqd pul, balki naqd pulsiz hisob-kitoblar ham amalga oshirilsa, unda markaziy bank bilan bir qatorda tijorat banklari emissiya jarayonining bevosita sub'ektiga aylanadi. Ular o'z mijozlariga kredit berish orqali bank pullarini yaratadilar. Banklar kredit berganda, pul massasi ko'payadi, kredit bankka qaytarilganda kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |