Pul bozori. Pulga bo‘lgan talab va pul taklifi



Download 150,42 Kb.
bet3/3
Sana18.02.2022
Hajmi150,42 Kb.
#451039
1   2   3
Bog'liq
investitsiya

Investitsiya jamgarmalar
Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o’sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg’arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog’liqligi hisoblanadi.Investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanatni ta’minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko’rib chiqamiz. Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg’armaning funktsiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi.


Chizmadan ko’rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o’q bo’yicha real foiz stavkasi, yotiq o’q bo’yicha esa jamg’arma va investitsiya hajmi ko’rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o’rtasida teskari funktsional bog’liqlik mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, investitsiya hajmi shu qadar past bo’ladi va aksincha. Jamg’arma esa to’g’ri, o’suvchi funktsional bog’liqlikka ega, ya’ni foiz stavkasining yuqori bo’lishi jamg’arma darajasining ham yuqori bo’lishiga olib keladi.
Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg’arma hajmlari o’rtasida muvozanat (E nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r0 darajasi ta’minlanishi lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r1 – past var2 – yuqori bo’lgan holatlar) investitsiya va jamg’arma hajmi o’rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining r1 darajasida investorlar uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investitsion resurslarga bo’lgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg’arma uchun rag’bat pasayib ketadi. Natijada investitsion resurslar taqchilligi paydo bo’ladi. r2 darajada esa barcha sub’ektlar uchun jamg’armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o’z faoliyatining foydaliligini ta’minlay olmaydilar. Natijada jamg’armaning ahamiyatli qismi investitsiyalarga aylana olmaydi.

Keynschilarning investitsiya va jamg’arma o’rtasidagi muvozanat modeli o’z tuzilishiga ko’ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta – J.M.Keyns tomonidan jamg’arma foiz stavkasining emas, balki daromadningfunktsiyasi deb qaralishi hisoblanadi: S = S (Y ) . Investitsiya esa, klassik modeldagisingari, foiz stavkasining funktsiyasi deb olinadi: I = I (r ) Ya’ni, keynscha kontseptsiyaning asosida jamg’arish va investitsiya darajalarining boshqa-boshqa omillar ta’sirida o’zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini quyidagi chizma orqali izohlash mumkin.


Chizmadan ko’rinadiki, grafik ko’rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq qiladi. Tik o’qda jamg’arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq o’qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg’arma darajasi milliy daromad hajmiga bog’liq holda o’zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya darajasiga ham ta’sir ko’rsatsada, mazkur modelda uni milliy daromadga bog’liq bo’lmagan, ya’ni avtonom holda beriladi. Grafikda investitsiya va jamg’arma egri chiziqlari E nuqtada kesishadi. Agar iqtisodiyotdagi to’la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb tasavvur qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg’arma muvozanatini (EFnuqta) ta’minlash uchun investitsiya IF darajada bo’lishiga erishish lozim bo’ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko’ra, investitsiya va jamg’arma darajasining muvozanati to’la bandlik bo’lmagan sharoitda ham ta’minlanishi mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (E nuqta) erishiladi. Investitsiya va jamg’arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari o’rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo’ladi: birinchidan, klassik modelda bu muvozanat ro’y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to’la bandlik holatida bo’lishi taqozo etiladi.
Keynscha modelda esa, yuqorida ko’rib chiqilganidek, bu muvozanatga to’la bandlik bo’lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bo’ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta’kidlanganidek, klassik modelda jamg’arma foiz stavkasining funktsiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funktsiyasi sifatida qaraladi. Demak, yuqoridagilardan ko’rinadiki, jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya’ni iqtisodiyotning to’la bandligi mavjud bo’lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model hisoblanadi. Shunga ko’ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni ko’rib chiqish va tahlil qilishda, asosan, ushbu modeldan foydalanamiz. Mamlakatni modernizatsiya qilish va yangilash chora-tadbirlarini amalga oshirishning muhim sharti va manbai sifatida faol investitsiya siyosatini amalga oshirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish zarur. Mustaqillikning dastlabki yillarida hukumat tomonidan iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirish tamoyillari ishlab chiqildi. Mustaqillik yillarida investitsiya dasturlaridagi loyihalarni amalga oshirish uchun jahonning Xitoy, Germaniya, Janubiy Korea, Yaponiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Malayziya, Rossiya kabi 30 dan ziyod mamlakatlaridan xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilindi. Milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligidagi mavqeini mustahkamlash, milliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozoridagi raqobatbardoshlik darajasini yanada ko’tarish, sanoatning texnik tarkibini zamonaviylashtirish muammolari ham davlat siyosatining boshqa omillari qatorida investitsion siyosat orqali amalga oshiriladi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, etakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirmay turib iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarimizni zamonaviy texnika bilan qayta jixozlash hamda raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish mumkin emas. Mahsus industrial zonalardagi korxonalar tomonidan qiymati 100 milliard so’mdan ziyod mahsulot ishlab chiqarildi va bu boradagi o’sish sur’ati 2015 yilg nisbatan 27,8 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jixozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi, to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va


telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. 2015−2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o’zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta’minlash chora-tadbirlari dasturini tayyorlash doirasida jami qiymati 38 milliard dollarga teng bo’lgan 870 ta yirik investitsiya loyihasi ro’yxati shakllantirildi. Ushbu loyihalarga binoan 415 ta yangi korxona barpo etish hamda 455 ta ishlab turgan korxonani modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash nazarda tutilgan. O’zbekistonnning 2015 yil iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish yakunlari yakunlari va 2016 yil uchun taraqqiyot yo’limizning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga oid ma’ruzada mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiqligi ta’kidlandi. 2015 yilda ana shu maqsadlarda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o’zlashtirildi. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyod yoki 21 foizdan ortig’I xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan to’g’ri chet el investitsiyalaridar. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo’naltirildi. Bu esa 2015 yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo’lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish ob’ekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi. O’tgan davr mobaynida iqtisodiyotimizga 190 milliard xajmidagi investitsiyalar, jumladan, 65 milliard dollardan ortiq xorijiy sarmoyalarni jalb etish hisobidan biz uchun mutlaqo yangi bo’lgan avtomobilsozlik, neft va gaz kimyosi, neft gaz mashinasozligi, maishiy elektronika, farmatsevtika, yuqori texnologiyalarga asoslangan oziq-ovqat va to’qimachilik sanoati kabi soha va tarmoqlarga asos solindi. Mahalliylashtirilgan mahsulotlarning 585 ta yangi turini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Joriy yilning 1 yarmida strategik investitsiya loyihalarini jadal amalga oshirish va joriy yilda ishga tushiriladigan muhim ob’ektlarni hamda sanoat quvvatlarini, muhandislik-kommunikatsiya, yo’l-transport va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini o’z vaqtida foydalanishga topshirishni so’zsiz ta’minlash yuzasidan, ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida o’zlashtirilgan investitsiyalar hajmlarini 11,8 foizga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni 17,2 foizga ko’paytirish ta’minlandi. Jami qiymati 1,9 milliard AQSh dollari bo’lgan 43 ta ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Umumiy qiymati 3,4 milliard AQSh dollaridan ortiq bo’lgan 72 ta yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshlandi. Mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlari 1,5 baravarga oshishi ta’minlandi. Mamlakat milliy xo’jaligini modernizatsiyalashda xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini oshirish orqali ularni real sektorga yo’naltirish asosida barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun moliya bozorining chayqovchilikka asoslangan modelidan iqtisodiyotning barqaror o’sishi va modernizatsiyani moliyaviy ta’minlash hamda rag’batlantirishga yo’naltirilgan modeliga o’tish lozim. Bundan tashqari iqtisodiyotning tez o’sayotgan sohalarini, yuqori texnologiyali tarmoqlarni, innovatsion sohani moliyalashtirishning barcha bo’g’inlari bo’yicha moliyalashtirishda ehtiyojlarni qoplash ko’zda tutilmoqda. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni norezidentlarning portfelli qo’yilmalari ko’payishidanustunroq o’sishini ta’minlash kerak. Real iqtisodiyotning moliyaviy aktivlariga uzoq muddatli qo’yilmalar uchun byudjet resurslarini ko’paytirish zarur. Bugun mamlakatimizda shunday amaliy tajriba to’plandiki, unga ko’ra, O’zbekiston sharoitida yurtimiz sarmoyadorlari bilan bir qatorda chet ellik investorlar aktsiyalarga ega bo’lgan mulkchilik shakli eng maqbul bo’lib, harjihatdan o’zini oqlamoqda. Hozirgi kunda yurtimizda 90 dan ortiq davlatning xorijiy investorlari ishtirokida tashkil etilgan 4 mingdan ziyod korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatmoqda. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ushbu kompaniyalar O’zbekistonda ham, uning tashqarisida ham yaxshi ma’lum. O’zbekiston hududida to’liq chet el kapitali va korporativ boshqaruvning xorijiy usullariga asoslangan korxonalar muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Xususan, 2016 yilda iqtisodiyotimizni rivojlantirish, modernizatsiya qilish va tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish uchun 17 milliard 300 million dollar qiymatidagi investitsiyalar yo’naltirish, ularning o’sish sur’atini 109,3 foizga etkazish belgilangan. Ana shu investitsiyalarning 4 milliard dollardan ortig’ini xorijiy investitsiyalar tashkil qiladi, bu 2015 yilga nisbatan 20,8 foiz ko’pdir. Yuqorida bildirilgan tahlil va mulohazalardan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi, jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yanada qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi mavjud byurokratik g’ovlar va to’siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik borasida qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Download 150,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish