15
Hamma metallar ham bir-birida yaxshi eriyvermaydi. Ba’zi
elementlar yaxshi, o‘rta, yomon va ba’zilari, umuman, erimas-
ligi mumkin. Rentgen nurlari yordamida
tekshirilganda shu narsa
aniqlandiki, eruvchi element atomlari bilan erituvchi element
atomlari o‘rin almashuvi natijasida qattiq eritma hosil bo‘ladi.
Atomlarning bunday o‘rin
almashuvi uchun A va B ele-
mentlarning kristall panjaralari bir xil bo‘lishi va atomlar
radiuslari bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak.
Odatda, qotishmani hosil qiluvchi
asosiy komponentlar-
dan tashqari, qotishma tarkibida
oz miqdorda boshqa element-
lar ham mavjud bo‘ladi va ular
qo‘shimchalar
deb yuritiladi.
Bu qo‘shimchalar qotishmaga rudani
eritib olayotganda yoki
qotishma eritilayotganda tushadi. Ular qotishmaning xossala-
riga aytarli ta’sir etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: