6.Idrokning asosiy xususiyatlari
Idrok deb sezgi aazolariga beevosita tasir etib turgan narsa xodisalar obrazlarni kishi ingida bir butun xoolda aks ettirishga aytiladi. Idrokning muhim xususiyatlari uning predmetliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir. Idrok narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig’indisidan iborat tarzda emas, balki hissiy bilishning o’ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.
Idrokning predmetliligi - ob’yektivlashtirish hodisasi deb atalmish hodisada, ya’ni tashqi dunyodan olinadigan axborotning o’sha dunyoga mansubligida ifoda etadi.
Idrokning yaxlitligidir -Sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o’laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblnadi.
Idrokning konstantliligi - tevarak atrofdagi narsalarni aslida qanday bo’lsa shundayligicha ob’ektiv ravishda bilishga imkon beradi.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan ob’ektlarning o’ziga xos xususiyatlaridir, va ikkinchi tomondan insonning konkret faoliyatida gavdalanadi, ya’ni analizatorlarning reflektor faoliyati natijasidir.
Idrok yaxlitligi va konstantligi kishining o’tmish tajribasiga bog’liq bo’lib, bu xususiyat appertseptsiya deyiladi.
Demak, idrok faqat narsaga emas, idrok etayotgan sub’ektning o’ziga ham bog’liqdir. Idrokda hamisha idrok etuvchi kishi shaxsining xislatlari, uning idrok etilayotgan narsalarga munosabati, kishining ehtiyojlari, qizikishlari, intilishlari, istaqlari va his-tuyg’ulari u yoki bu tarzda aks etadi. (qandaydir shaqllarni «uchburchak», «aylana», «krujka» deb idrok qilish).
7. Umumiy psixologiya tarmoqlari
Psixologiyaning alohida tarmoqlarini farqlash avvalo ishlab chiqarishdagi inson faoliyati kechadigan sohalar va ularning vazifalaridan kelib chiqadi. Hozirgi davrga kelib psixologiyani inson shaxsi xaqidagi eng muhim fanlardan biri sifatidagi ahamiyatini hamma tan olmoqda. Inson shaxsining esa bevosita kirib bormagan sohasini topish qiyin. Psixologiya iqtisod, pedagogika, falsafa, mantiq, sosiologiya va boshqa ijtimoiygumanitar fanlar bilan aloqador fan hisoblanadi. Chunki hamma sohada inson shaxsi faoliyat ko’rsatar ekan, har bir sohada ishni samarali tashkil etish, olib borish uchun kishilar psixologiyasini, shaxslararo munosabatlar psixologiyasini, odamlarning turli vaziyatlardagi xulq-atvor normalarini bilish va shunga ko’ra ish olib borish muhimdir. Shuning uchun xozirgi davr mutaxassislari psixologik bilimlardan boxabar bo’lishlari lozimdir.
Psixologiyaning 300 dan ortiq tarmoqlari fan sifatida rivojlanayotganligi hozirgi kunda psixologiyaning fanlar tizimida yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat beradi: masalan,
umumiy psixologiya — psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus sohasi;
pedagogik psixologiya — kishiga ta’lim va tarbiya berishning psixologik qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi;
yosh davrlari psixologiyasi — turli yoshdagi odamlarning tug’ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini individning yoshiga mos tarzda o’zgarishi tamoyillarini o’rganadi;
ijtimoiy psixologiya — odamlarning jamiyatdagi birgalikdagi ish faoliyatlari natijasida ularda hosil bo’ladigan tasavvurlar, fikrlar, e’tiqodlar, hissiy kechinmalar va xulq-atvorlarini o’rganadi;
yuridik psixologiya — huquq sistemasining amal qilishi bilan bog’liq masalalarning psixologik asoslarini o’rganadi;
mehnat psixologiyasi — kishi mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning psixologik jihatlarini, qonuniyatlarini o’rganadi;
muxandislik psixologiyasi — avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorining faoliyatini, odam — texnika o’rtasida funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o’rganadi;
harbiy psixologiya — kishining harbiy harakatlar sharoitida namoyon bo’ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar o’rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o’rganadi;
tibbiyot psixologiyasi — shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulqatvorining psixologik jihatlarini o’rganadi. Shuningdek psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, sport psixologiyasi, psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya kabi boshqa ko’plab sohalari mavjudki, ularning har biri jamiyatdagi real ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning fan sifatidagi o’rni va maqsadidan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |