2. Talavalarning kasbiy xususiyatlarini hisobga olish.
3. Talabalarda nazariy fikrlashni shakllantirish.
Psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari.
Ushbu fanni o'qitishning asosiy maqsadi — talabaiar tomonidan psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlarini o'zlashtirilishi hisoblanadi. Umumpsixologik nazariyalar, bilimlar ularning psixologiyadagi amaliy baholari xususan, yosh va pedagogik, ijtimoiy sohalarni o'rganishlarining asosini tashkil etishi kerak. Psixologiya fanining zamonaviy yutuqlarini o'zlashtirish talabaga undan awal qanday qarashlar va nazariyalar yuzaga kelgani va qay darajada ular ilmiy taraqqiyotiga yordam berishiga, barchasiga ongli ravishda yondashishga imkon beradi.
Umumiy psixologiya fan sifatida, uning obyekti va predmeti faoliyat psixologiyasi, shaxs psixologiyasi va idroki, emotsional irodaviy sohasi, xarakteri va temperamenti, shaxsning qobiliyatlari va yo'nalganligi (oltita bo'limlar).
P.Ya. Galperin
Psixologiya agarda butun psixikani o'rganmasa, uning qaysi aspektlarini o'rganadi? P.Ya. Galperin psixologiyaning predmeti subyektning taxminiy yo'naltiruvchi faoliyati hisoblanadi degan g'oyani ilgari surdi. Bu g'oya u ishlab chiqqan va keng tarqalgan aqliy harakatlarining bosqichma-bosqich shakllanishi nazariyasining metodologik asosi bo'lib qoladi.
Nima uchun fanni professional darajada o'zlashtirib olish uchun o'rganilgan fanni predmetini aniq tasavvur etish muhim hisoblanadi? Quyidagi keltirilgan javob variantlari I kurs psixolog talabalari bilan so'rovnoma savollari o'tkazilganda olingan natijalar qaysi birlarini xato qaysilari esa qay darajada to'g'ri ekanligini aniqlash mumkin?
a) fan predmetini aniq bilganda imtihonda yaxshi javob berish mumkin yoki nazorat ishida psixologiya bo'yicha har qanday xususiy savolni tahlil qilish mumkin;
b) fanning predmetini savollarini bilish umuman kursni o'zlashtirishda hech qanday alohida ahamiyatga ega emas;
d) fan predmetini bilar ekan inson pedagogik yoki sotsiologik vaziyatlarni, psixologiyadan ajratishda qiynalib kuzatayotgan hodisalardan adashib yurmaydi;
e) fan predmetini bilish psixologiyani o'zini fan sifatida rivojlanishi uchun metodologik ahamiyatga ega ya'ni fanni rivojlantiravchi omillar uchun muhimdir;
j) agarda psixologlar o'zlari shu paytgacha o'z fanlari predmeti tushunchasini topa olmagan ekanlar, unda ma'lum bo'lgan u yoki bu nuqtayi nazarlariga amal qilishi kerak.
g) kitobda aytilgan nuqtai nazarlarning hech biri ishonchli emas. Shuning uchun hatto, ulardan birini bilmay turib ham psixologiyaning aniq masalalarini o'zlashtirib olishi orqali psixoldg^bo'lishi mumkin;
h) talaba psixologiya predmetini uni o'rganisfrai boshlaganidanoq tushunib olish kerak (keltirilgan nuqtayi hazarlardan birini qabul qilish yoki o'zining nuqtayi nazarini ilgari surish va uni asoslab berish kerak), aks holda o'qishda dogmatizm bo'ladi va kelajakdagi amaliy belgilar ijodidan mahrum bo'ladi.