Profi Universiteti Pedagogika-Psixologiya fakulteti 102-guruh talabasi Elmanov Eldorbekning
Pisxalogiya va nazariya tarixi fanidan tayyorlagan taqdimoti
Psixologiyada eksperiment metodi
Eksperimental psixologiya fan sifatida XIX asr o'rtalarida rivoj lana boshladi. Eksperimental psixologiyaning maqsadi psixologik eksperiment o'tkazishning malaka va ko'nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iboral. Eksperimental psixologiyaning vazifalari:
1. Psixologiya fanida eksperiment o'tkazishning qonunlari, tartibi va tamoyillari bilan tanishtirishdan iborat. 2. Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va psixomotor rivojlanishini o'rganishdir.
Bu muammo bo'yicha faylasuf Kant o'z fikrini bildirdi. Uning fikricha, psixologiyada eksperimentning bo'lishi mumkin emas, chunki psixik hodisalarni o'lchash mumkin emas, ularga matema tikani tatbiq qilish ham mumkin emas.
Ruhiy holatlar doimo o'zgarish jarayonida bo'ladilar. Tasavvurlarning bu doimiy o'zgarish va alma shish jarayonida ma'lum darajada doimiylik, qonuniyat bor. Bu doimiylikning miqdor tomonini o'lchash mumkin. Shuning uchun ham, Gerbarining fikricha, psixologiyaga matematikani tatbiq qilish
mumkin. Gerbart garchand psixologiyada eksperimentdan foydalanishning zarurligi va foydaliligini isbotlagan bo'lsa ham, lekin uning o'zi bu metoddan foydalanmadi.
Veber va Fexner ishlarining ahamiyati, asosan, shundan iboratki, ular birinchi boʻlib psixologiyani, tabiat fanlari singari, eksperimen tal fanga aylantirish mumkin ekanligini isbotladilar. Shu vaqtgacha faqat kuzatish, asosan o'z-o'zini kuzatishdan foydalanib kelayotgan psixologiya, endi aniq fanlardagi obyektiv metoddan foydalana bosh laydi.
Eksperimental psixologiya taraqqiyotida ayniqsa nemis fiziologi va psixologi Vilgelm Vundining (1832-1920) ishlari katta ahamiyat ga ega bo'ldi. Vundtgacha faqat ichki tajribadan va o'z-o'zini kuza tishdan foydalanib kelgan psixologiya faqatgina ijtimoiy fan edi.
Psixologiyada eksperimentni tatbiq qilish bo'yicha dastlabki ishlarni fiziolog Veber (1796-1878) va fizik Fexner (1801-1887) amalga oshirdilar. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi tassurotlar (fizik omillar) ta'sirida sezgilarning o'zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo'zg'atuvchi ta'sirlar o'rtasidagi qiyosiy munosabatni aniqlab, sezgi qo'zg'atgich logarif miga proporsionaldir, degan psixofizik qonunni kashf etadi. Veber va Fexner o'tkazgan tajribalar «Psixofizika» degan alohida fanning paydo bo'lishiga olib keldi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida o'zining tadqiqotlari bilan psixologiya sohasiga ulkan hissa qo'shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar bo'lishgan. Bugungi kunda esa eksperimental psixologiyaning rivojlanishi ancha tezlashib, yangi yangi sohalar tadqiq qilinmoqda. Psixologik metodlarning rivojla nishi va kengayishi bilan birga u o'zicha boshqa bir qator ilm sohasiga oid metodlar bilan ham chambarchas bog'liq: neyrofizio logiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida o'zining tadqiqotlari bilan psixologiya sohasiga ulkan hissa qo'shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar bo'lishgan. Bugungi kunda esa eksperimental psixologiyaning rivojlanishi ancha tezlashib, yangi yangi sohalar tadqiq qilinmoqda. Psixologik metodlarning rivojla nishi va kengayishi bilan birga u o'zicha boshqa bir qator ilm sohasiga oid metodlar bilan ham chambarchas bog'liq: neyrofizio logiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar. Eksperimental psixologiyani o'rganishdan maqsad psixika rivoj lanishining individual va yosh xususiyatlarini bilgan holda ularni obyektiv metod va usullar bilan o'rganishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |