"psixologiya"


-guruh uchun tarqatma material



Download 1,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/253
Sana28.04.2020
Hajmi1,78 Mb.
#47964
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   253
Bog'liq
psixologiya

 
3-guruh uchun tarqatma material 
Xis-tuyg’ular va ularning turlari 
Xis-tuyg’lar  -  voqyelikni    aks  ettirishning  o’ziga  xos  shakllaridan  biridir.  
Agar  bilish  jarayonlarida  narsalar  va  voqyelikdagi  xodisalar  aks  etsa,    xis-
tuyg’ularda  esa  subyektning  o’ziga  xos  ehtiyojlari  bilan  qo’shilib,    o’zi  bilib 
olayotgan  va  o’zgartirayotgan  narsalarga  va  voqyelik  hodisalariga    nisbatan  
uning  munosabati  aks  etadi.  
Xis-tuyg’ular - kishi shaxsining ancha yorqin ko’rinishlaridan biri bo’lib,  u 
bilish  jarayonlari  va  xulq  -  atvor  hamda  faoliyatni  irodaviy  boshqarish  bilan  
birgalikda namoyon bo’ladi.  Shaxs o’zi bilib olayotgan va bajarayotgan narsaga 
uning barqaror munosabati xis-tuyg’ularning mazmunini tashkil etadi.  Shaxsni 
ta’riflash degani ko’p  jixatdan  muayyan  konkret  kishi  umuman  nimani  sevadi,  
nimani yomon ko’radi,  nimadan  nafratlanadi,  nima bilan faxrlanadi,  nimadan 
xursand  bo’ladi,    nimaga  xavas  qiladi  va  hokazolar  degan  mahnoni  anglatadi.  
Individning 
barqaror 
xis-tuyg’ulari 
predmeti, 
 
ularning 
jadalligi,  
kechinmalarning xususiyati va hissiyotlari,  effektlar (xissiy bo’ronlar),   kuchli 
xayajonlanish    xolatlari  va  kayfiyatlari  shaklida  tez-tez  namoyon  bo’lishi 
kuzatuvchi  o’ngida  kishining  xissiy  dunyosini,  uning xis-tuyg’ularini va shu 
asnoda  uning  individualligini  namoyon  etadi.    Ayni  shuning  uchun  ham  xissiy 
jarayonlarni taxlil qilish vaqtida o’tkinchi xolatlarni o’rganishdan kishi shaxsini 
belgilaydigan  xis-tuyg’ular  (tor  mahnoda  olganda)  kishi    shaxsining 
yo’naltirilganligida mujassamlashgan barqa-ror  ehtiyojlari  obhyektiga  nisbatan  
uning munosabatini aks ettiradi.  


 
221 
Ehtiroslar kishidagi barqaror xis-tuyg’ularning alohida to’rini tashkil etadi.   
Odamlarning  bajarayotgan  ishiga  va  hayotida  yuz  berayotgan  narsalarga 
nisbatan  ichki  munosabati  boshdan  oxirigacha  barqaror  tus  kasb  etadi,   doimiy 
harakat  qiluvchi  kuchga  aylanadi.    Bu  kuch  kishi  tomonidan  uni 
hayajonlantiradigan  narsa  qanday  Idrok  etilishi,    tasavvur  qilinishi  va  hayotga 
keltirilishi,    uning    bir-biri  bilan    almashib  turadigan  hissiyotlarni,    effektlarni,  
kayfiyatlarni  qanday  boshdan  kechirishi  xususiyatlarini  belgilaydi.      Bu  kuch  
muayyan  harakatlarga  dahvat  etuvchi  va  qaror  topgan  xis-tuyg’ularga  mos 
kelmaydigan  xatti-harakatlarga  qarshi qudratli to’siq sifatida namoyon bo’ladi.   
Shunday  qilib,      xis-tuyg’u    kishining  tafakkur  va  faol  faoliyat  ko’rsatishi  
jarayoniga  jalb  etilgan  bo’ladi.    Kishining  faktlari  va  xatti-harakatlari  
yo’nalishini  belgilaydigan  barqaror,  chuqur  va  kuchli xis-tuyg’u  ehtiros  deb  
ataladi.    
Ehtiros kishini  xis-tuyg’ular  haqida astoydil fikrlashga,  ularning negizini 
tashkil  qiladigan  ehtiyojlarni  jonli  va  yorqin  tasavvur  etishga,    bu  ehtiyojlarni 
qondirish yo’lida uchraydigan haqiqiy yoki uchrashi mumkin bo’lgan tusiq  va 
qiyinchiliklar  to’g’risida    uylashga  va  har    tomonlama    mulohaza  yuritishga 
majbur qiladi.  
Shaxsning  butun  o’y-fikrini  va  intilishlarini  o’ziga  tortib  oladigan  hamda 
uning  xissiy  jixatlarini  aniq-ravshan  belgilaydigan  ko’plab    barqaror  xis-
tuyg’ular  (ehtiros  tusini  oladigan  yoki  olmaydigan)  mavjuddir.    Ular  orasida,  
ayniqsa yoshlik chog’ida,  sevgi-muhabbat tuyg’usi sezilarli o’rin egallaydi.  U 
barqaror xis-tuyg’u namunasi sifatida baxolanishi mumkin.  Muhabbat - insonga 
xos  eng  muhim  barqaror  xis-tuyg’ulardan  biridir.    «Muhabbat»  tushunchasi 
psixologiyada ikki ma’noda ishlatiladi.  Keng ma’nodagi muhabbat hissiy-ijobiy  
munosabatning  obyektini  boshqalarga  qaraganda  ajratib    ko’rsatadigan  hamda 
uni subyektni barqaror hayotiy ehtiyojlari va qiziqishlari markaziga qo’yadigan 
yuksak darajasi demakdir.  Vatanga muhabbat,  onaga,  bolalarga,  musiqaga  va  
hokazolarga  muhabbat  ana  shunday  xis-tuyg’udir.  
Tor  ma’nodagi    muhabbat  subyektning    shaxvoniy    ehtiyojlari  bilan 
fiziologik  jixatdan  bog’liq  bo’lgan  hamda  boshqa  birovning  hayoti  va 
faoliyatida ham o’zidagi singari jadallikka,  keskinlikka va barqarorlikka da’vat 
etadigan  javob  xis-tuyg’usiga  ehtiyoj  o’yg’otuvchi  shaxsiy-ahamiyatlilik  
hususiyatlarini    yanada  to’laroq  gavdalanishida  ifodasini    topadigan    jadal,  
jiddiy  va  nisbatan  barqaror  his-tuyg’udir.    G’oyat  darajada  sirli  tusga  ega 
bo’lgan muhabbat tuyg’usi vaziyatga  qarab  paydo  bo’ladigan  o’zgaruvchan  
muloyimlik (o’ta noziklik,  ado),  shodlanish,  umidsizlanish va shu kabi boshqa 
hissiyotlar  bilan,      ko’tarinki  yoki  mahyusona  kayfiyat  bilan,    bahzan  xaddan 
ziyod quvonch yoki g’am-alam bilan birga sodir bo’ladi.  Individning pirovard 
natijasida    naslning  davom  etishini  tahminlaydigan  shahvoniy  ehtiyoji  va 
individning to’laqonli tarzda personajlashuvini tahminlaydigan,   yahni shaxsga 
boshqa  ahamiyatliroq   birovda  (sevgili erkak  yoki   ayol kishida)   davom  ettiri-
lish,    ko’ngildagidek  mujassamlashish    uchun  eng  maqbo’l    imkoniyat 
tug’diradigan    oliy  his-tuyg’u  tarzidagi  sevgi-muhabbatning  birligi  amalda  
fikran  birini ikkinchisidan  ajratishga  imkon bermaydi.  


 
222 
Psixologiyada  xis-tuyg’ular    turlarining    hamma  uchun    ma’kul  bo’lgan  
tasnifi    yo’q.      Quyidagi  turlarni  alohida  ajratib  ko’rsatish  udum  bo’lgan: 
mahnaviy,   intellektual (aqliy) va estetik (nafosat) his-tuyg’ular.  
Ma]naviy  (ahlokiy)  his-tuyg’ular  o’z  mazmuniga  ko’ra,    kishining  kishiga 
va kengroq  mahnoda olganda,  jamiyatga munosabatini bildiradi.  
Intellektual 
his-tuyg’ular 
shaxsning  bilan  jarayoniga,    uning 
muvaffaqiyatliligiga  va  muvaffaqiyatsizligiga  munosabatini  ifodalaydi  va  aks 
ettiradi.  
Estetik  xis-tuyg’ular  subyektning  hayotida  yuz  beradigan  turli  xildagi 
narsalarga va ularning sanhatda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday  ajoyib yoki 
bemahni,   fojiaviy  yoki kulgili,   olijanob  yoki  jirkanchli,  nafosatli  yoki xunuk 
narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.  
Kishining ma’naviy,  intellektual va estetik tuyg’ularni faoliyat va muomala 
jarayonida  boshdan  kechiradi,    bahzan  ularda  kishining  sosial  voqyelikka 
nisbatan butun xissiy munosabatlari boyligini mujassam-lashganligi  uchun ular 
yuksak xis-tuyg’ular  deb ham yuritiladi.  
 

Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish