Xarakter
xususiyatlarining
aksentuasiyasi.
Xarakterning
kishida
ko’rinadigan va tilimizda o’z ifodasini topgan xususiyatlari behad ko’p bo’lib,
mingdan ortiqni tashkil etadi. Shu sababli xarakterning o’zgarib turadigan
xususiyatlarini sanab va tasniflab berish juda qiyin. Bundan tashqari xozirgacha
psixologiyada aniq bir tasniflash sxemasi ishlab chiqilgan emas. Xarakterning u
yoki bu xususiyati mikdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va norma
chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuasiya (ortiqcha urg’u berilishi)
deb ataladigan vaziyat paydo bo’ladi. Xarakterning ortiqcha urg’u berilishi –
ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi
chegarasidir.
Xulq-atvor va xarakterning shakllanishi. Xuddi temperament kabi
xarakter ham kishining xulq atvor ko’rinishlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Temperamentning
xususiyatlari
xarakterning
muayyan
tomonlari
rivojlanishiga qarshilik ko’rsatishi yoki yordam berishi mumkin. Xolerik yoki
sangvinik tipdagi odamga qaraganda flegmatik tipdagi odam o’zida
tashabbuskorlik va qat’iylikni tarkib toptirishi qiyinroqdir. Jur’atsizlik va
vahimalilikni bartaraf etish melanxolik uchun jiddiy muammo bo’lib
hisoblanadi. Xarakterning jamoada shakllantirilishi xolerik tipdagi kishilarda
o’zini tuta bilishni va o’ziga takidiy ko’z bilan qarashni, sangviniklarda
sabotlilikni, flegmatiklarda faollikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar
yaratadi.
Xarakter xususiyatlarining paydo bo’lishi, uning tabiati, o’zgarishi
mumkinligi yoki mumkin emasligi psixologlarning uzoq davom etib kelayotgan
munozaralari mavzui bo’lib hisoblanadi.
Xarakter – ko’p jihatdan o’z-o’zini tarbiyalash natijasidir. Xarakterda
kishining odatlari jamlanadi. Xarakter odamlar faoliyatida namoyon bo’ladi,
shu bilan birga, u shu faoliyatda shakllanadi ham. Agar yigit yoki qiz o’zini -
o’zi tanqid qilishni xarakterining xususiyati sifatida tarbiyalashga urinayotgan
bo’lsa, ular o’zlariga tanqidiy nuqtai nazardan yondoshishlari kerak.
Mehnat va o’qish to’g’risida gapirmagan taqdirda ham kundalik turmush,
oiladagi hayot sharoitlari insoniy xarakterlar maktabidir. Pedagoglar va ota-
onalar oldida muntazam ravishda mas’uliyatli vazifa: bolalar xarakterida sezila
boshlagan o’zgarishlarni o’z vaqtida sezish va ularni inobatga olgan xolda xulq-
atvor va tarbiya sohasida o’z yo’lini amalga oshirish vazifasi turadi.
Shunday qilib, kishiga xarakter tabiatan berilmagan. O’zgartirib va
qaytadan shakllantirib bo’lmaydigan xarakter bo’lmaydi. «Mening xarakterim
shunaqa va men o’zimi Hech narsa qila olmayman» deb bahona qilish
psixologik jihatdan mutlaqo asossizdir. Har qanday kishi ham o’z xarakterini
115
barcha ko’rinishlari uchun javobgardir, har bir kishi o’zini-o’zi tarbiyalash
imkoniga egadir.
Xarakterning shakllanishi. Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va
o’zgarmaydigan narsa emas. Bola onadan mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y
yoki munofiq, botir yoki qurqoq, intizomli yoki intizomsiz bo’lib tug’ilmaydi.
Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta’siri bilan,
tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o’z-o’zini tarbiyalash bilan taraqqiy
kilib, o’zgarib boradi.
Xarakterning taraqqiysi kishining irodasi, aql-idroki va xissiyotlarining
taraqqiy kilib borishi bilan mustaxkam bog’liqdir. Shu sababli kishining irodasi,
aql-idroki va his-tuyg’ularining taraqqiy qilib borishi va ularning tarbiyalanishi
xaqida aytilgan fikrlarning hammasi kishi xirakterining rivojlanishiga ham
tegishlidir.
Xarakterning shakllanishida ijtimoiy muhitning roli. Kishining butun
hayoti davomida uning xarakteri tarkib topishiga ijtimoiy muhit, avvalo, shu
kishi birga yashab va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir ko’rsatadi.
Xarakterning shakllanishida tarbiyaning roli. Xarakterning o’sishida
tarbiya va o’z-o’zini tarbiyalash asosiy va yetakchi rol uynaydi. O’sib
kelayotgan yosh avlodning xarakteri avvalo oilada va maktabda tarbiyalanadi.
Bolalarning xarakterini tarbiyalashda katta, mas’uliyatli vazifa ota-onalar,
o’qituvchilar, bolalar bog’chalari tarbiyachilari zimmasiga tushadi.
Xarakterning shakllanishida jamoaning roli. Bola xarakterining tarkib
topishida jamoaning tarbiyaviy roli nihoyat kattadir. Inson yakka, bir-biridan
ajralgan xolda tanho yashay olmaydi. U muayyan bir jamoada, chunonchi,
oilada, maktabda, sexda, bog’chada hayot kechiradi. Jamoa – shaxs bilan
jamiyat o’rtasidagi bog’lovchi zvenodir. Odamning faoliyati – o’yin, o’qish va
mehnati xuddi mana shu jamoada voqyea bo’ladi. Jamoa shaxsning eng yaqin
konkret muhiti bo’lib qolmay, balki shaxsni tarbiyalaydi ham. Kishi
xarakterining kerakli ijobiy xislatlari faqat jamoada tarbiyalanmog’i mumkin.
O’z xarakterini o’zi tarbiyalash. Kishi xarakteri o’z-o’zini tarbiyalashning
ham maxsulidir. Shu sababli har bir kishi ma’lum yoshdan boshlab o’z
xarakteri va uning ayrim sifatlari uchun javobgar hamdir. Shu bilan bir vaqtda
kishi o’z xarakterida salbiy tomonlarni o’zi tan olishi, kamchiliklarni o’zi
tarbiyalashi lozim. O’z xarakterini tarbiyalashda kishi avvalo yaxshi fazilatlarni,
yaxshi idealini o’zida tarbiyalashi kerak.
Xarakterning shakllanishida namunaning roli. Yuksak axloqiy va
irodaviy xislatlari bilan hammaga manzur bo’lgan kishilar namunasi xarakter
tarbiyalashning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. Jamiyatimizda bolalarga
namuna qilib ko’rsatish mumkin bo’lgan ajoyib insonlar juda kup. Ayniqsa,
mustaqillikka erishganimizdan keyin o’zining ishbilarmonligi, tashabbuskorligi,
xalq manfaati yo’lidagi fidokorligi bilan yoshlarga ibrat bo’ladigan kishilar
tobora ko’payib bormoqda. Bunday kishilarni biz ulkan qurilishlarda, chet ellar
bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar ochganlar orasida, fan, texnika, san’at,
adabiyot namoyandalari orasida ko’plab uchratishimiz mumkin.
116
Do'stlaringiz bilan baham: |