Psixologiya va gumanitar fanlar


ERTAKTERAPIYANING DAVOLOVCHI TA'SIRI ROSTMI?



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/71
Sana26.06.2022
Hajmi1,39 Mb.
#706612
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71
Bog'liq
Proyektiv metodika seminar ishlanma

ERTAKTERAPIYANING DAVOLOVCHI TA'SIRI ROSTMI? 
Ertakterapiya – bu psixoterapiya yoʼnalishi boʼlib, u xulq-atvor reaktsiyasini 
tuzatish hamda boshqarib boʼlmaydigan qoʼrquvni oʼrganish maqsadida 
tavsiflanadigan 
psixologik 
aralashuvdir. 
Ertakterapiyaning 
afzalligi, 

psixoterapevt ishtirokisiz, asosiy usullarni oʼzlashtirgan holda bolaning xatti-
harakatlariga bosim oʼtkazmay taʼsir koʼrsatish imkonini beradi. 
Sehrli taʼsirga ega ertaklar quyidagi muammolarni bartaraf etadi: 


51 

Bola xarxashalari
– beparvolik, aldamchilik, dangasalik, agressiya, 
gigiyena qoidalariga rioya etish, bogʼchaga borish, kun tartibiga amal qilishni 
istmaslik. 

Fobiyalar
– ota-onadan ajralib qolish, qorong’ulik, hayvonlar, shifokordan 
qoʼrqish. 

Kechinmalar
– boshqa bolalar bilan chiqisha olmaslik, yaqin odamini 
yoʼqotish, yangi oila aʼzosining paydo boʼlishi. 
Boladagi qoʼrquv, kuchli xavotir va ichki kechinmalarni tushunish qiyin 
boʼlganida ota-onalarga mutaxassis koʼmagi zarur boʼlishi mumkin. Bunday 
hamkorlik faqat alomatlar bilangina kurashmay, balki muammoning asl sababini 
topish va uni bartaraf etish imkonini beradi. 
 
«Baliq skeleti» organayzerini to’ldiring: 
 
 
 
9-MAVZU: EKSPRESSIV PROYEKTIV METODLAR 
(2 soat)
Reja: 
1. Oilaning kinetik rasmi. 
2. «Odam» metodikasi. 
1. Oilaning kinetik rasmi. 
Rasmli test yordamida bola intellektini o‘lchash va ularni natijalarini 
kuzatish o‘ziga xos hususiyatlariga ega. 
Rasmli test, aynan D. Xarrison va F. Gudinafning “Odam rasmi” 
metodikasini natijasini hisoblash 73 ta punktdan iborat. Har bir bajarilgan punkt 
uchun 1 ball, bajarilmagan punkt uchun esa 0 ball kriteriyasi bo‘yicha baholanadi. 
Tekshiriluvchi rasm chizgani bo‘yicha 73 ta punktga asoslanib ballarni haisoblab 
chiqgan holda ballar yig‘indisi hisoblanib foizga aylantiriladi. Ana shu olingan foiz 
intellekt koifitsientni foizi deb qabul qilinadi.
“Odam rasmi” metodikasi yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek 73 ta punktdan 
iborat. Ana shu 73 ta punktlarni alohida ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. 
“Odam rasmi” metodikasini bajargan tekshiriluvchilarni chizgan rasmlarini 
natijalarini o‘rganishda, olingan natijalarini yuqori, past va o‘rta ko‘rsatkichlarga 
guruhlash maqsadga muvofiqdir. 
Natijalarni guruhlangandan so‘ng, ushbu natijalarni, ya’ni yuqori o‘rta va 
past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan tekshiriluvchilarning rasmlarini bir birlaridan 
Yosh bolalarga 
ertakterapiyanin
g salbiy 
xususiyatlari 
qanday?


52 
tafovvutlarini ko‘rsatish maqsadga muvoffiqdir. Natijalarni taxlil qilishda 73 ta 
punktga to‘xtalib o‘tish shart bo‘ladi. 
Natijalarni hisoblashda 73 ta punktdan birinchisi boshdan boshlanadi. 
YUqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlarda o‘rta va past deyarli farqlanmaydi. 
Birinchi punktda bosh qanday shaklda chizilgan bo‘lsa ham ball beriladi. 
YUqori, o‘rta va past ko‘rsatqichlarga ega bo‘lgan rasmlarni yana bir 
bog‘lab turuvchi jihati shundaki, ularni barchasida bo‘yin qismi aks ettirilgan, 
lekin bo‘yinda tafovvutlanadigan qismi ham mavjud. Bunda bo‘yin boshdan 
ajralmagan xolda chizilgan bo‘lishi kerak. YUqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 
rasmlar har ikkala punktini bajarib chizgan bo‘lsa, o‘rta ko‘rsatkich bir punktining 
bajargan, past punkt esa umuman chizmagan bilan farqlanadi.
Ko‘zqismida ham rasmlarda differensiya kuzatiladi. YUqori va o‘rta 
ko‘rsatkichlar ko‘zni aniq detallari bilan birga chizgan, ya’ni qosh, kiprik, ko‘z 
qorachig‘i, ko‘zlar proporsional chizilgan, lekin past ko‘rsatkichli rasmlar ko‘zni 
detallarini rangida aks ettirishmagan. Bu esa asosiy prinsipial farqdir. 
Odam rasmini burun qismini har uchchala ko‘rsatkichidagi rasmlar deyarli 
farqlanmaydi. Har uchchala ko‘rsatgichga ega bo‘lgan burun qismini punktga 
to‘g‘ri, mos kelgan ravishda chizilgan, ya’ni burun qismida deyarli farq yo‘q. 
Og‘izni chizish rasmlarda farqlanadi. Har bir ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 
rasmlar og‘izni aks ettirgan bo‘lsa ham, lekin past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 
rasmlar lab qismini chizmaganlar. YUqori va o‘rta ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 
rasmlar esa og‘izni lab qismini aniq ko‘rsatib chizishgan. Labni chizgan 
tekshiriluvchi rasmiga esa qo‘shimcha ball beriladi.
Natijalarni taxlil qilishda iyak bilan peshona qismi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Agar ko‘z qismining tepasida peshona qismi uchun rasmda etarli etarli 
darajada joy qoldirilgan, va og‘zidan pastki qismida iyak qismi uchun etarli 
darajada joy qoldirilib rasm chizilgan bo‘lsa qo‘shimcha ball beriladi. YUqori va 
o‘rta ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar bir – biridan bu punktda farqlanmaydi, 
ya’ni iyak va peshona qismi proporsional chizilgan, lekin past ko‘rsatkichga ega 
bo‘lgan rasmlarda peshona qismi to‘g‘ri chizilgan bo‘lsa ham, iyak qismi punkt 
normasiga to‘g‘ri kelmaydi. 
Keyingi punktda odam rasmini jag‘ qismiga e’tibor qaratilgan. Bunda 
boshni jag‘ qismini uchliroq qilib chizish tendensiyasi bo‘lishi kerak. Faqatgina 
yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar jag‘ni to‘g‘ri chizganlar, o‘rta va past 
ko‘rsatkichli rasmlarda esa bu tendensiya kuzatilmadi. 
Keyingi punkt iyakni chizishga yo‘naltirilgan. Bunda rasmda iyak qismini 
chizig‘i aniq ko‘rsatilmagan bo‘lishi kerak. Bu punkt faqatgina yuqori 
ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan rasmlargina bajargan.
Keyingi punkt boshdagi soch qismiga yo‘naltirilgan. Ham yuqori, ham 
past, ham o‘rta ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar soch qismini aniq aks 
ettirishgan. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki bu punktni qo‘shimcha 
detallari ham mavjud. Aynan shu qo‘shimcha punktlarda rasmlar bir birlaridan 
keskin farqlanadi. Qo‘shimcha fukntlardan biri sochqismini bo‘yashhisoblanadi. 
Bu bunktda har uchchala ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar bupunktni bajarganlar. 


53 
Keyingi punkt boshdagi 102 qismiga yo‘nalirilgan. Ham yuqori , ham past 
, ham o‘rta ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ranilar soch qismni ariq aks ettirishgan. 
Lekin shuni ham sha’kidlab o‘tish kerakki bu punktni ko‘shimcha demellari ham 
mavjud. Aynan shu qo‘shimcha punktlarda rasmlar bir-birlaridan keskin 
farqlanadi. Qo‘shimcha punktlardan biri soch qismini bo‘lish hisoblanadi. Bu 
punktda har ugala ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar bu punktni bajarganlar. 
Tafovut keyingi qo‘shimchadan boshlab yaqqol gavdalanadi. Bu qo‘shimcha punkt 
sochda turmak va sochdagi qo‘shimchalarga yo‘naltirilgan. Bunda yuqori va o‘rta 
ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar bu punktni bajarishgan. Lekin past ko‘rsatkich 
bu punktni bajarmaganligi sababli tafovutlanadi. YAna bir qo‘shimcha soch 
tolalarini yo‘nalganligiga bag‘ishlangan. Lekin bu qo‘shimcha punkt faqatgina 
yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar bajargan. 
Keyingi 23 punkt qismga yo‘naltirilgan. Lekin bu punktda paradoks 
yuzaga keldi. Har uchchala ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar, ya’ni ham yuqori, 
ham o‘rta, ham past quloq qismini umuman rasmda aks ettirilmagan. Bu punktda 
rasmlar umuman differensional qilinmaydi. Lekin yana bir jabha ma’lumki, yuqori 
ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlarni ayrimlari quloq qismini rasmda aks 
ettirishgan. Bu ham intellektni yuqori ekanligidan dalolat beradi. 
Natijalarni hisoblashda barmoqlarga ham alohida e’tibor qaratish kerak. 
Bunda barmoqlar kaftdan aniq ajralib turishi kerak. SHuni ta’kidlash joizki 
barmoqlar faqatgina yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlarda aks ettirilgan. 
SHu jihatdan yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar o‘rta va past 
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan rasmlardan yaqqol tafovvutlanadi. 
Barmoqlar soni ham to‘g‘ri chizilgan bo‘lishi kerak. YUqorida ta’kidlab 
o‘tkanimizdek, faqatgina yuqori natijaga ega bo‘lgan rasmlar barmoqlarni rasmda 
aks ettirmaganlar va shunga qo‘shimcha ravishda barmoqlar sonini to‘g‘ri 
chizganlar. Undan tashqari bosh barmoq boshqa barmoqlardan ajralgan, ya’ni 
uzunligi jihatdan, xolda chizilgan bo‘lsa, qo‘shimcha ball beriladi.
YAna bitta punkt bu kaftlarni chizilganligiga yo‘naltirilgan. Agar 
barmoqlar va bilak orasida etarli joy qoldirilgan xolda chizilgan bo‘lsa, ball 
beriladi. Bunda faqatgina soqori natijaga ega bo‘lgan rasmlar kaft qismini aniq aks 
ettirganlar. O‘rta va past natijalarga ega bo‘lgan rasmlar esa kaft qismini rasmda 
umuman aks etmagan. 
Keyingi muhim punktlardan biri, bu odam rasmining elka qismidir. Agar 
rasmda elka qismi ko‘krak qafas qismidan aniq ajralgan holda chizilgan bo‘lsa, 
unda qo‘shimcha ball beriladi. YUqori va o‘rta natijalarga ega bo‘lgan rasmlar elka 
qismini aniq aks ettirgan, faqatgina past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlargina 
elka qismini aks ettirishmagan. Demak, bu prinsipial tafovvutdir. Intellekti past 
tekshiriluvchilar elka va ko‘krak qafas qismini deyarli ajratmaydilar. 
Qo‘l bilan tanani bog‘laydigan qism qo‘ltiqdir. Agar badan va qo‘l orasida 
etarli joy qoldirilgan bo‘lsa, masalan 10 gradus yoki undan kam, demak bu 
punktga ball beriladi. Har uchchala ko‘rsatkichdagi rasmlar parodoksal 
bo‘lishmasin qo‘lni badandan ajratishgan, demak u jihatdan rasmlar 
tafovutlanmaydi. 
Keyingi baholanadigan punkt bu tirsak qismidir. Odam rasmida qo‘lida 
tirsak qismi ko‘zga yaqqol tashlanadigan bo‘lsa ball beriladi. Lekin har uchchala 


54 
ko‘rsatkichdagi rasmlar tirsak qismini aks ettirishmagan. Bu jihatdan uchtali 
rasmlar tafovvutlanmaydi. 
Oyoq qismiga ham alohida to‘xtalib o‘tishimiz kerak. Rasmda oyoq 
qismlari aniq chizilgan bo‘lsa, ball beriladi. Har uchchalar ko‘rsatkichga ega 
bo‘lgan rasmlarda oyoq qismlari aniq ask ettirilgan. Lekin oyoq qismini 
qo‘shimchalari ham alohida ballga ega bo‘ladi. Bunda ikkita oyoq mantiqan 
bog‘lanishi kerak, ya’ni oyoqni tepa qismi to‘g‘ri tugallagan bo‘lishi kerak. 
Natijalarni tahlil qilganda shunga amin bo‘ldikki, faqatgina yuqori ko‘rsatkichli 
rasmlarda bu punkt to‘g‘ri bajarilgan. Oyoq qismi yana bir qo‘shimcha punkti 
bo‘ksadir. Bo‘ksa qismi aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa vo‘shimcha ball beriladi. Lekin bu 
qismni har uchchala ko‘rsatkichiga esa, bo‘lgan rasmlarda aks etmagan, bu 
punktda rasmlar orasida tafovut mavjud emas. 
Keyingi qism bu tovon qismidir. Bu qism ham faqatgina yuqori natijaga 
ega bo‘lgan tekshiriluvchilar aks ettirilgan. Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish 
kerakki, bir nechta o‘rta ko‘rsatkichga egabo‘lgan rasmlar shu punktni aks 
ettirishgan. 
Qo‘l va oyoq qismlarini tana bilan bog‘lanishi ham alohida punkt 
hisoblanadi. Agar oyoq va qo‘llar tegishli joyda ballangan bo‘lsa, unda qo‘shimcha 
ball beriladi. YUqori va past natijaga ega bo‘lgan rasmlar tofovutlanmagan holda, 
har uchchalar ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlarda oyoq va qismlar tana qismi 
bilan to‘g‘ri bog‘langan. 
Tana qismini o‘zi ham alohida punkt hisoblanadi. Har uchchala 
ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlarda tana qismi aks ettiriligan. Demak, bu jihatdan
rasmlar natijasi tafovutlanmaydi. Tanani proporsionalligi ham muhimdir. Bunda 
endi faqatgina yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlarda tana proporsionalligi 
aks ettirilgan, ya’ni bu jihatdan ko‘rsatkichlar tafovutlanadi. 
Keyingi punkt boshni proporsionalligiga tegishli punktdir. Agar bosh qismi 
butun tananing 4dan 1 qismini egallasa, demak ball beriladi. Bunda ham tafovut 
ko‘zga tashlaniladi. Har bir rasmda yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar ham, 
past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar ham bosh qismini to‘g‘ri proporsiyaga 
asoslanib chizilgan.
Qo‘llar uzunligi ham ahamiyatga ega. Agar qo‘llar tana uzunligiga mos 
kelsa, qo‘shimcha ball beriladi. YUqori ko‘rsatkichga egabo‘lgan 
tekshiriluvchilarni rasmlarida qo‘l butunlay proporsional chizilgan bo‘lsa ham, 
o‘rta va past ko‘rsatkichla rasmlarda qo‘l tana uzunligiga mos ravishda chizilgan.
Demak, uchchala ko‘rsatkichli rasmlar bu punkt bo‘yicha tafovutlanmaydi. 
Oyoq uzunligi ham alohida punkt hisoblanadi. Agar oyoqning uzunligi 
tananning vertikal uzunligiga teng bo‘lsa, unda bull beriladi. Bu punkt bo‘yicha
ham rasmlar tafovutlanmaydi. 
Keyingi punkt kiyimga qaratilgan. Endi bu pukntda tafovvutlar ko‘p. 
Faqatkina yuqori ko‘rsatkichli rasmlar kiyimni to‘liq aks ettirishadi, ya’ni o‘rta va 
past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlar faqatgina kiyimni bir predmetini chizgan 
bo‘lishsa, yuqori ko‘rsatkichli rasmlarda kiyimni qismi ikkita yoki undan ortiq 
predmetlardan iborat (masalan kota va yubka). Undan tashqari yuqori
ko‘rsatkichga ega bo‘lgan rasmlarda kiyimlarni detallari ham aks ettirishgan.
Oyoq kiyimlarda ham qo‘shimcha detallar aks ettirilgan. Bizning xulosamizga 


55 
ko‘ra aynan kichik, qo‘shimcha detallargina inetllektni yuqoriligidan dalolat 
beradi. 
Qolgan punktlar asosan rasmni qanchalik aniq, to‘g‘ri, chiziqlarga 
asoslangan xolda chizilganligiga yo‘naltirilagn. SHu punktlarni chida bolani, ya’ni 
tekshiriluvchini qalam bilan tekshirishga yo‘naltirilgan punkt mavjud. 
Tadqiqotimiz guruhiy tarzda amalga oshirilganligi sababli, bolalarni 
rasmlarini chizish texnikasini to‘liq kuzatishga imkoniyatimiz bo‘lmadi. Lekin 
rasmlarga asoslanib xulosa chiqaradigan bo‘lsak, yuqori natijaga ega bo‘lgan 
rasmlar o‘rta va past natijaga ega bo‘lgan rasmlardan rasmni chizish 
koordinatsiyasi jihatidan ancha farq qiladi.o‘rta natijaga ega bo‘lgan rasmlar ham 
nisbatan aniq va tekis chizilgan. Lekin past natijaga ega bo‘lgan ramslarda 
chiziqlar butunlay notekis ravishda, koordinatsiyaga asoslanmagan holda 
chizilgan. 
Natijalarni xulosalaydigan bo‘lsak, shu jihat gavdalanadiki, yuqori 
natijaga ega bo‘lgan rasmlarda barcha detallar aks ettiriligan. Masalan, oyoq qismi 
detallari, kiyimdagi tugmalar, soch turmaklari kabi detallar aniq ko‘rsatilgan. SHu 
jihatdan ham bunday rasmlar yuqori natijaga ega bo‘ladilar. 
Lekin shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bir xil punktlarda rasmlar 
butunlay taovutlanmaydi. 

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish