Psixologiya o’qitish metodikasi fanidan ma’ruzalar matni


Psixologiyaga kirish. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida



Download 0,97 Mb.
bet17/48
Sana01.02.2023
Hajmi0,97 Mb.
#906513
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
6ef9db3b44ff3251d68df27f840371b7 PSIXOLOGIYA O`QITISH METODIKASI FANIDAN

Psixologiyaga kirish. Psixologiya tabiiy va ijtimoiy fan sifatida.

Maqsad va vazifa

Psixologiya faniga kirish, tabiiy va ijtimoiy fan sifatida uning hayotdagi o’rni haqida nazariy bilim, malaka yo’llari ko’nikma hosil qilish va mustahkamlash

O’quv jarayonini mazmuni

Talabalarga yangi bilim berish

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyalari

Shakl: Ma’ruza, katta guruhlarda 80 min.
Tur: “Rezyume”
Vosita: Ko’gazmali material, manbalar.
Usul: Og’zaki ko’rgazmali.
Nazorat: Og’zaki
Baholash: Rag’batlantirish, reyting tizimida

Kutiladigan natija

O’qituvchi:Talabalada_mavzu_mohiyati_va_uning_pedagogik_faoliyatdagi_ahamiyati'>O’qituvchi:Talabalada mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida nazariy bilim, ko`nikma, malaka hosil qilish
Talaba: Mavzu mohiyati va uning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati haqida tassavurga ega bo’lish.

Kelgusi rejalar
(taxlil o’zgarishlar)

O’qituvchi: Mavzu bo’yicha talabalarga to’liq bilim berishda internet ma`lumotlari dan, qo’shimcha axborot vositalaridan foydalanadi.
Talaba: Yangi va zamonaviy ma`lumotlar olishga intiladi va ega bo’ladi.





12-Mavzu: Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi.
Reja:
1.Talabalar bilimini baholashda reyting tizimining ahamiyati.
2. Reyting tzimining mo\iyati.
3. Reyting tizimining asosiy ko’rsatkichlari.
4. Reyting tizimining asosiy bosqichlari.
Tayanch tushunchalar:reytining tizimi,talaba reytingi,ob’ektiv ko’rsatkich, hal qiluvchi omillar, asosiy bosqichlar.
Oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim tarbiya jarayonini takomillashtirish, talabalarning yuqori darajadagi bilimlarga ega bo’lishi hamda o’zlashtirishning muvofaqqiyatli bo’lishini ta’minlaydigan tadbirlardan biri -talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini joriy qilishdir.
Hozirgi kunda oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim olish jarayonida talabalarning o’zlashtirishi va bilimini nazorat qilish hamda baholashning reyting tizimini joriy qilishning asosiy maqsadi talabalarning tanlagan sohalari, shuningdek ijtimoiy va psixologik – pedagogik o’quv fanlaridan har taraflama mukammal, chuqur bilimlarga ega bo’lishlariga erishish va ularni mustaqil, ijodiy fikrlay olishi qobliyatlarini yanada taraqqiy ettirishdan iboratdir. Talabalarning o’zlashtirishi va bilimini nazorat qilishning reyting tizimini joriy qilishning ahamiyati yana shundan iboratki, u ijobiy motivatsiya hosil qiladi, o’qishda muvofaqiyatga erishish uchun intilish, o’quv faoliyati bilan (o’quv) muntazam shug’ullanib borishga mayillik kelib chiqadi.
Bularga erishishning eng qulay yo’llaridan biri o’quv jarayoniga talabalar o’zlashtirishini nazorat qilish va baholashning reyting sistemasini joriy qilishdir.
“Reyting” inglizcha so’z bo’lib “baho” “individual koifitsient” degan ma’noni anglatadi. SHu paytgacha amaliy faoliyatda ko’proq “siyosiy arboblar reytingi” tushunchasini uchratganmiz. Lekin oxirgi paytlarda turli oliy o’quv yurtlarida talabalar o’zlashtirishini nazorat qilishning reyting sistemasi joriy qilinishi bilan “talabalar reytingi” termini ham kundalik hayotimizga keng miqiyosda kirib kelmoqda.
Talaba bilimini reyting sistemasi bo’yicha baholash g’oyasi talabalar o’quv ishlarining barcha turlarini baholash asosida to’plagan ballar miqdori esa har bir talabaning o’qishda erishgan yutuq va muvofaqqiyatlarini yaqqol taqqoslash imkonini beradi. O’z natijalarini boshqa talabalar qo’lga kiritgan ballar miqdori bilan doimiy solishtirib borish orqali talaba o’z tayyorgarlik darajasini kuzatib boradi. Kerak bo’lgan taqdirda o’zlashtirishi tezligini oshishi uchun imkon yaratadi.
Bunda o’quv guruhidagi har bir talaba o’zining o’qishdagi yutuqlariga muvofiq keladigan tartib raqamini oladi. Talabalarning jami reytingi “O’zlashtirish taxtasi” yoki “Ekran”ga yozib qo’yiladi. Bu esa talabalarga o’zlashtirish natijalarini taqqoslab borish imkoniyatini yaratib, ular faolligini oshiradi, bir – biridan o’sib borish imkoniyatini yaratadi. Bir- biridan o’zib ketish uchun harakat qilishga undaydi, o’qish faoliyatida yuqori natijalarga erishish orqali o’z hurmati va qadrini oshishiga yordam beradi.
Hozirgi davrda talabalar o’zlashtirishi lozim bo’lgan ilmiy axborot lar oqimi to’xtovsiz o’sib bormoqda. SHu munosabat bilan o’quv jarayonini tashkil qilishni takomillashtirishning shunday yo’llarini izlab topish talab qilinadiki, bunda talaba o’z qobiliyat va imkoniyatlarini maksimal darjada rivojlanishiga intilsin hamda bilimlarini mustahkam egallash uchun bor kuchlarini ishga solsin.
Talabalar o’zlashtirishini baholashining reyting sistemasini qo’llash natijalarini ko’rsatishicha, bunda mutaxassislar tayyorlashda ancha yuqori darajaga erishish mumkin. SHuningdek o’zlashtirishni nazorat qilishning yangi turlarini joriy etishning dolzarbligi mutaxasislar tayyorlashning ko’p bosqichli sistemasiga o’tishi bilan ham bog’langan (bakalavr, magistr). Ta’limning bir bosqichidan ikkinchisiga o’tkazish attestatsiya yoki konkurs asosida amalga oshiriladi. Talabalarning o’quv reytingi attestatsiya sistemasida ob’ektiv ko’rsatgich bo’lib xizmat qilishi mumkin. Reyting sistemasini qo’llash tajribalarinig ko’rsatishichi, bu sistema talabalar o’quv faoliyati sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Bunda hal qiluvchi omillar sifatida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin.

  • semestr davomida talabalarni ishlab borishga undash.

  • talabalarni o’quv materiali ustida mustaqil ishlash rolini ko’rsatish

  • ta’limda musobaqalashish ekperimentlarini kiritish

  • talabalarning o’qishda muvofaqqiyatlarga erishishga bo’lgan ijobiy motivatsiyalarini uyg’otish.

Nazorat qilishning reyting sistemasini qo’llash talabalar o’zlashtirishini baholashda tasodifiy omillar rolini ancha pasaytiradi, chunki muayyan, o’quv fani bo’yicha baho talabalar tomonidan semestr yoki o’quv yili davomida to’plangan umumiy ballar miqdoriga qarab aniqlanadi.
Bilimlarni nazorat uqilishning reyting sistemasi o’quv jarayonini axborot jihatidan ta’minlanishiga yuqori talablar qo’yadi. Talabalar bilan muallimlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar haqiqiy hamkorlik asosida quriladi.
Talabalar o’zlashtirishi vabilimini baholashning reyting sistemasi joriy qilinishining asosiy sababi,maqsadi oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim olish jarayonida talabalarning tanlagan sohalari bo’yicha hamda ijtimoiy psixologik-pedagogik o’qquv fanlaridan mukammal bilimlarga ega bo’lishini tashkil qilash va ularning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir.Reytinig tizimi asosida talabalar bilimini baholash va nazort qilish uchun o’quvchilar foliyatining bir necha turlarini asosiy ko’rsatkichlar qilib qabul qilish mumkin:
1.Talabalarning ma’ruzalardagi faolligi.
2.Semnar mashg’ulotlari.
3.Laboratoriya mashg’ulotlari.
4.Kollokvium-sinov.
5Referat yoki doklad tayyorlash.
6.Test.
7.Uyga vazifa.
8YOzma ish va h.k.
Bu ko’rsatkichlar qatoriga yana davomat,talabaning bajaradigan mustaqil ishlari,talbalar ilmiy anjumanlarida,fan olimpiadalarida,to’garak ishlarida ishtirok etishi kabi qo’shimcha ko’rsatkichlarni ham kiritish mumkin.
Reytinig tizimining asosiy ko’rsatkichlariga –talabaning ma’ruzalardagi faolligini ham olinishiga sabab,talaba bilan o’qituvchi o’rtasida hamkorlik tarzidagi ta’limni yo’lga qo’yishdir.Ma’ruzalarni konferentsiya tipida,suhbat,munozara, faol o’yinlar vah.k. tarzida takil etib,imkon qadar ko’p talabalarni ma’ruzalardagi ishtiroklari uchun imkoniyat yaratiladi va bunda albatta talaba muayyan ballarni yig’ib borish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Muayyan fan bo’yicha talaba 100 ball to’plashi zarur,uni yig’ib borish 3bosqichda amalga oshiriladi.
Reyting tizimining asosiy bosqichlari:
1.joriy nazorat
2oraliq nazorat
3.yakuniy nazoratdan iborat.
Joriy nazorat-talabalarning ma’ruza,seminar ,amaliy va laboratoriya mashg’ulatlari davomida bajaradigan io’lariga,bilimlariga,berilgan topshiriqlarni bajarganliklari uchun qo’yiladigan ballardir.Joriy nazort davomida talaba 50 ball to’plashi(maksimal)to’plashi kerak.
Oraliq nazorat-muayyan fanning bo’limlari oralig’ida o’tkaziladigan nazorat shakllari-suhbat,savol-javob,kollokvium, test topshiriqlarini bajarganligi uchun talabaga qo’yiladigan ballar nazarda tutiladi.Oraliq nazorat uchun maksimal 35 ball ajratilgan.
3.YAkuniy nazorat-o’quv semestri oxirida o’tkazilib,yozma yoki og’zaki shaklda o’tkazilishi mumkin,buni o’quv bo’limi belgilab beradi. YAkuniy nazorat uchun maksimal 15 ball ajratilgan.
Talaba har bmr bosqich uchun eng kamida 55 ballto’plashi kerak,shunda talaba o’zlashtirayotgan talaba hisoblanadiLekin talaba o’zlashtirsa ham,o’zlashtirmasa ham yauniy nazorat topshirish uchun kiradi.Har bir bosqich uchun ajratilgan ballni maksimal ball deb olamiz vaquyidagicha mezonlar asosida baholaymiz:
55%dan-70%gacha-o’rta,
71%dan-85%gacha-yaxshi,
86%dan-100%gacha-a’lo
O’quv soatlari o’qib tugatilgan fanlar bo’yicha komissiya ishtirokida yozma ish o’tkaziladi.Hali tugatilmagan fanlardan esa,fan o’qituvchisining o’zi tomonidan yozma ish o’tkaziladi.Qaysi fanlardan yozma ishlar komissiya tomonidan qabul qilinishi dekanat tomonidan 1 oy avval e’lon qilinib,talabalarga etkaziladi.Qaysi fandan shunday yozma ish belgalangan bo’lsa,o’sha fan o’qituvchisi yozma ish savol variantlarini tayyorlab(har bir guruh uchun kamda 3 variantdan belgilash maqsadga muvofiq)o’quv bo’limiga1 oy oldin topshiradi.Lekin savol variantlari bilan talabalar tanishtirilmaydi.Talabalar o’tilgan umumiy kurs bo’yicha tayyorgarlik ko’radilar.Variantlar solingan konvert o’quv bo’limi tomonidan muhrlanib,yozma ish yoziladigan kuni komissiya a’zolriga topshiriladi.YOzilgan yozma ish hajmi ijtimoiy fanlar uchun kamida 1200-1400 so’zni tashkil etishi kerak,albatta bu erda ish mazmuniga e’tibor beriladi.Talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash”Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida”Namunaviy Nizom asosida joriy etilgan(Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1999 yil 8 iyundagi 194-sonli buyrug’i)
YOzma ishlarni o’tkazish bo’yicha ham Namunaviy Nizom ishlab chiqilgan hamda oliy o’quv yurtlarida talabalar bilimini baholashda me’yoriy hujjat sifatida qabul qilingag.
Talabalar o’zlashtirishini va bilimlarini baholashning reyting sistemasi joriy qilininishining asosiy maqsadi – oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim olish jarayonida talabalarning tanlagan sohalari hamda ijtimoiy psixologik pedagogik o’quv fanlaridan chuqur, har taraflama mukammal bilimlarga ega bo’lishini tashkil qilish va ularmning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir.
Mavzu yuzasidan savol vatopshiriqlar:
1.Reyting tizimini joriy qilishning ahamiyati nimada?
2.”Reyting” iborasini nimani anglatadi?
3.Reyting tizimining imkoniyatlarini sanab bering
4.O’quv reytingining attestatsiya tizimida roli qanday?
5.Reyting tizimining o’qituvchi va talaba o’zaro munosabatlariga ta’sirini baholang.
6.Reyting tizimini joriy etish bo’yicha yuqorida ko’rsatilgan me’yoriy xujjatlarni o’qib chiqing va daftaringizga yozib keling.



Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish