Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti



Download 9,99 Mb.
bet609/837
Sana24.06.2021
Hajmi9,99 Mb.
#100037
1   ...   605   606   607   608   609   610   611   612   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2019

Abdurahmon Jomiyning XV asrda yashagan mutafakkurlar kabi insonni, uning yuksak axloqiy xislatlarini, go’zal fazilatlarini kuylash orqali ularning baxt-saodatiga erishish yo’llarini bayon etgan allomalardan sanaladi.

Abdurahmon Jomiyning to’liq ismi Nuriddin Abdurahmon ibni Ahmad bo’lib, 1414 yil 7 noyabrda Jom shahrida tavallud topgan. Jomiy taxallusi u tug’ilgan joy – Jom shahri nomidan olingan.

Abdurahmon Jomiyning hayotida va faoliyatida, uning ijodiy yo’li, ta’limiy va tarbiyaviy qarashlari haqida mashhur sharqshunos olim Ye.E.Bertels, tojik olimi M.Orifiy, o’zbek olimlari Sh.Shomuhamedov, A.Qayumov, H.Aliqulov va boshqalar tadqiqot olib borganlar.

Abdurahmon Jomiy o’z asarlarida insoniy yuksaklikni ta’rif etadi. Tadqiqotchi Sh.Shomuhamedov Jomiy haqida fikr yuritar ekan: «Uning shaxsan o’zi bunga namuna bo’lada; poklik shamlaridan biri bo’lib porlagan», - deydi.

Jomiy uchta lirik devoni, yettita dostondan iborat «Haft avrang» (Yetti taxt), ta’lim-tarbiyaga oid «Bahoriston» asarlari bilan jahon madaniyati taraqqiyotida munosib o’rnisha ega bo’ldi. Uning barcha asarlari sonini tadqiqotchilar 46 ta deb aniqlaganlar.

Abdurahmon Jomiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Sa’diyning «Guliston» asari uslubida yozilgan «Bahoriston» asari va «Haft avrang»ga kirgan «Tuhfatul ahror» hamda «Silsilatuz-zahab» (Oltin tizmalar) va boshqa dostonlarida ifodalangan. Bu dostonlarda va «Bahoriston»da Jomiy haqiqiy kamolotga erishgan inson haqidagi qarashlarini bayon etadi.

Jomiy o’zining mashhur «Silsilatuz-zahab» (Oltin tizmalar) dostonida esa «Sevimli aziz farzandga nasihat» bobida, eng avvalo har bir yosh bilim olishi zarurligi, chunki inson umri juda qisqa bo’lib, bu umrini behuda o’tkazmasligi, ammo bilim olgandan so’ng unga amal qilish lozimligini ta’kidlaydi va amaliyotsiz ilm ham behuda ekanligini alohida uqtirib o’tadi.

Jomiy bilimni yoshlikdan egallash lozimligini ta’kidlaydi va johillikni qattiq qoralab, dono bilan nodonni bir-biriga qarama-qarshi qo’yadi.

Hammadan avval farzand, bilimdan baxramand bo’l,

Nodonlik yurtidan chiq, bilim tomon olgil yo’l,

Har bir kishiga bu so’z, oyna kabi ayondir,

Dono tirik hamisha, nodon o’liksimondir.

Abdurahmon Jomiy «Bahoriston» asarida ilmni behuda egallamaslik, har bir shaxs foydasi tegadigan ilmni egallashi zarurligini ta’kidlaydi.

Ma’lumki, barcha allomalarning ta’limiy-axloqiy asarlaridagidek, Jomiy ijodida ham insonning bilim olish bilan birga kasb-hunar egasi bo’lishi ham uning kamolotining muhim mezoni sifatida talqin etiladi.

Masalan, «Bahoriston»da bunday g’oyani ilgari surgan hikoyatlarni ko’plab uchratamiz.

Jomiy inson uchun ilmu-hunarning qay darajada zarurligini to’g’ri talqin etgan. Alloma ilm va hunarni e’zozlagan rahbar ham o’z elining e’zoziga sabab bo’lishi, bunday o’lka gullab yashnashi mumkinligi ta’kidladi. Shuningdek, Abdurahmon Jomiy mehnatkash insonni ulug’laydi, ayniqsa, dehqonlar mehnati haqida fikr yuritar ekan, ularning moddiy ne’matlar yaratish bilan jamiyatda hurmatga sazovor ekanligini alohida ta’kidlaydi.

Jomiy asarlarida yaxshilikni barkamol inson ega bo’lishi zarur bo’lgan eng zarur axloqiy xislat sifatida tarannum etilishi bejiz emas. Zero eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklardan boshlab yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi kura shva yaxshilik, ezgulikning g’olib kelishiga bo’lgan oliy istak barcha pandnomalarning asosini tashkil etgan.

Xulosa qilib aytganda, Abdurahmon Jomiyning yetti dostondan iborat «Haft avrang», «Tuhfat-ul-ahror», «Sabhat ul-abror» kabi falsafiy-axloqiy asarlari; «Xiradnomai Iskandar» dostoni, «Silsilatus-zahab» (Oltin tizmalar) asarlarida uning inson tarbiyasiga oid barkamol g’oyalari o’z ifodasini topgan.

Abdurahmon Jomiy o’z asarlarida insonni ulug’laydi, uni ma’naviy kamolot darajasiga ko’tarishning asosiy mezonlaridan biri bilimlilik, aqliy kamolotning yuksak darajasiga erishishi zarurligiga alohida e’tibor bergan.

Jomiy ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashning ikkinchi bir jihati axloqiy barkamollik deb bildi va axloqiylik – yuksak xulq-odob mezonlari sifatida insoniylik, adolat, mehnatsevarlik, sahovat va karam, mehr-muruvvat, chin insoniy muhabbat, rostgo’ylik, kamtarlik, jasorat, mardlik kabi xislatlarni ulug’laydi va takabburlik, mol dunyoga hirs qo’yish, yolg’onchilik, johillik bilan bog’liq illatlarni qoraladi.

Qomusiy bilimlar sohibi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalarini rivojlantirish bilan birga, ta’lim-tarbiya masalalariga ham katta e’tibor bergan. U 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug’ilgan. Adabiyot va badiiy ijodga muhabbat unda bolaligida uyg’ongan. Alisher she’r tinglashni va aytishni juda sevgan. Alisher Hirotda va Mashhadda o’qigan, arab va fors tillarini o’rgangan. U 15 yoshidayoq iste’dodli shoir sifatida xalq ommasiga tanilgan. O’zbek Turkiy tilidagi she’rlariga «Navoiy», fors-tojik tilidagi she’rlariga «Foniy» taxalluslarini qo’ygan.

Alisher Navoiyning «Hamsa», «Mahbub ul-qulub», «Arba’yn», «Nazm ul-Javohir», «Munojot», «Vaqfiya» kabi asarlarida tarbiyaga katta o’rin berilgan.

Navoiyning ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlarida insonparvarlik g’oyalari markaziy o’rinda turadi. Uning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak va qadrlidir.

Navoiy inson uchun kelajak avlodni yaratishdan, uni tarbiyalab, foydali kishi qilib yetishtirishdan ko’ra hayrli va lazzatli narsa yo’qdir, deydi. Shuningdek, har bir kishi o’z farzandining yaxshi tarbiya ko’rishi va kamol topishi to’g’risida g’amxo’rlik qilishi, bolaga kelajakdagi hayotiga monand go’zal va mazmundor nomlar qo’yishi lozim, deydi.

Navoiy hayotda o’z ilmiga amal qilishi, o’rganganlarini hayotga tadbiq etishi masalasiga alohida e’tibor beradi. Masalan, u «Mahbub ul-qulub» asarida ilm o’qib uni ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmagan yoki urug’ sochib hosilidan baxra olmaganga o’xshaydi, deydi.

Ilm o’qub qilmag’on amal maqbul,

Dona sochib ko’tarmadi maqsul.

Alisher Navoiy bilim olishda barcha fanlarni o’rganishni targ’ib etadi. Bunda u olimu fozillarni yig’ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.

Masalan: Navoiy o’zining «Ixlosiya» madrasasi yonida maktab ochib, o’z vaqfidan mablag’ ajratgan, madrasada ta’lim olayotgan har bir talabadan ilmda qattiq intizomga rioya qilish talab etilgan. Shuningdek, u ilm-fanni mustaqil holda o’rganish, yetuk ilm sohiblaridan dars olishga ham undaydi.

Alisher Navoiy ilm olish yo’llari haqida ham muhim fikrlar bayon etadi. U bilimlarni tinmay uzluksiz o’rganish zarur deydi. Bunda har qanday qiyinchiliklarni yengib o’tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish, izchillik bilan o’rganishni ta’kidlaydi. Alisher Navoiy ta’lim tizimini o’z davrida maktab, mardrasalarda o’qish, olim, hunuarmand, san’atkorlarga shogird tushi byoki mustaqil holda ilm olish imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi.

Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berishda muallimlar, mudarrislar hamda ustoz-murabbiylarning o’zlari ham bilimli va tarbiyali bo’lishi zarurligini uqtiradi.

Qattiqqo’l, johil va tamagir o’qituvchilarni tanqid qilib ular rahmsiz, miyasi po’lat va ko’ngli toshdir, deydi. Ularni qoralash bilan birga o’qituvchi mehnatining og’irligi murabbiylik haqqini xolisona baholaydi.

Alisher Navoiy asarlarida komil insonni tarbiyalash uslub va usullari, vositalari ham o’z ifodasini topgan. Navoiy asarlarida bola tarbiyasi bilan oilada va maktabda shug’ullanib, namuna uslubidan foydalanish tavsiya etilgan. Tarbiya va ta’lim ota-ona hamda o’qituvchi tomonidan olib borilishi lozim topiladi. Alisher Navoiy bolalarga jismoniy jazo berish emas, balki xushmuomalalik bilan muomalada bo’lishini, lekin bunda ham me’yoridan oshmaslik lozimligini uqtiradi. Tarbiya haqida gapirar ekan «Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir va qobiliyatsizga tarbiya hayf. Uni tarbiya qilmaslik bilan nobud qilma, shunga tarbiyatingni nobud qilma», deydi.

Alisher Navoiy tarbiyada insonning o’z-o’zini tarbiyalashiga xato va kamchiliklarni anglab tuzatishiga e’tibor beradi. Yanglish va xato kishilikning shartidir. Kimki, e’tirof tomon qaytar ekan, xatosi yo’qoladi. Kimki, dalil keltirib aljiray bersa, xatosini bir karra oshiradi. Ya’ni kishi xato qilganda yanglishganini bo’yniga olsa – bu yaxshi. Agar o’z xatosiga dalil ko’rsata bersa, uning xatosi Yana ikki barobar ortadi, deydi alloma.

U bola tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, bolani uyning «chirog’i», bola oilaga baxt va saodat keltiruvchidir, deb xarakterlaydi.

Alisher Navoiy bolalarga yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko’rsatib, o’qil-qizlarni 6 yoshdan tarbiyasiga – muallimga berish lozimligini aytadi.

Shu bilan birga ilk yoshdayoq fanlar va hunarlarni egallab olmoqligi lozimligini ta’kidlaydi.

Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini ko’rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslangan, tarxiylik kabi talablarni asos qilib oladi. U o’qituvchi haqida gapirar ekan, muallim o’z shogirdlarini ham, o’zi ta’lim berayotgan fanni ham sevgan bo’lishi zarur deydi. O’ziga ham o’quvchiga ham talabchan bo’lishini uqtiradi.

Navoiy o’qituvchini jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq inson deb bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.

Alisher Navoiy o’zi yashagan anna shu muhitning madaniy kamolotiga insoniyat tarixida abadiy boqiy qoluvchi hissa qo’shdi. Shuningdek, Navoiyning hayoti, faoliyati, merosi o’zidan keyingi avlodlarning siyosiy ongini o’sishida, millatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik his-tuyg’ularining shakllanishida katta manba bo’lib xizmat qiladi.

XV asrda faqat Eronda emas, balki Huroson va Movarounnahrda ham ijtimoiy falsafiy, ma’rifiy fikr taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan olimlaridan biri Jaloliddin Davoniydir. Davoniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiylarning ijtimoiy fikrlari bilan ko’p jihatdan tutash keladi.

Jaloliddin Muhammad ibn Asad as-Siddiqiy al-Davoniy Eronning Kazarun viloyatidagi Davon qishlog’ida 1427 yilda dunyoga kelgan.

Jaloliddin Davoniy boshlang’ich ma’lumotni qishlog’ida olgach, Sherozga keladi va u yerda Dorul ay-tom madrasasida taxsil ko’radi. Madrasada u musulmon qonunshunosligi (fikh) bilan maxsus shug’ullanadi hamda ilm-fan sirlarini mashg’ur olimlardan o’rgana boshlaydi. Uning otasi Sa’diddin ham o’z zamonining fozil kishilaridan bo’lib, o’g’lining ham ilm-fanni chuqur egallashiga yordam beradi. Davoniy o’z davrining ilm-fan taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan qomusiy olim. Uning yirik olim bo’lib yetishishida Samarqand, Hirot ilmiy muhitining ham katta ta’siri bo’lgan.

Davoniy insonni kamolga erishishi uning boshqalar bilan munosabatiga ham bog’liq eknligini ta’kidlaydi, jamiyatda, ma’lum ijtimoiy muhitda, boshqalar bilan aloqada shakllanib tarbiya topgan. Inson o’zi yashagan jamiyatda adolat huqmron bo’lsa, unda baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. Shuning uchun u «Ahloqi Jaloliy» asarida jamiyatni adolatli fozil shaharga va johil shaharlarga bo’ladi. Farobiy kabi Davoniy ham fozil shahar boshqaruvchisida o’nta eng yaxshi fazilat mujassamlashgan bo’lishi kerak, deydi. Bulardan:

1. Hukmdor odamlarni e’zozlashi.

2. Davlat ishlarini adolatli ijro etishi.

3. Xirs va shahvatga berilmasligi.

4. Hukmdorlikda shoshma-shasharlik va g’azabga yo’l qo’ymasligi, balki shafqat va muruvvatga asoslanishi.

5. Xalqining ehtiyojini qondirishi uchun xudaning irodasidan kelib chiqishi.

6. Xalq ehtiyojini qondirishga oid ishlarni bajarishga harakat qilishi.

7. Xalqqa nisbatan odil bo’lishi.

8. Har bir ishni maslahatlashib, kengashib hal etishi.

9. Har bir kishini uning qobiliyatiga monand lavozimga tayinlashi, qobiliyatsiz kishilarga yuqori lavozim bermaslikni.

10. Adolatli farmonlar chiqarishi, qonunni buzishga yo’l qo’ymaslik kabilardir.

Davoniyning fikricha, bolaning tarbiya olishi, odob-axloqli bo’lishi uning keyingi tarbiyasigaham bog’liq. Chunki hayotda har kuni bola ko’radigan, muloqotda bo’ladigan narsalar uning xulqiga yaxshi va yomon tomondan ta’sir etadi. Bolada har kuni kerak bo’ladigan insoning xislatlar: yurish-turish qoidalari, xushmuomalalik, ota-ona va boshqa katta yoshlilarni hurmat qilish, to’g’rilik va rostgo’ylikni o’rganish, shirinsuhanlik, kamtarlik, so’zlashuv odobiga rioya qilish kundalik turmushda o’rganiladi. Shunga ko’ra bunday hislatlarni bolalarda har kuni tarbiyalab borilishi muhim. Bunday tarbiyada esa ota-ona oldiga katta vazifalar qo’yiladi. Ota va ona bola tarbiyasida barobar mas’uliyatlidir, deydi Davoniy.

Ota bolaning yaxshi fazilatlarni egallab, kasb-hunar o’rganib borishi, ilm-fanni chuqur o’zlashtirib olishi uchun moddiy asos, ya’ni kiyim-kechak, kerakli buyumlar bilan ta’minlaydi.

Ona bola tarbiyasida asosiy qiyinchiliklarni boshidan kechiruvchi sanaladi. U bolaga yashash uchun quvvat beradi, ehtiyotlab asraydi, mehr-shavqatini ayamaydi.

Bolaga oddiy axloqiy o’rgatish, yurish-turish, yeyish-ichish qoidalariga rioya qilish, o’z qilmishi oldida javob berish mas’uliyatini his etishni tarkib toptirish ota va ona burchidir. Bola tarbiyasida ota-ona bilan bir qatorda maktabga chiqqandan so’ng muallim ham javobgar sanaladi, deydi olim. Buning uchun muallimning o’zi ham yaxshi tarbiya topgan bo’lishi shart. Shu o’rinda Davoniy muallimning hislatlariga, bola va uning o’rtasidagi munosabatlarga alohida e’tibor beradi. Davoniy muallimni «Ma’naviy padar» deb ataydi. Chunki ota bolani jisman hayotga keltirib, uni jismoniy tarbiyalasada, muallim uni ma’naviy jihatdan kamolotga yetkazadi, deydi, olim. Davoniy g’azabni eng og’ir ruhiy kasallik deydi. G’azab kishining katta nuqsoni, kamchiligi, aqlsizligidir, agar aql g’azab va hissiyotga bo’ysunsa, kishi hayvon darajasiga tushib qolishi mumkin, chunki hayvonning aqli bo’lmaganligi tufaydi u g’azabni bo’ysundira olmasa, buni hyech qachon kechirish mumkin emas. U hamma vaqt o’z g’azabini aqlga bo’ysundirishga harakat qilishi kerak, shundagina u haqiqiy inson bo’lib yetishishi mumkin, deydi. Olim kishilar ruhiyati haqida gapirar ekan, g’azab quvvatini quyidagilarga bo’ladi: ba’zilar tez g’azabga keladi va tez jahldan tushadi, ba’zilar esa sekin-asta g’azablanib, tez jahldan tushadilar, ba’zilar tez g’azablanib, uzoq vaqt jaxillaridan tushmay yuradilar. Davoniy g’azab turlaridan ikkinchisini yaxshisi deb eng oxirgisini yomoni deb belgilaydi.

Demak, Davoniy kishilarning salbiy ruhiy holatlarini davolash mumkin, deb ishonadi va ularni yaxshi maslahat berish, so’z bilan, jazo va mehnat qildirish yo’llari bilan tarbiyalasa bo’ladi, deb hisoblaydi. Davoniyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya va axloq to’g’risidagi fikrlari ta’lim-tarbiya tarixida muhim ahamiyatga ega.


Download 9,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   605   606   607   608   609   610   611   612   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish