Xalq pedagogikasidagi g’oyalar – yosh avlodni aqliy va jismoniy jihatdan yetuk, ma’rifatli, bilim va hunarni egallagan, odob-axloq qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan, go’zal didli va zavqli qilib yetishtirishdir.
Xalq pedagogikasini o’rganish orqali o’quvchilar milliy madaniy fazilatlar – tavoze, sadoqat, marhamat, shafqat, hayo, muruvvat, vafo, ko’rkam xulqli odamlarda mujassamlanishi, hirs, baxillik, takabburlik, adovat, ig’vo, hasad, munofiqlik, xiyonat, chaqimchilik kabi yaramas xislatlar esa, yovuz xulqli kishilarda bo’lishini bilib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |