Reja:
Boshqarish haqida umumiy tushuncha.
Maktabni boshqarishda demokratiyalashtirish.
Tayanch so’z va iboralar
Maktabni ichki rejalashtirish, gimnaziya, lisey, mahoratli o’qituvchi, zamonaviy fanlar, o’qitish vositalari, ko’rgazmali qurollar
Boshqarish haqida umumiy tushuncha.
Boshqaruv taraqqiyotning har qanday bosqichida jamiyatga xos bo’lgan ichki xususiyatdir. Bu xususiyat umumiy xarakterga ega. Boshqaruv xalq manfaatini ko’zlagan holda demokratik uslub negizida amalga oshiriladi. O’z-o’zidan ravshanki, bunday boshqaruv jarayonida inson omiliga, xususan, millat manfaati va milliy qadriyatlarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Boshqaruv mehnati insonning boshqaruv vazifalari amalga oshirish jarayoni bajariladigan harakat va jarayonlarda o’zining aniq ifodasini topadi. Boshqaruv vazifalari yordamida esa sistemaning harakatlari, rivojlanish va takomillashuvi, uning barqarorligi va hayotchanligi ta’minlanadi. Quyidagi bosh vazifalarni ajratib ko’rsatish mumkin: qarorlarning bajarilish jarayoni pedagogik tahlil qilish, rivojlantirish, tashkil etish, nazorat qilish va tartibga solib turish.
Pedagogik jarayonning samaradorligi maktab rahbarining boshqaruv vazifalarini sifatli bajarishlari, ularning faol va uyg’un hamkorligi bilan bab-barobar belgilanadi, ulardan bir-birining ahamiyatlarini pasaytirib yuborish muqarrar ravishda butun sistema birligining buzilishiga olib keladi.
Rejalashtirish ilmiy boshqarish va rahbarlarning markaziy butunligini va asosini reja va har qanday jamoa faoliyatining aniq maqsadlari hamda vazifalari va unga erishish vositalarini belgilab beradi. Rejaning axamiyati yana shundan iboratki, u pirovard natijada faqat nimaga erishish kerakligini emas, balki buni qanday uddalash, rejani bajarishning qanday rivodlanish kerakligini ko’rsatib bermasligi kerak. Rejalashtirishga faqat kelajak emas, balki o’tmish, o’tmishning tajribasi ham ta’sir qilar ekan.
Maktab ichki rejalashtirish masalalari ko’pgina pedagogik olimlarning ishlari bilan asoslanib berilgan. Rejalashtirishning mohiyati maktab xodimlarini qo’yilgan maqsadga erishish, qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan jamoa tarziga va yakka tartibdagi mehnatni vaqt jihatidan oqilona taqsimlashdan iboratdir.
Maktab rahbari rejalashtirishning tashkil etishning muntazam yondashuviga amal qilmog’i lozimdir, bu yondashuv rejalashtirishning maqsad va vazifalari, ularning tuzilishi va mazmuni, rejalashtirish metodlari va uning bajarilishini tashkil etish xususiyatlarini dialektik birligi va uzaro bog’liqligini rejalashtirishning boshka boshqaruv vazifalari bilan uzaro xarakatlarini nazarda tutadi.
Maktab rejalarining xilma-xilligini kupgina belgilariga ko’ra vaqt bo’yicha (besh yil o’quv yili, yarim yili, chorak, oy, hafta) shakliga ko’ra (yozma, grafik detali) tuzilishi birligiga ko’ra maktabning ish rejasi, o’quvchilar tashkilotlari, o’qituvchilar, sinf rahbarlari, metod birlashmalarining va ularning o’z-o’zini boshqaruv organlarining ish rejasini ta’kidlar ekanmiz, biz maktab ishini o’quv yiliga rejalashtirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarga qarab chiqish bilan chegaralanamiz va mazkur masala mohiyatini ana shu nuqtai nazardan yoritib beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |