Tarbiya qoidalari va qonuniyatlari
Tarbiya qoidalari o’qituvchi, tarbiyachilarga yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar yig’indisi hisoblanadi. Yetuk, barkamol insonni shakllantirish vazifalari va maqsadi bilan belgilanadi. Buni yanada tushunarliroq tarzda ifodalash mumkin.
Tarbiya jarayonlari o’qituvchining, o’quvchini hozirgi zamon uchun foydali fazilatlarni shakllantirishga, tarbiyaning mazmuni, shakli, metodlariga qo’yiladigan talablarni belgilab beradigan qoidalar yig’indisiga aytiladi. Tarbiya qonunlari Sharq, G’arb, Markaziy Osiyo va boshqa xalqlar faylasuflari, donishmandlari fikrlari hamda milliy pedagogikada erishgan yutuqlariga asoslangan. Tarbiyaning har bir qoidasi mustaqil bir pedagogik maqsadni nazarda tutmog’i, boshqa qoidalar bilan o’zaro aloqada yagona umumiy pedagogik maqsadni amalga oshirishga, ya’ni barkamol, yetuk insonni shakllantirishi darkor. Bu vazifani ro’yobga chiqarishda tarbiyaning xususiyatlarini hisobga olish va qonuniyatlariga rioya qilishi talab etiladi. Tarbiya jarayonida bu qoidalarga amal qilish uning samarasini oshiradi. Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga qo’yiladigan asosiy talablar tarbiya qonunlarida o’z aksini topadi.
Tarbiyaning mohiyati, mazmuni, qoidalari O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablaridan kelib chiqadi. Ana shu kadrlar sifati, mahorati, milliy va umumbashariy fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan.
Tarbiya qonunlari quyidagilardan tashkil topadi: tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning hayot bilan bog’liqligi, mehnat asosida tarbiyalash, jamoada va jamoa orqali tarbiyalash, o’quvchi shaxsini hurmat qilish va talabchanlik, o’quvchiga qo’yiladigan talablarning birligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik g’oyalarda amalga oshirioishi, tarbiyani milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tashkil qilish, tarbiyada yosh va individual xususiyatlarni hisobga olish, tarbiyada tizimlilik, izchillik va yuoshqalar.
Insonparvarlik va demokratiya qoidalari “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda “Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik demokratik xarakterda ekanligi” alohida ta’kidlangan (20 bet). O’qituvchining bilim saviyasi, ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi yetakchi omillardan biri sanaladi. Shuning uchun tarbiyani amalga oshiruvchi o’qituvchining insonparvarlik va demokratiya mohiyatini bilishi hamda shu qoida asosida kishini tarbiyalashi muhim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o’rtasida o’zaro ishonch, hamkorlix asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o’zgartirish demakdir. By tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilim uning rivojlanishiga jamoat omillarini kiritish demakdir.
O’qituvchi pedagogik faoliyatda insonparvarlik g’oyalariga rioya qilib ish tutishi darkor. O’qituvchi o’quvchiga avvalgidek, tarbiya obyekti emas, balki o’zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya’ni o’quvchiga faqat uning buyrug’ini bajaruvchi emas, balki mening o’zim bilan teng huquqli, birga ishlovchi, ishonchli, hamkorlik qiluvchi deb qarashi lozim.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligida o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhim. Shuning uchun ularga qadriyatlarning mohiyati, mazmuni va shakli bilan tanishtirib, ularda milliy ong, g’urur, o’zlikni anglash, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish kerak. Buning uchun xalqning ko’p yillik madaniy va ma’naviy me’rosini o’rganish qodasiga rioya etish katta foyda beradi. Ma’naviy me’ros xalq og’zaki ijodida, mutafakkirlar qarashlarida va xalq tajribasi kabi yo’nalishlar orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |