Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi – yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon.
Hikoya – o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqyealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.
Hisobga olish – ta’limning muayyan davrida o’quvchilar va o’qituvchi faoliyatini umumlashtirish, xulosalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |