Yakuniy nazoratda “Test”larni baholash mezoni
Yakuniy nazorat “Test” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko’p variantli usulda o’tkaziladi. Har bir variant 30 ta test savoldan iborat. Test savollari fan bo’yicha tayanch so’z va iboralar asosida tuzilgan bo’lib, fanning barcha mavzularini o’z ichiga qamrab olgan.
Har bir test savoliga belgilangan javoblar bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichi 0 yoki 1 ball baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to’plashi mumkin.
Test bo’yicha umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan test savollarining har biri uchun yozilgan javoblarga qo’yilgan o’zlashtirish ballari qo’shiladi va yig’indi talabaning yakuniy nazorat bo’yicha o’zlashtirish bali hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |