Mashg’ulot vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 20-30 nafar
|
Mashg’ulot shakli
|
Seminar-laboratoriya
|
Laborotoriya mashg’ulotning tuzilishi
|
O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati va uning me’yoriy-huquqiy hujjatlarda aks etishini o’rganish va tahlil etish.
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorligini ko’rsatib berish.
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va turlariga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.
Kichik guruhlarda ishlash: “O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining afzalligi va o’ziga xosligi shundaki...” mavzusida asoslangan esse yozish hamda taqdimot qilish.
|
Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi: talabalarning O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga doir nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda ta’lim tizimi va turlarining o’ziga xosliklari haqida aniq fikr yurita olish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish.
|
Pedagogik vazifalar:
1. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosati va uning me’yoriy-huquqiy hujjatlarda aks etishi masalasini bayon yuzasidan talabalarga zarur ko’rsatmalar berish.
2. Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlarining o’zaro aloqadorligi yoritilgan chizmani taqdim etish va talabalarni chizmaga izoh berishga yo’naltirish.
3. Talabalarga O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va turlariga doir amaliy topshiriqlarni taqdim etish va ularni bajarishga doir tushuntirish berish.
4. Talabalarning kichik guruhlardagi ishini tashkil etish va boshqarish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
1. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi asosiy me’yoriy hujjatlari – “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillarini tushuntirib beradilar.
2. Kadrlar tayyorlash Milliy modeli va uning tarkibiy qismlarining vazifalarini bayon etishadi hamda ularning bir-bir bilan bog’liqligini izohlaydilar.
3. “Ta’lim tizimi” va “ta’lim turlari” tushunchalarining alohida mazmunga egaligini farqlashadi; O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi va turlari haqida aniq ma’lumotga ega bo’ladilar.
4. O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining afzalligi va o’ziga xosliklarini qiyoslaydilar va umumiy xulosaga keladilar.
|
Ta’lim metodlari
|
Tushuntirish, suhbat, “Nima uchun?” chizmasi, “Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar” interfaol metodi, asoslangan esse.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Individual va guruhlarda ishlash.
|
O’quv vositalari
|
Uslubiy qo’llanma, proyektor, markerlar, tarqatma materiallar
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Texnik ta’minlangan, guruhlarda ishlash uchun mo’ljallangan auditoriya
|
Nazorat va baholash
|
Yozma (topshiriqlarni daftarga yozish) va og’zaki (izohlash, bayon etish va tushuntirish) nazorat; besh ballik shkala asosida baholash.
|