Abu Nasr Forobiy o’zining “Baxt - saodatga erishish yo’llari haqida” nomli asarida marsiyani xalqqa yaxshi fazilatlarni singdirish san’atidir deb ataydi. Uningcha tarbiya so’z vositasi, odatlantirish, malaka hosilqildirish orqali olib boriladi.
Al-Forobiy hamma yaxshi xususiyatlar inson tomonidan tug’ilishdan so’ng orttirilishini ta’kidlaydi. U biror bir harakatning muttasil takrorlanishini odat deb atar ekan, yaxshi xislatga ham odatlanish mumkin deb hisoblaydi. U har bir hodisa o’rtacha me’yorda bo’lgani ma’qul, deb hisoblaydi, negaki, masalan, jasurlik: yaxshi insoniy fazilatlarga mansub bo’lsa-da, me’yor saqlanmasa aqlsizlik bilan barobar bo’lishi mumkin. Saxiylik, do’stlik, xushmuomalalik va boshqa fazilatlar ham o’rtacha me’yorda bo’lishini ma’qul deb hisoblaydi. Bu fikr millatlararo muloqot madaniyatiga kirishuvchi tomonlarning axloq-odob munosabatida mo’tadil me’yorni saqlash prinsipiga asoslanadi.
Umuman millatlararo muloqot madaniyatini shakllantirishga bo’lgan e’tibor qanchalik yuksak darajada bo’lsa, jamiyatning madaniy, iqtisodiy rivojlanish ham ma’lum darajada ana shu munosabat bilan hamohang bo’ladi.
Yaxshi so’z ham sadaqa ekanligi haqida A.Navoiy yozadi:
Ne uchunkim rasul qavli bilan:
Yaxshi so’z bordir o’ylakim sadaqa.
Millatlararo muloqot madaniyati tushunchasi muammo ustida ilmiy izlanish olib brgan mualliflar tomonidan turlicha ta’riflangan. Bu tushuncha Z.T.Gasanov fikriga ko’ra (Dog’iston, 1984) turli millat vakillari orasidagi o’zaro aloqalardan iborat bo’lib, mazkur aloqalar milliy qadriyatlar sifatida ro’yobga chiqadi. Mazkur aloqalar jarayonida esa sinfiy unsurlar milliy qadriyatlardan ustun turadi, deb izohlansa, A.M.Magometov (Dog’iston, 1990) bu tushunchani insoniy odobdan boshqa narsa emas, degan fikrni bildiradi. Boshqa muallif esa (M.S.Djunusov, 1990), mazkur tushuncha o’zga millat tili, madaniyati, urf-odatini hurmat qilish hamda ularda o’zinikini andoza sifatida qabul qilishni talab etmaslikni anglatadi, deb izohlaydi. Bizning nazarimizda, millatlararo muloqot madaniuati tushunchasi muayyan millat shaxsiyatida shakllangan milliy umumbashariy qadriyatlar asosida yuzaga keluvchi insoniy fazilatlar majmuidan iborat bo’lib, o’z ko’lami jihatidan ma’naviy, madaniy odob madaniyati tushunchalaridan keng, umuman madaniyat tushunchasidan esa torroq bo’lgan integrativ tushunchadir. Boshqacha qilib aytganda, mazkur tushuncha ma’lum muloqotga kirishuvchi tomonlardagi milliy qadriyatlarga asoslanuvchi muloqotning umummadaniy tarkibiga ega bo’lgan saviyani anglatadi. Millatlararo muloqot madaniyati tushunchasi ilmiy iste’molga yaqinda kirib kelgan bo’lsada, uning ildizlari moziyga tomon singib ketgandir: u jahonda yashayotgan har bir xalq, millat va elatning milliy pedagogikasi, adabiyoti, tarixi va san’atidan hamda mazkur qadriyatlar zaminida yuzaga keluvchi umumjahon madaniyatidan oziqlanadi. Mazkur uch buloq jumhuriyatimizda milliy qadriyatlarimizning tiklanishi va takomillashivuda hal etuvchi rolni o’ynaydi.
Sinov savollari
Muomala madaniyati nima?
Muomala va munosbatning farqi nimada?
Shaxslararo munosabatlarning turlari haqida gapiring.
Millatlararo muomala madaniyati nima?
Milliy tarbiya nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |