Tarbiyachi mahorati - bu ijodkorlik
Tarbiyachi bolaga ta’sir ko’rsatishda tarbiya vositalarini tanlab, qidirib uni ijodiy qo’llaydi.
Tarbiyalanuvchilarni to’g’ri tarbiyalashda tarbiyachi pedagogik vazifalarni hal etishda rasmiy bo’lmagan uslublardan foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Sinfda tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. Ma’lumki, rejalashtirish ijodiy jarayon bo’lib, boshqalarga uning shaklini tavsiya qilish to’g’ri emas. Yosh o’qituvchilar tajribali rahbaridan ilgari surilgan asosiy g’oyalarni olishi foydali. Axir ilg’or tajribani uzatish individual ijodkorlik uchun asosiy g’oyadir. Hamma ishlar bo’lsa, kengaytirilgan reja, katta bilim yoki bilimchalardan iborat bo’lmay, balki kunlik sxema tarzida bo’lsa maqsadga muvofiq; nima qilish, kim bajaradi, qanday muddatda. Rejalashtirish joriy va perspektiv shaklda olib boriladi.
Tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlash. “Tarbiyasi qiyin”lar bilan ishlash - tarbiyachi uchun eng qiyin, murakkab ish bo’lib, undan doimo o’ta diqqatli, sabr-toqatli, mahoratli, ziyraklikni va mehrli bo’lishni talab qiladi. Bu sohada V.A.Suxomlinskiyning quyidagi metodik tavsiyalarini ko’rsatish mumkin: “Insonga insonning”, “Inson haqida oila”, “Grajdanning tug’ilishi”, “Qiyin taqdirlar” va h.k.
V.A.Suxomlinskiy maslahatlariga asoslanib ish tutgan mohir pedagoglar “tarbiyasi qiyin”lar bilan ishlashda uchta yo’nalishda ish olib borichni tavsiya etadi: shaxsning maqsadga yo’nalganligi, umumiy rivojlanish darajasi, axloqiy tarbiyalanganlik darajasi.
N.Ye.Shukurovaning “Tarbiyasi qiyin” bo’lgan bolalar bilan ishlash mazmuni quyidagicha:
a) bolalar ongida qo’zg’alishni uyg’otish orqali “O’z ongini” va o’quvchilarning o’zaro hurmatini shakllantirish.
b) mehnatni ilmiy asosda tashkil etish - bu o’quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga eng yuqori natijaga erishishda o’qituvchining vaqtdan samarali foydalanishiga tushuniladi. Tajribasiz o’qituvchi tarbiyaviy ishni tashkil etishda uning mazmuni bilan band bo’lib, ilmiy-pedagogik asosda tashkil qilishni o’z vaqtida bajara olmaydi. Tajribali o’qituvchi unday tarbiyani olib borishda sharoiti, sinf jamoasining tarbiyalanganligini, olib borilayotgan tarbiyaning maqsadini oldindan rejalashtirib olishi zarur.
Yosh o’qituvchi, tajribani faqat tashkil etishni va uni o’tkazishni nazarda tutadi. Mohir o’qituvchi esa, uni konkret vaqtda, bir necha ta’lim-tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda reja asosida ishlab yuqori natijani qo’lga kiritadi. Pedagogik jarayonda vaqtni tejaydi, vosita va mavjud imkoniyatdan maksimal foydalanadi. Masalan: jamoa bo’lib kinofilm ko’rishni tashkil qilish va h.k.
c) tarbiya natijasini hisobga olish. Tarbiya natijasi o’quvchining xulq-atvoridagi o’zgarishlar bilan o’qishga ya’ni mehnatga bo’lgan munosabatlarida o’z ifodasini topadi. Tarbiyaviy faoliyatning samaradorligini aniqlash juda qiyin va murakkab ishdir. O’quvchilarning tarbiyalangan darajasini aniqlashda ular bilan olib borilgan tadbirlar soni bilan emas balki natijasi bilan xulosa qilish to’g’ri bo’ladi. Tarbiyaviy ishlarda baho berishning asosiy mezoni o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasidir.
O’quvchilar tarbiyalanganlik darajasini qanday sifatlar belgilaydi? Ilmiy tadqiqotchilar V.A.Yurikov, M.N.Plaxovlar quyidagilarga diqqatni qaratadi:
1. O’quvchining o’qishga, o’quv mashg’ulotiga qiziqish va ilmga intilish darajasi va hokazo.
2. O’quvchining mehnat faoliyatiga, mehnat topshiriqlarini sifatli qilib bajarishni foydali mehnatda qatnashishi va hokazo.
3. O’quvchining bir-biriga, o’rtog’iga, o’zaro hamkorligi, sinf jamoasiga, do’stlariga, maktabda o’qituvchilarga munosabatlariga va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |