mazmuni
1- guruh
|
1-diagramma
|
|
2-diagramma
|
|
3-diagramma
|
|
2-guruh
|
1-diagramma
|
|
2-diagramma
|
|
3-diagramma
|
|
3-guruh
|
1-diagramma
|
|
2-diagramma
|
|
3-diagramma
|
|
4-guruh
|
1-diagramma
|
|
2-diagramma
|
|
3-diagramma
|
|
2. “Slayd” texnologiyasi talabalarda mavzu yuzasidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlarini kompyuter vositasida namoyish eta olish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Mazkur texnologiya, shuningdek, talabalarni ijodiy fikrlashga undaydi. Slaydlarni yaratish uchun talabalar mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy g’oya va tushunchalarni ajrata bilish, ular o’rtasida o’zaro mantiqiy bog’liqlikni yuzaga keltirish layoqatlariga ega bo’lishlari lozim. Mashg’ulot jarayonida texnologiyani qo’llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) o’qituvchi tomonidan topshiriq uchun mavzu, masala yoki muammo tanlanadi; 2) talabalarga bu hiqida ma’lumot beriladi; 3) talabalar berilgan topshiriq bo’yicha o’zlari o’zlashtirgan nazariy bilimlarni muayyan tartibda tizimlashtiradilar, asosiy g’oya va tushunchalarni belgilab oladilar; 4) belgilab olingan asosiy g’oya va tushunchalarning mazmuni, ma’nosini sharhlaydilar; 5) mazkur sharhlar kompyuterda “Power Point” dasturi bo’yicha alohida slaydlarda aks ettiriladi; 6) tayyorlangan slaydlar namoyish etiladi; 7) talabalar tomonidan individual ravishda yoki guruh (juftlik) asosida tayyorlangan slaydlar muhokama qilinadi; 8) yakuniy xulosaga kelinadi; 9) talabalarning faoliyati o’qituvchi tomonidan baholanadi.
Ushbu texnologiya asosida ishlashlari uchun talabalarga namuna sifatida quyidagi ishlanma taqdim etiladi:
3. “Ajurli arra” (fransuzcha “ajour” – “bir yoqdan ikkinchi yoqqa o’tgan, ikki tomoni ochiq”) metodi talabalarga yaxlit muayyan mavzu yoki masalani bir nechta qismlarga ajratish orqali uning mohiyatini yoritish imkonini beradi. Talabalar tayyor matnlar bilan ishlaydilar. Metodni mashg’ulot jarayonida qo’llash quyidagi tahlitda amalga oshiriladi: 1) o’qituvchi talabalarni metod mohiyati bilan tanishtiradi; 2) talabalarni guruhlarga ajratadi; 3) talabalarga havola etiladigan materiallar matni bir nechta qismlarga ajratilgan holda qirqiladi; 4) matnli materiallar joylashtirilgan paket guruhlarga tarqatiladi; 5) guruhlar matnli materiallardan foydalanib, topshiriqni bajaradilar; 6) topshiriq bajarib bo’lingach, turlari guruhlardan matnni yaxshi o’zlashtirgan talabalar ajratib olinib, ulardan iborat ekspertlar guruhi shakllantiriladi; 7) ekspert guruhi a’zolari o’zlari o’zlashtirgan material mazmunini boshqalarga yetkazish rejasini tuzadilar; 8) ekspertlar guruhi a’zolari o’zlari o’zlashtirgan material mazmunini boshqa guruhlarga ham o’rgatadilar.
Metodni qo’llashda talabalarning mavzuni puxta o’zlashtirganliklari, o’zlari ega bo’lgan bilimlarni boshqalarga yetkazib berish layoqatiga ega bo’lishlari muhim sanaladi.
“Ajurli arra” metodining texnologik modeli quyidagichadir:
Do'stlaringiz bilan baham: |