Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti



Download 9,98 Mb.
bet596/837
Sana29.12.2021
Hajmi9,98 Mb.
#79171
1   ...   592   593   594   595   596   597   598   599   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2018

Ikkinchi bosqich. By bosqichda o’qituvchilarning aktiv bilan ish olib borishi, ularni jipslashtira olishi, ularni ishlashga, jamoa ishining tashkilotchilari bo’lishga o’rgatish bilan xarakterlanadi. Buning uchun tez - tez aktiv yig’ilishlarini o’tkazib turish, ayrim muhim masalalar yuzasidan seminarlar o’tkazish va aktivlar ichidan rahbarlik ishlariga ba’zi o’quvchilarni ajratish zarur, aktivistlar oldiga doimiy suratda ish va intizomga doir darajadagi talablar qo’yib borish zarur, boshqalarga nisbatan ulardan ko’proq talab qilish kerak.

Pedagog aktivlar e’tiborni ularning jamoa organlari bilan ish olib borishlariga qaratishi lozim. Boshlang’ich jamoalar har bir shaxsga ta’sir o’tkazuvchi sifatida mustahkamlangan taqdirdagina, aktiv jamoalar barcha a’zolari bilan muvaffaqiyatli ish olib bora oladi. Bu bosqichda o’qituvchining asosiy vazifasi aktivni jamoa organlari bilan ishlashga o’rgantish, boshlang’ich jamoalarni mustahkamlashdan iborat bo’ladi.



Uchinchi bosqich. Jamoa hayotining yuksalishi, jamoa munosabatlarining tarkib topishi, jamoaning shaxsga ta’sir kursatish davri bo’ladi. Bu bosqichda o’quvchilar jamoa bo’lib turli xil jamoatchilik faoliyatlari ta’sirida kuchayadi. Uchinchi bosqichda o’qituvchi va aktivlarning talablarini ko’pchilik o’quvchilar quvvatlaydilar. O’qituvchi talablari oldingi bosqichlardagidek bo’ladi O’qituvchi shaxsga boshlang’ich jamoa orqali ta’sir ko’rsatadi. Bu xilda ta’sir ko’rsatish natijasida ham shaxs, ham jamoa tarbiyalanadi. Bunday metodni A.S.Makarenko parallel ta’sir ko’rsatish deb atagan.

Har bir shaxsga alohida - alohida qo’yilgan talab o’qituvchining o’quvchilarga qo’yadigan umumiy talablaridan ham sezilarliroq, ta’sirliroq bo’ladi.



'Go’rtinchi bosqich uchinchi bosqichning davomi hisoblanadi. Bu bosqichda pedagogik vazifalar murakkablashadi. Jamoaning alohida shaxsga ta’sir kursatish doirasi ancha kengayadi. Bu bosqichda jamoa muhokamasiga barcha masalalarni, jumladan intizom, o’zlashtirish turmush masalalarini qo’yish mumkin.

Bolalar jamoaini taraqqiy ettirishning bu yuksak bosqichida butun jamoa ayrim - ayrim shaxsga talablar qo’yadi. Bunda o’quvchilarning o’zlariga qo’yadigan talablari boshqalarga qo’yadigan talablariga nisbatan yuqori bo’ladi. Jamoa va shaxs faqat tarbiya subyektigina bo’lib qolmasdan, shu bilan birga tarbiya obyekti ham hisoblanadi. By bosqichlar jarayoni bilan jamoani taraqqiy ettirish va jamoa a’zolariga tarbiya berish tugamaydi.

Jamoaning bosqichlari bilan taraqqiy ettirilishi juda murakkab, ziddiyatli chinakam dialektik prosessdir. Jamoadagi ayrim shaxslar jamoa taraqqiyotidai o’tib ketishi yoki undan orqada qolishi mumkin. Jamoani taraqqiy ettirishnnng bu bosqichlari o’rtasiga chegara qo’yish, ajratish mumkin emas. Jamoani taraqqiy ettirishda o’qituvchining roli juda katta. U jamoa taraqqiyoti qonunlarini yaxshi bilsa, uning harakatini tezlashtirishi, bilmasa uni susaytirishi mumkin. Jamoani taraqqiy ettirishning har bir bosqichi o’zining boshqa bosqichlaridan farq qiladigan xususiyatlariga ega. Masalan: Jamoani taraqqiy kildirishning ikkinchi bosqichida o’qituvchining asosiy vazifasi aktiv bilan ishlash bo’lsa, undan keyingi bosqichlarda esa o’qituvchi “o’rtacha” o’quydigan o’quvchilarni aktiv o’quvchilar qatoriga o’tkazish uchun ular bilan ko’p ish olib boradi. Taraqqiyot bosqichlarining har birida o’qituvchi shu bosqichga mos bo’lgan ish metodikasini qo’llashi kerak bo’ladi. Masalan: u birinchi bosqichda jamoani bevosita boshqrib boradi, keyingi bosqichlarda esa aktiv va o’z - o’zini boshqarish orqali ta’sir qiladi.

A.S.Maxarenxo "Pedagogik tajribalarimdan ba’zi bir xulosalar" degan maqolasida: "Tarbiyaning vazifasi kishilarni jamoa qilib tarbiyalashdan iboratdir", - deydi.

Faoliyat o’z - o’zidan jamoani rivojlantirishda yetakchi darajada tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lmaydi, buning uchun unga sobitqadam rahbarlik kerak. Jamoa faoliyatini tahlil etishda bolalarning yosh xususiyatlarini va jamoaning rivojlanish darajasini hisobga olish lozim. Har qanday faoliyat ham uyushgan jamoani vujudga keltirishda kutilgan natijalarni bermaydi. Avvalo, faoliyat maqsdlari barcha o’quvchilarga tushunarli va qiziqarli bo’lishi kerak. Quyi sinf o’quvchilariga faoliyat maqsadlarini o’qituvchilar tushuntirishlari zarur.

Ijtimoiy foydali ahamiyatga ega bo’lgan natijalar beradigan faoliyat bolalar jamoaini rivojlantirishga eng ko’p darajada o’rdam beradi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari kutubxonada kitoblarni ta’mirlash va maktab uchastkasida ekinlarni parvarish qilishga qiziqadilar va ularda bajonidil qatnashadilar. Hozirgi maktabda o’quvchilar ta’lim jarayonida jamoa faoliyatini tashkil etish uchun jamoaning frontal ishidan, o’quvchilarning guruhlar bo’yicha ishlaridan foydalanadilar. Darsda jamoa faoliyatining umumiy maqsadini qo’yadi va bilish jarayonini bir o’quvchining ishtirokiga bog’liq bo’ladigan qilib ko’radi.

O’yin bolalar jamoaini jipslashtiradigan va rivojlantiradigan faoliyat turlaridan biridir. Bolalar o’yiniga razm solinsa, ularning o’yinlari kattalar dunyosi qanday aks etishini, ular o’yinida ko’rish mumkin. Boshlang’ich sinflarda bolalar jamoaini vujudga keltirishida o’ziga xos formasida bo’lgan – rollarga bo’lib o’ynaladigan yoki ijodiy o’yinlarga alohida o’rin ajratiladi. Masalan: “Kosmik sayohat qiladilar”, “Yangi shahar quradiliar”.

O’yin faoliyatining qimmati shundaki, o’yin jarayonida o’quvchilar ko’pincha turli qiyinchiliklarni yengadilar, o’z hatti-harakatlarini boshqarishni o’rganadilar. O’yin faoliyati bolalarning tengdoshlari jamoaidagi, hayot maktabi, mehnat maktabi va muomala maktabidir.

O’yin jamoaizm tuyg’usini mustahkamlashga yordam beradi, tashabbus va mustaqillikni rivojlantiradi, o’quvchilar jamoa hayotini tashkil etishning, jamoachilik fazilatlarini shakllantirishning ajoyib shakli bo’ladi.

Perspektiv istiqbolli sistemasini yaratish o’quvchilar jamoaini shakllantirish yo’llaridan biridir. Jamoani an’anadek mustahkamlaydigan hyech narsa yo’q, degan A.S.Makarenko.

Jamoaning o’quvchi shaxsiga ta’siri avvalo, faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. Jamoa maktab o’quvchisiga faoliyatning muayyan turida o’z o’rnini topib olishga ko’maklashadi, har bir o’quvchiga o’z kuchini sarflaydigan sohani topish imkonini beradi. Jamoani tarbiyalashning ahamiyati shundan iborat bo’ladiki, u jamoaning mazmunli hayotini tashkil etish yordamida har bir o’quvchi qobiliyati va iste’dodini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratadi.

Kolllektivning shaxsga mnosabati jamoatchilik fikri yordamida ham amalga oshiriladi. Jamoatchilik fikrining o’zi asta-sekin shakllanadi. Maktabning boshlang’ich sinflaridanoq o’qituvchilar o’quvchilarni o’z faoliyatlarini tahlil qilishga, jamoadagi o’rtoqlari xulq-atvoriga baho berishga jalb etadilar, bolalarni topshiriqlarni qanday bajarilganligini baholashga o’rgatadilar. Sinfda vujudga keltiriladigan sog’lom jamoatchilik fikri o’quvchilar jamoada ayrim bolalarga yoki o’quvchilarning butun-butun guruhlarda ta’sir ko’rsatishga yordam beradi. Jamoatchilik fikri yordamida bolalar ijtimoiy munosabatlarning butun tizimini egallaydilar, o’z xulq-atvorini boshqarishga o’rganadilar.

Jamoaning shaxsga ta’sir ko’rsatish shakllari xilma-xildir: o’quvchilar yig’ilishlari ham, devoriy gazeta, o’zaro munosabat va boshqalar ham shular jumlasiga kiradi. O’quvchi shaxsi doimo o’zgarib va takomillashib boradi, shu sababli shaxsga ta’sir usullari doimiy bo’lishi mumkin emas, ular o’zgarib turadi.

Jamoani vujudga keltirish uzoq davom etadigan jarayonidir. "...Jamoa hamda shaxsning ma’naviy dunyosi o’zaro ta’sir tufayli shakllanadi. Inson qollektivdan juda ko’p narsa oladi, lekin uni tashkil etuvchi kishilarning ko’p qirrali, manaviy boy dunyosi bo’lmas ekan, jamoa ham yo’qdir". Suxomlinskiy.

...O’quv mehnati manfaatlari o’quvchilarning yagona manfaatlari bo’lib qolmasligi kerak. Bolalarni qurshab olgan hamma narsa ularni jinslashtira olishi kerak. Faqat o’qish faoliyati asosida jamoaizmni tarbiyalamoqchi bo’lgan o’qituvchilar, shubhasiz muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar, - degan Suxomlinskiy .

"Har bir inson o’z tabiati bilan shunday yaratilganki, u yashash va oliy darajadagi yetukllikka erishmoq uchun ko’p narsalarga muhtoj bo’ladi u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi. Ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj sezadi", - deb ta’kidlagan A.N.Farobiy.



Download 9,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   592   593   594   595   596   597   598   599   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish