Tayanch so’z va iboralar
O’quvchilar jamoasi, ijtimoiy maqsad, faoliyat, organ, boshqaruv, Markaziy Osiyoda, rasmiy, norasmiy, mas’uliyat, an’ana, istiqbol, rivojlanish bosqichlari, parallel ta’sir ko’rsatish, rivojlanish darajasi, hamkorlik, o’zaro o’rdam, o’yin, aktivlar, jamoaning shaxsga ta’siri va h.k.
"O’z tabiatiga ko’ra har bir inson shunday tuzilganki, u o’zining yashashi va oliy kamolotga erishishi uchun ko’p buyumlarga muhtoj bo’lib, bu buyumlarni u yolg’iz o’zi yetkazib beraolmaydi va ularga erishish uchun inson kishilarning qandaydir hamjamiyat bo’lishga muhtojki, har biri alohida tarzda unga muhtojlik sezib turgan bu kishilarning har biri narsalarning jamidan biron - bir buyumni yetkazib beradi", -deb ta’kidlagan A.N.Forobiy.
"Agar sizlar tarqoq holda bo’lsalaringizda, dushmanlaringiz" xuddi xovuzga tushgandek qon daryolaringizda suzadilar". Ittifoqlikda gap ko’p. Agar fikrlaringiz itfoqqa kelib, orzu - havasingiz bir bo’lsa, - deb ta’kidlagan edi A.Temur bobomiz - farzandlaringiz ulg’ayib, dushmanlaringiz mag’lub bo’ladilar", - deb ta’lim bergan.
A.N.Forobiy ham, shahar turmush tarzini jamoaning yetuklik shakli sifatida talqin qiladi. Uning fikricha, har bir kishi o’z tarbiyatiga ko’ra oliy darjadagi yetuklikka erishishi uchun faqat shahar jamoasi orqaligina erishiladi. Ungacha madaniy jamiyat va madaniy shahap (yoki mamkakat) shunday bo’ladiki, bu mamlakatda har bir odam kasb - hunarda ozod, hamma baravardir, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb - hunari bilan shug’ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod yashaydilar.
Insonning yaratuvchanligi ikki xil:
Moddiy madaniyat moddiy faoliyatniig barcha sohalari - mehnat qurollari, turar - joy, kundalik turmush buyumlari, kiyim - kechak. transport, aloqa vositalarini o’z ichiga oladi.
Ma’naviy - madaniyatga aqlan va ma’nan yaratuvchanlik sohalari - bilim, axloq, ta’lim - tarbiya, xuquq, falsafa, nafosat, fan, san’at, adabiyot, folklor, din va hokazolar kiradi.
A.Ibroximov. "Vatan tuyg’usi". 1996 yil, 115- bet.
Forobiy bir - biriga o’zaro yordam ko’rsatish va insoniy burchni bajarish kishilarni saxovatli qiladi, inson boshqalar yordamida ular bilan qo’shnichilik aloqalarini rivojlantirgan taqdirdagina kamolotga erishishi mumkin deb ta’kidlar ekan, kishilarning birlashishini, ularning o’zaro yordami va hamkorligi - bu hayotning vositasi, kamolot va saxovatga erishish esa bu xayotning maqsadi deb yer yuzidagi barcha kishilarning tinch - totuv va inoq oilada yashashini orzu qilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |