Buni yodlab oling!
Dostonning uch nusxa qo’lyozmasi Turkiyada saqlanadi. Dostonning Istambul nusxasi 508 masradan, XI bobdan iborat.
-
Birinchi bobi:
|
Yagona Alloh Taologa bag’ishlanadi
|
Ikkinchi bobi:
|
Payg’ambarlarga Rasullo h (SAV)ga
|
Uchinchi bobi:
|
Beklarga amiri – ulamolarga
|
To’rtinchi bobi:
|
Asarning yozilishi sabablariga
|
Beshinchi bobi:
|
Ilmning afzallik tomonlari va uni mad h etishga bag’ishlanadi.
|
Oltinchi bobi:
|
Til odobiga bag’ishlaydi.
|
Yettinchi bobi:
|
Foniy dunyo masalalariga bag’ishlanadi.
|
Sakkizinchi bobi:
|
Saxovat hamda baxillik sifatlariga to’xtaladi.
|
To’qqizinchi bobi:
|
Zakovat, aql idrokka e’tibor qaratadi.
|
O’ninchi bobi:
|
Ijtimoiy masalalarda hayot saboqlari beriladi.
|
O’n birinchi bobi:
|
Kitob xotimasiga bag’ishlanadi.
|
Yodda tuting!
Ahmad Yugnakiy o’z davrida zabardast ilm nurini tarqatuvchi mudarris bo’lgan. Uning tilga tushgan kitobi ta’limiy – tarbiyaviy asar bo’lib hatto buni «Nasi hatnoma» ham desa bo’ladi (A.Irisov).
A hmad Yugnakiyning ma’naviy-axloqiy hikmatlari:
Har bir inson chin inson, pok musurmon bo’lishi, haq yo’lga kirishi, yomon – yaramas, achchiq, yolg’on so’zlardan saqlanishi uchun tilini tiyishi kerak.
Ilmli kishi kerakli so’zni gapiradi, keraksiz so’zni, yashirib qo’yadi. Ilmsiz nodon tushunmasdan og’ziga kelgan gapni so’zlay beradi, unday nodonning tili o’z boshini yeydi.
Sahovatlilik (ahillik) eng yaxshi insoniy fazilatdir.
Boylik orttirishga ortiqcha berilmasdan, yemoq–ichmoqqa, kiyinishga yetarli bo’lgan boylikka qanoat qil.
Saxiylik insonning yetuklik, kamolot, ulug’ martaba va go’zallik baxsh etadi.
Sen odamlar orasida obro’-e’tibor orttirishni, sevilishni istasang, saxiylik qil, saxiylik seni sevikli qiladi.
Orttirgan mol – dunyoni saxovat yo’liga sarf et!
Takabburlikni boshdan oshirib tashla, tavoze’ qilishni yashirin tut, tavoze’ qilish uchun tezlikda harakat qil.
Mehribonlilik, shafqatlilik, rahmdillilik Ollohga xos fazilat bo’lib, barcha insonlarni ana shu xislat tark etmasin.
Sir saqlashni o’rgan. Sening o’zingda siring yashirinib turmasa, siringni oshkor etuvchi do’stingdan saqlan.
Xulosa
Ma’lumki, insoniyat ma’naviy-madaniy hayotida yoshlarda ezgulik tuyg’usini komillikka xos xislatlarni tarbiyalash masalasi mu him o’rinda turadi. Ahmad Yugnakiyning ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari XII-XIII asrdayoq turkiy xalqlarning e’tiboriga tushgan, didaktik xususiyat kasb etgan yirik pedagogik asardir. Bu asarda «Har bir yosh» egallashi zarur bo’lgan ilm ma’rifat, til – odobi, axloq-odob, masalalari ifodalanadi. Ahmad Yugnakiy o’z davrining donishmandi, axloqshunos olimi sifatida shuhrat qozongan. Bugungi yoshlarga «Hibat-ul-haqoyiq» asaridagi g’oyalar ma’naviy ozuqa bo’lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |