«Umumiy pedagogika»
fanining
2018-2019 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan
S ILLABUSI
Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
Samarqand Davlat Universuteti
|
Spitamrnshoh ko’chasi 166
|
Kafedra:
|
Maktabgacha ta’lim pedagogika psixologiya
|
|
Ta’lim sohasi va yo‘nalishi:
|
Umumiy pedagogika
|
5110800 - tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, 5111100 - musiqa ta’limi.
|
Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:
|
Raximov Asomiddin
|
e-mail:
|
asomiddin-raximov@mail.ru
|
Darsvaqtivajoyi:
|
Fakultet binosi
|
Kursning davomiyligi:
|
05.09.2018-01.07.2019
|
Individual grafik asosida ishlash vaqti:
|
Dushanba, chorshanba va juma kunlari 15.00 dan 17.00 gacha
2/4 xonada
|
Kirish.
“Pedagogika nazariyasi”dan talabalar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga doir zamonaviy pedagogik bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarning zarur hajmini, o’qituvchi shaxsda namoyon bo’lishi zarur bo’lgan umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari lozim. Shuningdek, talabalar oliy ta’lim tizimida bo’lajak o’qituvchilar sifatida ta’lim oluvchilarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarini, uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarining o’ziga xos jihatlarini anglay olishlari, shunga muvofiq kasbiy faoliyatni yo’lga qo’yish layoqatini o’zlashtirishlari lozim. Bakalavrlar – bo’lg’usi o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta’lim va ishlab chiqarish (maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari amaliyoti) integrasiyasi, umumiy hamda mutaxassislik fanlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg’or g’oyalari uyg’unligi, zamonaviy ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so’nggi yangiliklariga tayangan holda ta’minlanadi.
“Pedagogika tarixi” talabalarni milliy pedagogik meros, turli tarixiy davrlarda shakllangan yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga bo’lgan yondashuvlar mazmuni, jahon ta’limi tajribasi bilan tanishtirish asosida ularning umumpedagogik bilimlarini boyitadi. Talabalar milliy pedagogik meros namunalari bilan tanishish jarayonida ta’lim va tarbiya g’oyalarining shakllanishi muayyan davrda yuzaga kelgan ijtimoiy zaruriyat, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotiga bevosita bog’liq ekanligini anglab etadilar. Shu bilan birga ushbu fan talabalarda asrlar davomida shakllangan ta’limiy va tarbiyaviy qadriyatlarga nisbatan chuqur hurmatni qaror toptirish, an’anaviy va zamonaviy pedagogik ta’limotlarni qiyosiy o’rganish, yosh avlod tarbiyasida barcha davrlar uchun birdek amaliy qiymatga ega pedagogik g’oyalardan foydalanish ko’nikma-malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
“Pedagogik mahorat” fanidan talabalar ta’lim jarayonida ijodiy psixologik muhitni hosil qilish, o’quvchilar bilan o’zaro hamkorlikni qaror toptirish, muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish orqali yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga doir zamonaviy pedagogik bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarning zarur hajmini, o’qituvchi shaxsda namoyon bo’lishi zarur. Shuningdek, talabalar oliy ta’lim tizimida bo’lajak o’qituvchilar sifatida ta’lim oluvchilarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarini, uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarining o’ziga xos jihatlarini anglay olishlari, shunga muvofiq kasbiy faoliyat yuksak mahorat bilan tashkil etish qobiliyatini o’zlashtirishlari lozim. Bakalavrlarning kasbiy tayyorgarligi, ularning malakali, mahoratli o’qituvchilar sifatida shakllanishlari milliy va jahon pedagogikasining eng ilg’or g’oyalari uyg’unligi, zamonaviy ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so’nggi yangiliklariga tayangan holda ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |