Ma’lumki, psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va miyaning mahsulidir. Psixika borliqning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati, his-tuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o‘z ifodasini topadi.Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi, tashqi dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |