MAVZU: Bilish jarayonlari Reja: 1.Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi. 2. Bilish jarayonlarida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari. 3.Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari. 4.Xotira psixodiagnostikasi. Tayanch tushunchalar: Bilish - psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va o`zlashtirishni ta`minlaydi, bilishga qiziqish – aqliy intellektual hislar mahsuli, bu odamning tevarak - atrofdagi olamni bilish ehtiyoji tariqasida namoyon bo`ladi. Diqqat - ongimizning muayyan ob`ektga yo`naltirilishi va unda to`planishidan iborat psixik holat. D. ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi. Diqqatning barqarorligi – diqqatning ma`lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati. Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o`zida diqqatning bir qancha ob`ektga qaratilishi imkoniyati. Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha ob`ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati. Shaxsni psixologik o‘rganishda eksperimental metodikalar majmui qo‘llaniladi (S.Ya.Rubinshteyn (1970); B.V.Zeygarnik (1976); V.M.Bleyxer (1976); E.T.Sokolova (1980); L.F.Burlachuk, S.M.Morozov (1989). Lekin bolalar taraqqiyotini psixologik diagnostika qilish metodlariga bag‘ishlangan amaliy tavsiyalar juda kam. (I.A.Sikorskiy, 1901; E.Klapared 1911; K.N.Kornilov, 1921; I.V.Kruk, 1983; A.S.Spivakovskaya, 1988). Pedagogika universitetlari va institutlari talabalari uchun pedagogik faoliyat amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lgan aniq psixologik metodlarni beradigan o‘quv qo‘llanmalar yo‘q. Ilk bolalik davrining psixodiagnostikasi turli yosh davrlarida bola rivojlanishini baholash imkonini beradigan uning psixik taraqqiyot me'yorlariga mos yoki mos emasligini aniqlash, mavjud me'yordan chetga chiqishlarini aniqlash, uni tuzatishning individual choralarini rejalashtirish va oldini olish bo‘yicha vositalar va metodlar majmuidan iborat. Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan, chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensomotor harakatlarni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi: boshini ushlab turishi, predmetlarni ushlashi, o‘tirishi, qayrilib qarashi, predmetning orqasidan ko‘z bilan qarashi va boshqalar. (A.Anastazi, 1982). 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakatlarni og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Qalam va qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. Sensomotor ta'sirlanish va diqqatni o‘rganish uchun metodikalar Insonning sensomotor sohasi asosiy nerv jarayonlari harakatchanligi tipini, ixtiyoriy diqqat darajasini, ishga qobiliyatlilik sur'atini xarakterlaydi. Ma'lumki, bola hayotining dastlabki yillarida jismoniy va ruhiy sifatlarining rivojlanishida sensomotor faollik bosh miya faoliyatida shartli reflektor aloqalarning mustahkamlanishiga imkon beradi (Ya.P.Frumkin, S.M.Livshits, 1979). Ular shu bilan birga temperament, iroda, hissiyot xususiyatlarining hamda bilish psixik jarayonlarining rivojlanishiga yordam beradi (E.A.Golubeva, 1980; E.B.AYurova, 1986). SEGEN DOSKASI Bu metodika oligofrenopedagogika asoschilaridan biri E.Segen tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, bolaning shakllarni farqlash qobiliyatini aniqlashga, motorika xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan (N.A.Shivarev, 1970). Qattiq qog‘oz kartonga 1-rasmdagi figuralar chiziladi. 1-rasm. Segen doskasi Keyin ular ehtiyotkorlik bilan qirqib olinadi. Har bir variant bir-biridan murakkabligi bilan ajralib turadi: 1 - doskada 10 ta har xil butun figuralar bor; 2 - doskada 2 ta figura bo‘lib, ularning har biri ikki qismdan iborat; 3 - doskada har biri ikki va uch qismdan iborat 4 ta figura; 4 - doskada ikki qismdan iborat 5 figura. Bolaga 10 soniya davomida doska ko‘rsatiladi. Keyin doskadagi figuralar stol ustiga tushadigan qilib ag‘dariladi. Eksperimentator ularni aralashtirib, har bir figurani o‘z joyiga qo‘yishni so‘raydi. Tajriba boshida eksperimentator 2-3 namunani ko‘rsatib berishi mumkin. Keyin bolaning o‘zi topshiriqni qanday bajarayotganini diqqat bilan kuzatadi. Bunda bola «sinash va xato qilish» kabi harakatlar qiladimi, figuralarni joyiga qo‘yishda bola qanchalik diqqat-e'tiborli, buni u qanchalik o‘rganadi, tadqiqotchi shu kabilarga e'tibor berib, kuzatishi kerak. Birinchi topshiriqni bajargandan so‘ng, keyingi qiyinroq topshiriqqa o‘tiladi. Sinaluvchining har bir topshiriqni bajarish vaqti, uning qilgan harakatlari maxsus qog‘ozga yozib boriladi (3-jadval).Sinaluvchi topshiriqlarni o‘zi bajara olmasa, 1 daqiqadan so‘ng unga yordamlashish mumkin. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |