Sezgi turlari va uning xususiyatlari.
Sezgilarning hosil bo`lishi uchun faqat tashqi qo`zg`atuvchining ta`siri emas, balki organizmning o`zi ham faoliyatda bo`lishi kerak. Sezgi retseptorga ta`sir qilib turgan qo`zg`atuvchining maxsus quvvatini nerv jarayonining quvvatiga aylanishidan hosil bo`ladi. Sezgi faqat hissiy organning komponentigina emas, balki faoliyat tarkibidir. Sezgi psixik hodisa bo`lib, agar javob reaktsiya bo`lmasa yoki javob reaktsiyasi “mos” bo`lmasa hosil bo`lmaydi. Sezgi a`zolari harakat a`zolari bilan bog`liq. Bu a`zolar bajaradigan vazifa qo`lda joylashgan. Sezgi psixik hodisalar kabi reflektor tabiatga egadir. Sezgilarning fiziologik asosini qo`zg`atuvchining o`ziga adekvat bo`lgan analizatorga ta`sir natijasida yuzaga kelgan nerv jarayoni tashqil etadi. Analizator deb, I.P.Pavlov tevarak - atrof vokeligini tahlil qilish uchun organizmning murakkab suratda moslanganiga aytadi. Analizator uch qismdan iborat:1) Periferik (retseptor) - u tashqi ta`sirini nerv jarayoniga aylantiradi.
2) Analizatorning periferiya qismini markaziy qism bilan bog`lovchi afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar, o`tkazuvchi nerv yo`llariTasniflash xilma xil bo`ladi. Turli - tuman sezgini qaysi sezgi a`zolari yordami bilan hosil qilsak, ularni o`sha a`zolarga qarab quyidagi turlarga, ya`ni ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri, muskul harakat, organik sezgilarga ajratiladi. Sezgi a`zolari qaerda joylashganligiga qarab uchga tasniflanadi:
1. Ekstrotseptiv sezgilar.
2. Interotseptiv sezgilar.
3. Propriotseptiv sezgilar (oraliq)
Ekstrotseptiv sezgilar organizmning sirtida bo`ladi. Ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri sezgilari shular jumlasidandir. Bu sezgilar odamga tashqi muhitdan keladigan axborotlarni etkazadi va sezgilar qo`zg`atuvchi bilan retseptorlar o`rtasidagi masofaga qarab ikkiga bo`linadi:. Sezgilarning hosil bo`lish sezgisi va davom etish muddati. Sezgilar biror bir sezgi a`zosining qo`zg`alishidan hosil bo`ladi. Qo`zg`atuvchi reptseptorga ta`sir etishi bilanoq sezgi hosil bo`lmaydi: qo`zg`atuvchi ta`sir eta boshlagandan bir necha vaqt keyingina sezgi hosil bo`ladi. Sezgilar davom etish muddatiga qarab qisqa va uzoq muddatli sezgilarga bo`linadi. Masalan: qisqa muddatli sezgiga erga tushib ketgan qqalamning tovushi, lip etib chaq nagan uchqunni sezish. Kunduzgi yorug`likni sezish, zavoddan yangrayotgan gudok ovozini eshitish uzoq muddatli sezgilardir. Sezgilar o`zlariga adekvat (mos) bo`lgan qo`zg`atuvchilarning aks ettirish shakllaridan iborat. Sezgilarning umumiy xususiyatlariga sifati, jadalligi, davomati va fazoviy joylanishi kiradi. Sezgilarning asosiy xususiyatlari sifat bo`lib, uni boshqa sezgi turlaridan ajratadi. Masalan: eshitish sezgilari tovushning balandligi, qattiqligi bilan, ko`rish sezgilari ranglarning quyuqligi, toni bilan farqlanadi. Bilinar - bilinmas sezgi hosil qiluvchi qo`zg`atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi chegarasi deyiladi. Sezgilarning quyi chegarasi analizatorning absolyut sezgirligi darajasini aniqlaydi. Masalan: 1 gramm qandni bir piyola choydagi mazasi uncha sezilmaydi, 0,1 sm qog`ozni qo`lni kaftiga qo`yilsa uning og`irligi sezilmaydi. Sezgi chegarasining me`yori qanchalik kichik bo`lsa, mazkur analizatorning sezgirligi shunchalik yuksak bo`ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |