Shaxsni o’rganish metodlari Xarakter haqida tushuncha
Xarakter – (yunoncha chaktir belgi, nishon, xislat) – xarakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofidagi voqealikka va o’z - o’ziga bo’lgan munosabatda ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti - harakatlarni belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiyatlar yig’indisidir.2. Xarakterologiya – xarakter haqidagi, xarakterning mohiyati, strukturasi, tarkib topishi va rivojlanishi haqidagi ta’limot.3. O’jarlik – birovning iltimos, maslahat, talab va ko’rsatmalariga nisbatan asossiz ravishda qarshilik ko’rsatishdan iborat salbiy xarakter xislatlari.4. Negativizm (lotincha neqo – inkor qilaman) – atrofdagi kishilarning har qanday ta’siriga nisbatan (iltimos, talab va hakozo) o’ylamay – netmay, dalilsiz ravishda qarshilik ko’rsatishdan iborat salbiy xarakter hislati. Negativizm salbiy va aktiv bo’ladi. Shaxsning o’zgalar ta’siriga berilmay, o’z fikrida qolishni passiv negativ, o’zgalarning aytganlarining aksini aktiv negativdir. Negativizm ba’zi psixik kasalliklarning belgisi bo’lishi ham mumkin. Bunda psixik bemor o’zini tekshirtirmaydi savollarga ob’yektiv javob bermaydi.5. Xarakter aksentuatsiyasi (yunoncha chfrakter – xususiyat, belgi, lotincha accetus – urg’u) – xarakterning alohida xususiyatlarini haddan tashqari ifodalanishi (psixopatiyaga yaqin nomoyonlashuvi). Xarakter aksentuatsiyasini individual yondoshish, oilaviy psixoterapiya turini topishga yordam beradi.6. Xarakter strukturasi – odam xarakterining strukturasi turli xususiyatlarning tasodifiy yig’indisidan iborat emas. xarakterning ayrim xususiyatlari bir – biriga bog’liq, bir – biriga tobe yaxlit organizmni hosil qiladi. mana shunday yaxlit organizmi xarakter sistemasi deb ataladi.Giperkinez (yunoncha huper - haddan tashqari, boshqa tomonga, kinesis - harakat;) nerv sistemasining kasallanish tufayli ro’y beradigan haddan tashqari ixtiyorsiz gavda harakatlari. Giperkinezning asosiy sababi bosh miya osti harakat markazlarining zararlanishi, shuningdek, miya osti bilan bosh miya qobig’i o’rtasidagi normal bog’lanish va munosabatlarning buzilishi.Labillik (yunoncha labilis – beqaror, o’zgaruvchan) – nerv hujayralarining tezlik bilan qo’zg’alish holatidan tormozlanish va tormozlanishdan qo’zg’alish holatiga o’tish xususiyati.Asteniya (yunoncha astenia - holsizlik) – kishining jismoniy va psixik kuchsizligi ojizligidan iborat nuqson.Senzitivlik (lotincha sensus - hissiyot) – turli ta’sirlarga nisbatan sezgilarning tez va kuchli qo’zg’alishi.Psixoasteniya (yunoncha psycte – jon, asteneia – ojizlik, kuchsizlik) - haddan tashqari qat’iyatsizlik, o’ziga ishonmaslik, badgumonlik, ruhan ezilganlik va muttasil fikirlarga beriluvchanlik va hakozalar bilan sifatlanadigan psixopatologik holat.Shizofreniya (yunoncha schizo bo’lmoq, maydalamoq, phren aql) – aql hissiyot va irodaning pasayishidan iborat, aniq sabablari hali aniqlanmagan psixik kasallik.Epilepsiya (yunoncha epilpsia - hujum qilaman) – davriy ravishda takrorlanadigan tutqanoqlanib hushsizlanish yoki qisqa muddatli psixik buzilish; ongning qorong’ilashishi bilan xarakterlanadigan nerv – psixik kasallik.
Do'stlaringiz bilan baham: |