Psixologiya fanining maqsad va vazifalari


Sezgilar haqida umumiy tushuncha va uning nerv-fiziologik asosi



Download 46,89 Kb.
bet14/23
Sana21.07.2022
Hajmi46,89 Kb.
#834676
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
Bog'liq
Psixologiya fanining maqsad va vazifalari mavzular 23

Sezgilar haqida umumiy tushuncha va uning nerv-fiziologik asosi.

Sezgi boshqa jarayonlarga nisbatan oddiy jarayon bo`lib, bu jarayonning mohiyati moddiy qo`zg`atuvchilarning tegishli retseptorlariga ta`sir etish yo`li bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning ayrim xossalari va organizm ichki holatini aks ettirishdan iborat. Sezgilar materiyaning sezgi a`zolarimizga ta`siri natijasidir. Sezgi a`zolari axborotlarni qabul qilib, tanlab, to`plab har bir sekundda bepoyon informatsiyalar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi taqi olamning va organizm o`z ichki holatining adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo`ladi. Sezgi a`zolari taqi olamning inson ongiga olib kiradigan birdan bir yo`llaridan iboratdir. Agar odam sezgi a`zolaridan mahrum bo`lib qolsa, u paytda u atrofda nima bo`layotganini bila olmas, ovqatlanish uchun o`ziga ozuqa topa olmas edi. Mashhur rus vrachi S.P.Botkin yolgiz bitta ko`zi va qo`lining uncha katta bo`lmagan qismida tuyish sezgisidan tashqari hamma sezgilardan mahrum bo`lgan kasal haqidagi noyob bir hodisani tasvirlab bergan, bemor ko`zlarini yumgan paytda uning qo`liga hech kim tegmasa, u uxlab qolgan. Sezgilar haqidagi ta`limotga ko`ra, narsalar va ularning xususiyatlari birlamchi bo`lib, sezgilar esa materiyaning sezgi a`zolariga ta`siri natijasidir. Sezgilar olam qanday mavjud bo`lsa, o`shandayligicha aks ettiradi. Sezgilar haqiqiyligining mezoni amaliyot, sub`ektning faoliyatidir. Sezgilar bilishning asosiy manbaidir. Kontakt sezgilarda qo`zg`atuvchi bevosita retseptorga tegish kerak. Masalan: teri va ta`m bilish sezgilari. Distant sezgilar ma`lum bir masofadan turib sezgi hosil bo`ladigan sezgilardir. Masalan: ko`rish, eshitish, hid bilish. Interotseptiv sezgilarga organik sezgilar kiradi va organizm ichki holatlari haqida signal berib, oshqozon, yurak, ichak, qon tomirlari devorlaridan keluvchi qo`zg`alishlarni miyaga etkazadi. Ularning retseptor apparatlari ichki a`zolar devorlarida joylashgan. Ovkat hazm qilish, nafas olish, qon aylanish a`zolari va umuman ichki a`zolarida jarayonlar vujudga keltiradigan sezgilar shu interoretseptorlar yordami bilan bilinadi Masalan: organik sezgilar, proprioretseptorlar muskul, pay va boylanmalarda bo`ladi. Bu guruhga statik, muskul - harakat, vibratsiya sezgilari kiradi. Ko`rish sezgilariga rang, yorug`likni sezish kiradi. Ranglar xromatik, axromatik turga bo`lindi. YOrug`lik nurlari shisha prizma orqali o`tib singanda hosil bo`ladigan ranglar xromatik ranglar deyiladi. Xromatik ranglarga kamalakdagi etti xil rang kiradi. Axromatik ranglarga oq va kulrang kiradi. Nimaning aksi sariq dog`ga tushsa o`sha narsani hamma narsadan ko`ra ravshanroq ko`ramiz. Ko`rish sezgisini hosil qiladigan fizik sabab yorug`likdir. Odam ko`zi sezadigan ranglar taxminan 380 millimikrondan, 780 mm gacha o`zunlikda to`lqinlarni ta`siri bilan hosil bo`ladi. eng o`zun to`lqinlar qizil rang sezgisi hosil qiladi. eng qisqa to`lqinlar binafsha rang hosil qiladi. “SHapko`rlik” da tayoqchalar sust ishlaydi, yoki butunlay ishlamaydi. “Rang ajrata olmaslik” xromatik ranglarni seza olmaslik va farq qila olmaslikdan iborat. Ba`zi kishilar faqat axromatik kul rangni ko`radi. Bunday hodisa erkaqlarda 4%, ayollarda 0,5% uchraydi. Bo`nga sabab, ko`zning to`r pardalaridagi qolbachalar ishlamaydi. Masalan: ilon, kaltakesak, kabutar, tovuqlarning to`r pardasida faqat qolbachalar bo`ladi. eshitish sezgilarining fizik sababi havo to`lqinlarining harakati bo`lib, bu havo to`lqinlari tovush chiqaruvchi to`lqinlar tebranganda hosil bo`ladi. To`lqinlarning tekis harakatlaridan musiqaviy, notekis harakatlaridan shovqinli tovushlar hosil bo`ladi. Odamning eshitish organi bir sekundda 16 martadan 20000 martagacha tebranishlagi tovushlarni qabul eta oladi. Hid bilish sezgilari. Burun kovagining yuqori qismida joylashgan hid bilish (sezgilar) retseptorlari hid bilish e`zosi hisoblanadi. Havo bilan birga burun kovagiga to`shadigan hidli moddalar zarrachalari hid bilish analizatorlarining asosiy qismlaridir. Ta`m bilish sezgilari. Ta`m bilish retseptorlariga so`lakda va suvda eruvchi moddalarning ximiyaviy xossasi kiradi. Ta`m bilish so`rg`ichlari til yuzasida, tanglaydi, milkda va xalqumning yuqori qismiga joylashgan. Ta`m bilish sezgilari ta`m bilish retseptorlari hisoblanadi. Ta`m bilish sezgilari 4 ta sifatga ega: shirin, nordon, sho`r va achchiq.



Download 46,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish