Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi



Download 131,69 Kb.
bet31/71
Sana14.04.2022
Hajmi131,69 Kb.
#552441
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
Bog'liq
Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan

36. Sezgi turlari
Koʼrish sezgilari. Insonlar tomonidan rang va yorugʼlikni sezish koʼrish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga boʼlinadi. Psixofiziologik qonunga koʼra yorugʼlik nurlari uchburchak shisha prizma orqali oʼtib singanda hosil boʼladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak ranglar, yaʼni qizil, zargʼaldoq, sariq, yashil, havo rang, koʼk, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha koʼrinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi. Koʼrish sezgilarining organi koʼz hisoblanib, u koʼz soqqasi undan chiqib keladigan koʼruv nervlaridan tashkil topgan boʼlib, koʼz soqqasini tashqi tomirlari va toʼr pardalari oʼrab turadi. Tashqi pardaning tiniq boʼlmagan oq qismi sklera yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Toʼr parda rang va yorugʼlikni sezish uchun muhim ahamiyatga ega boʼlib, unda koʼruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Inson koʼzining toʼr pardasida 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik, yaʼni kunduzgi ranglar koʼriladi. Tayoqchalar yorugʼlikni yaxshi sezuvchan boʼlib, xira va qorongʼu paytlarda oʼz funktsiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi. Toʼr pardaning eng sezgir joyi – sariq dogʼning asosan, kolbachalar bilan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan ravshanroq koʼramiz. Obьektga tik qarash natijasida koʼz muskullari unga qaratiladi va aks ettiruvchining surʼati sariq dogʼga tushadi. Bunday tarzdagi koʼrish toʼgʼri koʼrish deyiladi. Odam koʼzi ranglarning taxminan, 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi toʼlqinlarning taʼsirini sezadi. Lekin yorugʼlik toʼlqinlari ikki yoki uch elementga taʼsir qilsa-yu, ammo bu bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qoʼzgʼaluvchanligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon boʼladi.
Odamning eshitish organi bir sekundda 16 martadan 20000 martagacha tebranishli tovushlarni qabul qiladi.Hid bilish sezgilari Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun kavagining yuqori tomoni hisoblanib, bu yerda hid bilish hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan. Ular shilliq pardalarda botib turadi.Hidli moddalar sezuvchi nervni qoʼzgʼaydi. Hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb taxmin qilinadi. Hidli moddalar hid bilish hujayralariga gaz holatida taʼsir etib, kimyoviy reaktsiyalar yoʼli bilan ularni qoʼzgʼatadi. Oddiy gaz holatidagi hidli moddalar havo bilan nafas olish jarayonida burun havosiga kirib keladi, natijada aks ettirish holati hosil boʼladi.Taʼm bilish sezgilari Taʼm bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, shoʼr singari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Taʼm bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgan. Tilning shilliq pardasida maxsus taʼm bilish soʼrgʼichlari mavjud boʼlib, ularning tarkibi tayoqchasimon hujayralardan tuzilgan maxsus taʼm bilish “kurtaklari”ga ega. Taʼm bilish soʼrgʼichlari til yuzasida bir tekis taqsimlanmaganligi uchun uning orqa qismi achchiqni, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani sezadi. Lekin ularning oʼrtasi boʼlsa mazani aks ettira olmaydi. Taʼm bilish soʼrgʼichlarining hujayrali qismlarida maxsus sezuvchi nervlarning chekka uchlari joylashgan, ular taʼm bilish organidagi qoʼzgʼalishni bosh miyaga uzatib turadi, uning markazlariga yaqin joylashgan.Teri sezgilari. Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat boʼlib, ularning bunday nomlanishining bosh omili bu retseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidadir.Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega boʼlib, birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki gʼadir – budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilari deb ataladi.. Organik sezgilar. Organik sezgilarning retseptorlari ichki organlarda, qiziloʼngach, meʼda, ichak, qon tomirlari, oʼpka va shu kabilarda joylashgan boʼladi. Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar retseptorlarining qoʼzgʼatuvchi-laridir. Ularga quyidagilar kiradi;a) Ogʼriq sezgilar;b) chanqoq sezgilari;v) noxush tuygʼular;g) ochlikni sezish.



Download 131,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish