31. Teri sezgilari va ularning xarakteristikasi
Teri sezgilari tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat boʼlib, ularning bunday nomlanishining bosh omili bu retseptorlarning tarkibi va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidadir.Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga ega boʼlib, birinchisi tegish va tarqalishini tuyish sezgilari, ikkinchisi esa silliq yoki gʼadir – budurni tuyish bilan tavsiflanadi. Odatda tana aʼzosiga narsalarning tegishini sezish tashqi qoʼzgʼatuvchi kuchayganda siqiq sezgiga aylanadi, u yanada kuchayganda ogʼriq sezgisiga aylanadi. Tuyish sezgilari organi teridagi va tashqi shilliq pardalardagi tuyish tanachalari deb nomlanuvchi tanachalardan iborat. Tanachalarning ichida va qisman tashqarisida tuyish nervining chekka tarmoqlari mavjud, ular terida va shilliq pardalarda bir tekis taqsimlangan, barmoqlarning uchlarida til uchida labda zich joylashgan, xuddi shu boisdan sezgirlik darajasi boshqalardan yuksakroqdir.Psixologiyada tuyish tanachalari va sezuvchi nervning chekka tarmoqlari zichligi ekstiziometr asbobi yordami bilan oʼlchanadi. Аsbob keriladigan ikki oyoqli sirkuldan tashkil topgan, boʼlib, uning oʼzagidagi darajalar oyoqlarning uchlari oʼrtasidagi masofani oʼlchaydi. Tuyish sezgilarining markazi bosh miya poʼstining orqadagi markaziy nuqtasida joylashgan deb taxmin qilinadi. Tuyish sezgilarining tashqi, yaʼni fizik sababi bu biron- bir narsalarning teriga bevosita tegishidir.
32. Sezgi va uning nerv fiziologik asoslari
Maʼlumki, sezgilar faqatgina tashqi taʼsirlar natijasida hosil boʼlmay, balki organizmning ichki holatida ham amalga oshiriladi. Sezgi nerv tizimining u yoki bu qoʼzgʼatuvchidan taʼsirlanuvchi reaktsiyalari tarzida hosil boʼladi va har qanday psixik hodisa kabi reflektorlik xususiyatiga egadir. Sezgilarning nerv – fiziologik asosini qoʼzgʼatuvchining oʼziga aynan oʼxshaydigan analizatorga taʼsiri natijasida hosil boʼladigan nerv jarayoni tashkil qiladi. Shuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini oʼrganishda analizator apparati tashkil etadi. Аnalizator – tashqi va ichki muhitdan keladigan taʼsirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon boʼlgan qoʼzgʼalishni psixik jarayonga, yaʼni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Аnalizator apparati 3 qismdan tashkil topgan boʼlib, ular quyidagilardan iborat:periferik (retseptor) – tashqi quvvatni nerv jarayoniga oʼtkazadigan maxsus transformator qismi;analizatorning periferik boʼlimining markaziy analizator bilan bogʼlaydigan yoʼllarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar;analizatorning periferik boʼlimlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir boʼladigan qobiq osti va qobiq boʼlimlari.Аnalizatorning qobiq boʼlimida retseptor hujayralarining asosiy qismi jamlangan oʼzak, yaʼni markaziy qism va qobiqning turli joylarida maʼlum miqdorda mavjud tarqoq hujayra qismlaridan tarkib topgan tashqi qism boʼladi. Аnalizatorning oʼzak qismida retseptordan markazga intiluvchi nervlar joylashgan boʼlib, koʼplab hujayralardan iborat. Mazkur analizatorning periferik, yaʼni tarqalib ketgan qismlari boshqa analizatorlarning oʼzaklari bilan yondosh sohalariga kiradi va alohida narsalarni izlash jarayonida butun bosh miya qobigʼining katta qismi ishtirok etishiga erishiladi. Аnalizatorning oʼzagi analiz va sintez qilish funktsiyasini bajaradi, masalan, tovushlarning balandligi.Tarqoq qismlar dagʼal analiz funktsiyalarni, masalan musiqiy ohang va tovushlarni farqlash bilan bogʼliq boʼladi. Аnalizator nerv jarayonlarining yoxud reflektor yoyining butun yoʼli manbasi va eng muhim qismini tashkil etadi. Reflektor yoyi retseptordan taʼsirotni miyaga olib boruvchi nerv yoʼllari va effektordan tarkib topgandir. Reflektor yoyi elementlarning oʼzaro munosabati murakkab organizmning tevarak–atrofdagi olamda toʼgʼri moʼljal olishning organizmning yashash sharoitlariga muvofiq tarzdagi faoliyatining negizini taʼminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |