12.Anketa va test usullarining mohiyati
Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng qollaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suxbat metodi kabi intervyu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir. Ko’pincha intervyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib Intervyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’gri keladi. Biroq bilimlarni va o’rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.
Ekspert baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng
qo’ llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar -bolalar bog’chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf raxbarlari, ishlab chiqarish-texnika bilim Yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa raxbarlari, xarbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin. Ekspert baxolarni ko’proq xususiyatlarning sifat jixatidan namoyon bo’lishlarini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suxbatlarda o’tkazilsa ancha foydaliroq bo’ladi), balki o’rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, yani u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baxolash tarzida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog’liq bo’lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish - ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.
O’z-o’zini kuzatish metodi. XVIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so’nggi yillarda yana malum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. Chunonchi, suxbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan malumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suxbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega b o’lishi mumkin. O’z-o’zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya`ni tetik kayfiyatni, achchiklanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog’liq bo’lgan sermahsul ishlarni o’rganishda ayniqsa foydali b’lishi mumkin. Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxiv metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o’tkazuvchi psixolog sinaluvchining xulqini kuzatmaydi va o’lchamaydi, balki, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o’quv yoki ijodiy faoliyatini tahlil qiladi.
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko’p hollarda u «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi.
Eksperimentator tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda o’tkazishi mumkin. Shaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya tarixi, bir shaxsning yoki ko’p odamlar hayot yo’lining o’ziga xosligi – biografik metod nomini oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |