“Psixologiya” fakulteti “Psixologiya”kafedrasi Ijtimoiy psixologiya Fanidan mustaqil ish



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana22.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#572495
  1   2   3   4
Bog'liq
IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ROSSIYVA SOBIQ ITTIFOQDA RIVOJLANISHI



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON 
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
 
“Psixologiya” fakulteti 
“Psixologiya”kafedrasi 
Ijtimoiy psixologiya 
Fanidan 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu: IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ROSSIYVA SOBIQ 
ITTIFOQDA RIVOJLANISHI 
BAJARDI:931-20 guruh talabasi talabasi D. Bosimov 
QABUL QILDI: O. Ravshanov 
Jizzax_2022 


IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ROSSIYVA SOBIQ 
ITTIFOQDA RIVOJLANISHI 
REJA: 
1. Antik davr mutafakkirlari ishlarida ijtimoiy psixologik ta’limotlarining 
rivojlanishi.
2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai.
3. Ijtimoiy psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi.
4. Ijtimoiy psixologiyaning Rusiya va Sobiq Ittifokda rivojlanishi.
5. O`zbekistonda ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o’rni va istikbollari.
ANTIK DAVR MUTAFAKKIRLARI ISHLARIDA IJTIMOIY- 
PSIXOLOGIK TA’LIMOTLARINING RIVOJLANISHI 
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar 
ekanmiz, uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog’liq tarzda 
rivojlanganligining, ilmiy jixatdan esa, falsafiy qarashlar ta’sirida bo`lib, sof 
ijtimoiy psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo`lganligining guvoxi 
bo`lishimiz mumkin.
Ijtimoiy psixologiyaning mustaqil fan bo`lib ajralishiga sabab bo`lgan 
ijtimoiy va ilmiy asoslar. Insoniyat tarixini o’rganar ekanmiz mutafakkirlar, 
olimlar, allomalar ijtimoiy psixologik xodisalar bilan juda qiziqkanliklarining 
guvoxi bo’lamiz. Lekin ular bu xodisalarni o`z davri ruxida, o`z nazariy va ijtimoiy 
qarashlari, hattoki, turli okimlar orasida tushunishga o’ringanlar. Shuning uchun 
ham Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida taraqqiyotini o’rganish uchun ijtimoiy 
psixologik muammolar yeritilgan asar yoki kashfietchining yashagan davri, uning 
siesiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini ham o’rganish lozim. Ilmiy 
manbalar Ijtimoiy psixologiyaning davlat va huquq nazariyasi, siesiy iqtisod, etika, 
falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy bogligini kursatadi. Ayniqsa, fan 
taraqqiyotiga falsafa fani o’zining sezilarli ulushini kushgan. Shuning uchun ham 
amerikalik olim G. Olport ijtimoiy psixologik goyalarning yaratilishi va 
rivojlanishi falsafa bilan, uning ko’zga ko’ringan arboblaridan hisoblangan Platon 
nomi bilan bog’liq deb yozgan edi.
Platon o’zining "Davlat" va "Qonunlar" deb atalgan dialoglarida shaxsning 
jamiyat bilan aloqalari masalasiga tuxtalib, jamiyat individga nisbatan o’zgarmas 
bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan 
fikrni ximoya qilgan. Unga qarama-karshi fikrni Aristotel bayon etib, individni 
barcha ijtimoiy o’zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi 
psixologik tizimlar bor, deb yozadi. Ya’ni, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat 
masalasi Platonda jamiyat foydasiga hal bo`lgan bo’lsa, Aristotelda bu narsa shaxs 
foydasiga yechilgan. Ulardan keyingi - yangi davr faylasuflarini - Gobbs, 
Gilvetsiy, Lokk, Russo, Gegel, Makiavelli, Shark faylasuflaridan Beruniy, 
Farobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-karshiliklarini ilmiy 
asosda sharxlashga o’rindilar, lekin xech kaysisi bu muammoni ijtimoiy psixologik 
muammo darajasiga kutara olmadi.


XIX asrning o’rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi, 
turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora usib borishi, turli halqlarning bir 
mamlakatida ikkinchisiga kuchishi-migratsiya munosabati bilan qator ijtimoiy 
fanlar rivojlanishi uchun qo’lay shart - sharoitlar paydo bo’ldi. Ayniqsa, 
tilshunoslik, antropologiya, etnografiya, arxiologiya, huquqshunoslik va boshqa 
fanlar shakllanib, rivojlandi. Masalan, ingliz olimi E. Teylor ibtidoiy jamoa 
tuzumidagi madaniyatni tulik o’rganib chikdi; amerikalik etnogrof L. Morgan 
xindular turmush tarzini tahlil qilib chikdi, fransuz olimi Levi-BrYo’l esa ibtidoiy 
odam tafakkuri xususiyatlarini o’rganar ekanlar, ular u yoki bu etnik milliy, 
guruhning psixologiyasini, ularga madaniy-maishiy muxitning ta’sirini o’rganishga 
majbur bo`lishdi. Ya’ni ular alohida individ-u yoki bu Yo’llar vaqili psixologiyasi 
ijtimoiy jarayonlar bilan nechogli bog’liq ekanligini nazariy jixatdan isbot qildilar.
Ayni shu davrda psixologiya fani ham ancha oyoqqa turgan mustaqil fanga 
aylandi. Lekin u atomistik, ya’ni alohida individ psixologiyasigina o’rganadigan 
fan bo`lib, u odamlarni o’zaro muloqoti jarayonida ularda ro’y beradigan sirli 
o’zgarishlarga e’tiborini endi-endi qaratayotgan edi. Ayniqsa, patopsixologiya, 
pedagogik psixologiya sohalariga individ bilan boshqa individlar munosabati 
masalasini chetlab utish mumkin bo’lmay qoldi.
Lekin Ijtimoiy psixologiyani ilmiy manbalari sohasida sotsiologiya fanining 
xizmatini kursatib utmay bo’lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan 
Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, masalan, jamiyatdagi ijtimoiy 
xodisalarni o’rganish uchun albatta, o’ziga xos, ayrim psixologik holatlarni 
o’rganmoq lozim, degan fikrni kat’iy turib isbot qildilar. Ular har bir ijtimoiy 
voqea da ruhiy xodisalar borligini isbot qilishga o’rindilar. Masalan, fransuz 
sotsiologi G. Tard har bir individda"Ijtimoiy fakt"boriligini, bu narsa uning miya 
doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb 
hisoblaydi. Ijtimoiy xulq-atvor modeli, uning fikricha doimo individlararo 
munosabatni o`z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga doimo taklid 
qiladi, shuning uchun ham shaxsni o’rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini 
talab qiladi. Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo’nalish paydo bo’ldi. 
Tarddan keyin L. Uord, F. Giddings va boshqalar ijtimoiylik qonunlarini jamoa 
ruhiy holati bilan uzviy ravishda o’rgana boshladilar. Ularning fikricha, ijtimoiy 
fakt - bu ijtimoiy aql, tafakkur bo`lib, u "Jamiyat psixologiyasi"eki 
sotsiologiyaning bahs mavzusidir.
Shunday qilib, yo’qorida qayd qilingan ilmiy-falsafiy ijtimoiy manbalar, 
shart-sharoitlar tufayli ijtimoiy psixologik goyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar 
sof psixologiyaga ham o’xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan 
alohida fan Ijtimoiy psixologiyaning paydo bo`lishi uchun zamin rolini uynaydi.
 
IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING UCH NAZARIY MANBAI 
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo’ldiki, 
ular xakli ravishda Ijtimoiy psixologiyani mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida 
shakllanishiga uzlarining munosib hissalarini kushdilar. Bu uch nazariyani 
birlashtirib turgan shu narsa ediki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan 
jamiyat munosabatini ilmiy asoslar bilan tushuntirishni izlanishlarni asosiy 


psixologiyasi, omma psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvorning instinktlari 
nazariyalaridir.
Halqlar psixologiyasi ijtimoiy psixologik nazariya sifatida XIX asrning 
o’rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy nazariya fikr shundan iborat 
ediki, ayrim individlardan yo’qori turadigan rux mavjud bo`lib, bu rux o’zidan 
ham yo’qori turadigan ilmiy Yaxlitlikka buysunadi. Bu iloxiy Yaxlitlik halq yoki 
millatdir. Ayrim individlar ana shu Yaxlitliklarning bo’laklari bo`lib, ular shu 
ruxga buysunadilar. Ya’ni, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi qarama-karshilik 
muammosi jamiyat foydasiga hal qilinadi. Halqlar psixologiyasining tarixiy-
mafko’raviy asosi bo`lib Gegel falsafasi va nemis romantizm xizmat qilgan, deyish 
mumkin. Chunki Gegeldagi "individdan yo’qori turuvchi rux" goyasi halqlar 
psixologiyasi jonkuyarlari tomonidan tulaligicha kabo’l qilindi.
"Halqlar psixologiyasi"iborasi birinchi marta faylasuf M. Latsarus (1824-
1903) hamda tilshunos G. Shteyntal’ (1833-1893) asarlarida ishlatildi. Ular 
birgalikda chop yotgan "Halqlar psixologiyasi to’g’risida kirish so`zi" kitobida 
shunday fikrlarni ilgari so’radilar: "Tarixni yurgizuvchi asosiy kuch - bu halq yoki 
shu" Yaxlitlikning ruxi bo`lib, bu rux san’atda, dinda, tilda, afsonalarda
an’analarda o`z aksini topadi. Individning ongi ushbu Yaxlitlikning maxsuli bo`lib, 
ularning 
yigindisi 
o`z 
navbatida halq ongini 
tashqil 
etadi. 
Halqlar 
psixologiyasining vazifasi halq ruxi moxiyatini o’rganish, halq ruhiyati qonunlarini 
ochish, halq psixologiyasiga oid bo`lgan o’ziga xos xususiyatlarning paydo 
bo`lishi va yo’qolishini tushuntirib berishdir". Usha kitobda mualliflar shaxs bilan 
jamiyat munosabati xususida quyidagi muloxazalarni bayon etadilar: odam o`z 
moxiyati jixatidan ijtimoiy mavjudot bo`lib, u jamiyat hayoti bilan uzviy bog’liq, 
chunki u o’ziga o’xshashlarga qarab rivojlanadi, boshqalarga taklid qilib harakat 
qiladi va ular tadbiqidan kochadi. Halqlar psixologiyasining asoschilari faqat 
nazariy muloxazalar yuritish bilan cheklanadilar, chunki ularda o`z fikrlarini isbot 
qilish uchun tadqiqot ishlari yo’q edi.
"Psixologiyaning otasi"hisoblangan Velgelm Vundt esa xuddi ana shu tad 
kikotga asoslangan ma’lumotlar tuplashga o`z diqqatini qaratdi. U o’zining "Inson 
va xayvon ruxi haqida leksiyalar"i (1863-y) va 1900 yilda bosmadan chiqqan un 
tomli "Halqlar psixologiyasi" asarlarida asosan o’zi tuplagan empirik ma’lumotlar 
asosida halqlar psixologiyasiga bagishlagan fikrlari tizimini bayon etdi. Uning fan 
oldidagi xizmati shundan iborat ediki, empirik ma’lumotlar tuplash usullari, 
to’plangan manbalarni sharxlash borasida bebaho bilimlar tupladi. Uning fikricha, 
psixologiya fani ikki qismdan iborat:fiziologik psixologiya va halqlar 
psixologiyasi. Fiziologik psixologiya inson ruhiyatini o’rganuvchi eksperimental 
fan bo`lib, oliy psixik jarayonlar tafakkur va nutkdan tashkari barcha narsalar 
eksperiment usulda tadkik etish mumkin. Eksperiment usulda o’rganib 
bo’lmaydigan barcha oliy rux holatlarini halqlar psixologiyasi o’rganadi, chunki 
undagi o’rganish usullari o’ziga xosdir. U madaniy maxsullar hisoblangan til, 
afsonalar, odatlar, san’at asarlari, inson tafakkurining murakkab tomonlarini ochib 
beradi.
To’g’ri, Vundning psixologiya fani oldidagi xizmatlari, uning halqlar 
psixologiyasiga oid ma’lumotlari hozirgi kungacha ham o`z kimmatini yo’qotgani 
yo’q. Lekin, uning yagona kamchiligi shu ediki, uning qarashlari idealistik asosda 


bo`lgan, yana u individ bilan jamiyat o’rtasidagi murakkab dialektik munosabatini 
idealistik asosda turib hal qilgan va jamiyatning rolini absolyut tushunib, 
shaxsning tarixini yaratishdagi, ijtimoiy jarayonlardagi faol o’rnini ko’ra bilmagan. 
Uning izdoshlari russiyalik A. Potebni, nemis olimi T. Geyger va boshqalar ham u 
Yo’l kuygan mafko’raviy kamchilikning oldini ola olmadilar, lekin ular bir fikrda 
yakdil edilarki, halqlar psixologiyasi individual psixologiyasidan fark qiladi, 
shuning uchun ham maxsus fan kerakki, u o’ziga xos usullar yerdamida shaxs va 
jamiyat munosabatlari qonunlarini ochib berishi lozim. Xuddi ana shu xulosalar 
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo’ldi.
O m m a p s i x o l o g i ya s i paydo bo`lishiga tarixiy asos ishchilar 
sinfining paydo bo`lishi va yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi 
bo’ldi. Ya’ni, XIX asrning ikkinchi yarmida ishchilar harakati shunday keng tus 
oldiki, tartibsiz harakatlar darajasiga ko’tarildi. Shuning uchun ham shu 
harakatlarning qonunlarini bilish, ularni boshqarish usullarni uylab topish zarur 
edi.
Ommaviy xodisalarni o’rganish natijasida 1890 yilda Gabriel Tardning 
"Taklid qilish qonunlari" deb atalgan birinchi kitobi chikdi. Tard Fransiyada ro’y 
berayotgan ommaviy xodisalarni shu xodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-
atvorlarini taklid qilish orqali tushuntiradi. Bu harakatlar irratsional (ya’ni aqlning 
ishtirokisiz) tabiatga ega bo`lib, har bir individ ommaga qo’shilgan zaxoti unga 
taklid qilishga tayorlik instinkti ustun bo`lib qoladi. Italiyalik xukushunos S. Sigeli 
va fransuz olimi G. Lebon ham Tard ishlarini ma’qo’llab uning nazariyasini faktik 
materiallar bilan boyitdilar.
1895 yilda bosilib chiqqan Sigelining "Omma psixologiyasi" kitoblarida 
asosiy goya shundan iborat ediki, ommaviy harakatlarda shaxsning o`z xulq-
atvorlarini ongli va aql bilan boshqarish qobiliyati yo’qoladi. Bunday hollarda 
hissietlar ustun keladi, ayniqsa, affekt holatlari shuning uchun ham affekt holatiga 
ro’y berayotgan jinoyatga aybni yumshatuvchi holat sabab bo`lgan, deb qarash 
odatli bo`ladi. Bu qarashlari tufayli Sigeli Italiyaning qonuniga maxsus modda 
kiritishga ham erishdi.
Sotsiolog Lebon esa asosan o`z diqqatini ommani elitaga - jamiyatdan 
yo’qori turuvchi tanlangan guruhlarga karshi kuyishga qaratadi. U ommaning 
ayrim hollarida, ayniqsa biror xodisa ro’y berganda "qiziqkonlik" xususiyati ustun 
turishi haqida yozadi. Uning fikricha, bir qancha odamlarning bu yerda to’planishi 
ommani hosil qiladi va bu odamlar kim bo`lishidan kat’i nazar - olimmi yoki oddiy 
insonmi, shu zaxotiek kuzatuvchanlik va ziyraklikni yo’qotadi. Chunki bu holatda 
ular holatini instinktlar va hissietlar boshqaradi. Lebon shaxsning omma holatidagi 
belgilariga tuxtalib quyidagilarni ajratadi: 
1. Shaxsiy sifatlarning yo’qolishi. Boshqa odamlar ta’sirida individ o’ziga 
xos sifatlarni yo’qotish, buning o’rniga inpulsiv instinktiv harakatlarni amalga 
oshirishi mumkin.
2. Hissietlarga uta beriluvchanlik. Ommada aql, tafakkur, hissiet, 
instinktlarga o`z o’rnini bo’shatadi. Shuning uchun ham ommaning ta’sirchanligi 
uta oshib ketadi.
3. aqliy sifatlarning yo’qolishi. Ommaning "akli" uni tashqil etuvchilar 
aqlidan ancha past bo`ladi. Shuning uchun ham ommaning tazyikiga uchramaslik 


uchun har bir kishi aqlan muloxaza yuritishdan bosh tortishi, munozaradan 
kochishi lozim.
4. Shaxsiy mas’uliyatning yo’qolishi. Ommaga qo’shilib qolgan shaxs 
shunchalik hissietlarga berilib ketishi mumkinki, u o`z harakatlarini na’zorat qilish, 
o`z ishiga mas’uliyatni esidan chiqaradi. Yakka holda sodir qila olmaydigan ishini, 
u ommaga qo’shilib qilib kuyishi mumkin.
Yo’qorida sanab utilgan ommaning belgilari Ernesto Grassi tomonidan 
nemis ensiklopediyasiga ham kiritilgan.
Shunday qilib, omma tartibsiz, u mustaqil ravishda tartib urnatish 
qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun ham unga doimo "doxiy" kerak, doxiylar - 
elita tashkaridan kelib omma o’rtasida tartib urnatishi mumkin. Bu fikrlarning 
mafko’raviy ma’nosi tushunarli, chunki omma deganda, ular ishchilar sinfini, 
doxiylar deganda esa, burjuaziyani nazarda tutishgan. Demak, shaxs va jamiyat 
ziddiyatlari masalasi omma psixologiyasi tarafdorlari nazariyasi ayrim shaxslar -
doxiylar foydasiga hal qilindi. Lekin bu nazariya, nima uchun ommaviy 
xodisalarda ommaning o’zidan chiqib qoladigan liderlar, ommaning ba’zan 
tashkaridan xech kimni tan olmay qolishi masalalariga umuman javob topa olmadi, 
chunki ularning ham fikrlarida ko’prok idealizmga moyillik sezilib turardi.
Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada 
shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Magdugall bo`lib, u o’zining 
1908 yilda yozgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobidagi inson xulq-atvorining 
motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinklardir deb yozgan. Keyinchalik u 
instinkt tushunchasi bilan birga laekat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. 
Uning fikricha, xulq-atvorni taminlovchi narsa tugma, psixofiziologik tayorgarlik 
holati bo`lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Magdugall barcha harakatlarni refleksiv 
holda tushuntirishga intilib, refleksiv yeyga xos bo`lgan barcha qismlar ya’ni 
efferent kabo’l qiluvchi, retseptiv bo’lim, efferent (harakat) va markaziy bo’limdan 
iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday 
refleksiv tabiatga egadir, deb uktiradi u.
Shunga o’xshash fikrlar E. Ross ("Ijtimoiy psixologiya") va Dj. Bolduin 
("Ijtimoiy psixologiya bo`yicha tadqiqotlar") qarashlarida ham rivojlangan. 
Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat haqida - tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, 
ijtimoiy irsiyat odamlardagi taklid qilish qobiliyati bilan bog’liq, deb yozadi. 
Jamiyatda yashayotgan odamlar bir birlariga ta’sirlarini o’tkazishga moyildirlarki 
bu narsa ular o’rtasidagi munosabatlarini boshqarib turadi.
Shunday qilib, bu yo’nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli 
harakatlarning boshi- ongsizlikdir, ya’ni instinklar bo`lib, ular asosan hissietlarda 
namoyon bo`ladi. Hissiet bilan instinklar bog’liqligini Magdugal juftliklarda 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish