O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“Psixologiya” fakulteti
“Psixologiya”kafedrasi
Ijtimoiy psixologiya
Fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ROSSIYVA SOBIQ
ITTIFOQDA RIVOJLANISHI
BAJARDI:931-20 guruh talabasi talabasi D. Bosimov
QABUL QILDI: O. Ravshanov
Jizzax_2022
IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ROSSIYVA SOBIQ
ITTIFOQDA RIVOJLANISHI
REJA:
1. Antik davr mutafakkirlari ishlarida ijtimoiy psixologik ta’limotlarining
rivojlanishi.
2. Ijtimoiy psixologiyaning uch nazariy manbai.
3. Ijtimoiy psixologiyaning eksperimental fan sifatida rivojlanishi.
4. Ijtimoiy psixologiyaning Rusiya va Sobiq Ittifokda rivojlanishi.
5. O`zbekistonda ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning o’rni va istikbollari.
ANTIK DAVR MUTAFAKKIRLARI ISHLARIDA IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK TA’LIMOTLARINING RIVOJLANISHI
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixiga nazar tashlar
ekanmiz, uning jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog’liq tarzda
rivojlanganligining, ilmiy jixatdan esa, falsafiy qarashlar ta’sirida bo`lib, sof
ijtimoiy psixologik nazariyalarning juda oz sonli bo`lganligining guvoxi
bo`lishimiz mumkin.
Ijtimoiy psixologiyaning mustaqil fan bo`lib ajralishiga sabab bo`lgan
ijtimoiy va ilmiy asoslar. Insoniyat tarixini o’rganar ekanmiz mutafakkirlar,
olimlar, allomalar ijtimoiy psixologik xodisalar bilan juda qiziqkanliklarining
guvoxi bo’lamiz. Lekin ular bu xodisalarni o`z davri ruxida, o`z nazariy va ijtimoiy
qarashlari, hattoki, turli okimlar orasida tushunishga o’ringanlar. Shuning uchun
ham Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida taraqqiyotini o’rganish uchun ijtimoiy
psixologik muammolar yeritilgan asar yoki kashfietchining yashagan davri, uning
siesiy qarashlari, jamiyatning taraqqiyot xususiyatlarini ham o’rganish lozim. Ilmiy
manbalar Ijtimoiy psixologiyaning davlat va huquq nazariyasi, siesiy iqtisod, etika,
falsafa fanlarining rivojlanishi bilan uzviy bogligini kursatadi. Ayniqsa, fan
taraqqiyotiga falsafa fani o’zining sezilarli ulushini kushgan. Shuning uchun ham
amerikalik olim G. Olport ijtimoiy psixologik goyalarning yaratilishi va
rivojlanishi falsafa bilan, uning ko’zga ko’ringan arboblaridan hisoblangan Platon
nomi bilan bog’liq deb yozgan edi.
Platon o’zining "Davlat" va "Qonunlar" deb atalgan dialoglarida shaxsning
jamiyat bilan aloqalari masalasiga tuxtalib, jamiyat individga nisbatan o’zgarmas
bir birlikki, uning taraqqiyoti jamiyat rivojlanishi qonunlarga buysunadi, degan
fikrni ximoya qilgan. Unga qarama-karshi fikrni Aristotel bayon etib, individni
barcha ijtimoiy o’zgarishlarning sababchisi, chunki unda bunga imkon beruvchi
psixologik tizimlar bor, deb yozadi. Ya’ni, shaxs va jamiyat o’rtasidagi munosabat
masalasi Platonda jamiyat foydasiga hal bo`lgan bo’lsa, Aristotelda bu narsa shaxs
foydasiga yechilgan. Ulardan keyingi - yangi davr faylasuflarini - Gobbs,
Gilvetsiy, Lokk, Russo, Gegel, Makiavelli, Shark faylasuflaridan Beruniy,
Farobiylar ham barcha asarlarida shaxs va jamiyat qarama-karshiliklarini ilmiy
asosda sharxlashga o’rindilar, lekin xech kaysisi bu muammoni ijtimoiy psixologik
muammo darajasiga kutara olmadi.
XIX asrning o’rtalariga kelib, kapitalistik munosabatlarning keskinlashuvi,
turli davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarning tobora usib borishi, turli halqlarning bir
mamlakatida ikkinchisiga kuchishi-migratsiya munosabati bilan qator ijtimoiy
fanlar rivojlanishi uchun qo’lay shart - sharoitlar paydo bo’ldi. Ayniqsa,
tilshunoslik, antropologiya, etnografiya, arxiologiya, huquqshunoslik va boshqa
fanlar shakllanib, rivojlandi. Masalan, ingliz olimi E. Teylor ibtidoiy jamoa
tuzumidagi madaniyatni tulik o’rganib chikdi; amerikalik etnogrof L. Morgan
xindular turmush tarzini tahlil qilib chikdi, fransuz olimi Levi-BrYo’l esa ibtidoiy
odam tafakkuri xususiyatlarini o’rganar ekanlar, ular u yoki bu etnik milliy,
guruhning psixologiyasini, ularga madaniy-maishiy muxitning ta’sirini o’rganishga
majbur bo`lishdi. Ya’ni ular alohida individ-u yoki bu Yo’llar vaqili psixologiyasi
ijtimoiy jarayonlar bilan nechogli bog’liq ekanligini nazariy jixatdan isbot qildilar.
Ayni shu davrda psixologiya fani ham ancha oyoqqa turgan mustaqil fanga
aylandi. Lekin u atomistik, ya’ni alohida individ psixologiyasigina o’rganadigan
fan bo`lib, u odamlarni o’zaro muloqoti jarayonida ularda ro’y beradigan sirli
o’zgarishlarga e’tiborini endi-endi qaratayotgan edi. Ayniqsa, patopsixologiya,
pedagogik psixologiya sohalariga individ bilan boshqa individlar munosabati
masalasini chetlab utish mumkin bo’lmay qoldi.
Lekin Ijtimoiy psixologiyani ilmiy manbalari sohasida sotsiologiya fanining
xizmatini kursatib utmay bo’lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan
Ogyust Kont, Gerbert Spenser va boshqalar, masalan, jamiyatdagi ijtimoiy
xodisalarni o’rganish uchun albatta, o’ziga xos, ayrim psixologik holatlarni
o’rganmoq lozim, degan fikrni kat’iy turib isbot qildilar. Ular har bir ijtimoiy
voqea da ruhiy xodisalar borligini isbot qilishga o’rindilar. Masalan, fransuz
sotsiologi G. Tard har bir individda"Ijtimoiy fakt"boriligini, bu narsa uning miya
doirasidagina emas, balki bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb
hisoblaydi. Ijtimoiy xulq-atvor modeli, uning fikricha doimo individlararo
munosabatni o`z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga doimo taklid
qiladi, shuning uchun ham shaxsni o’rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini
talab qiladi. Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo’nalish paydo bo’ldi.
Tarddan keyin L. Uord, F. Giddings va boshqalar ijtimoiylik qonunlarini jamoa
ruhiy holati bilan uzviy ravishda o’rgana boshladilar. Ularning fikricha, ijtimoiy
fakt - bu ijtimoiy aql, tafakkur bo`lib, u "Jamiyat psixologiyasi"eki
sotsiologiyaning bahs mavzusidir.
Shunday qilib, yo’qorida qayd qilingan ilmiy-falsafiy ijtimoiy manbalar,
shart-sharoitlar tufayli ijtimoiy psixologik goyalar shakllanib bordi. Bu qarashlar
sof psixologiyaga ham o’xshamagan, sotsiologiya doirasidan chiqib ketadigan
alohida fan Ijtimoiy psixologiyaning paydo bo`lishi uchun zamin rolini uynaydi.
IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING UCH NAZARIY MANBAI
XIX asrning oxiri XX asr boshlarida fanda uch nazariya paydo bo’ldiki,
ular xakli ravishda Ijtimoiy psixologiyani mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida
shakllanishiga uzlarining munosib hissalarini kushdilar. Bu uch nazariyani
birlashtirib turgan shu narsa ediki, ularning har biri mustaqil tarzda shaxs bilan
jamiyat munosabatini ilmiy asoslar bilan tushuntirishni izlanishlarni asosiy
psixologiyasi, omma psixologiyasi va ijtimoiy xulq-atvorning instinktlari
nazariyalaridir.
Halqlar psixologiyasi ijtimoiy psixologik nazariya sifatida XIX asrning
o’rtalarida Germaniyada shakllandi. Undagi asosiy nazariya fikr shundan iborat
ediki, ayrim individlardan yo’qori turadigan rux mavjud bo`lib, bu rux o’zidan
ham yo’qori turadigan ilmiy Yaxlitlikka buysunadi. Bu iloxiy Yaxlitlik halq yoki
millatdir. Ayrim individlar ana shu Yaxlitliklarning bo’laklari bo`lib, ular shu
ruxga buysunadilar. Ya’ni, shaxs bilan jamiyat o’rtasidagi qarama-karshilik
muammosi jamiyat foydasiga hal qilinadi. Halqlar psixologiyasining tarixiy-
mafko’raviy asosi bo`lib Gegel falsafasi va nemis romantizm xizmat qilgan, deyish
mumkin. Chunki Gegeldagi "individdan yo’qori turuvchi rux" goyasi halqlar
psixologiyasi jonkuyarlari tomonidan tulaligicha kabo’l qilindi.
"Halqlar psixologiyasi"iborasi birinchi marta faylasuf M. Latsarus (1824-
1903) hamda tilshunos G. Shteyntal’ (1833-1893) asarlarida ishlatildi. Ular
birgalikda chop yotgan "Halqlar psixologiyasi to’g’risida kirish so`zi" kitobida
shunday fikrlarni ilgari so’radilar: "Tarixni yurgizuvchi asosiy kuch - bu halq yoki
shu" Yaxlitlikning ruxi bo`lib, bu rux san’atda, dinda, tilda, afsonalarda,
an’analarda o`z aksini topadi. Individning ongi ushbu Yaxlitlikning maxsuli bo`lib,
ularning
yigindisi
o`z
navbatida halq ongini
tashqil
etadi.
Halqlar
psixologiyasining vazifasi halq ruxi moxiyatini o’rganish, halq ruhiyati qonunlarini
ochish, halq psixologiyasiga oid bo`lgan o’ziga xos xususiyatlarning paydo
bo`lishi va yo’qolishini tushuntirib berishdir". Usha kitobda mualliflar shaxs bilan
jamiyat munosabati xususida quyidagi muloxazalarni bayon etadilar: odam o`z
moxiyati jixatidan ijtimoiy mavjudot bo`lib, u jamiyat hayoti bilan uzviy bog’liq,
chunki u o’ziga o’xshashlarga qarab rivojlanadi, boshqalarga taklid qilib harakat
qiladi va ular tadbiqidan kochadi. Halqlar psixologiyasining asoschilari faqat
nazariy muloxazalar yuritish bilan cheklanadilar, chunki ularda o`z fikrlarini isbot
qilish uchun tadqiqot ishlari yo’q edi.
"Psixologiyaning otasi"hisoblangan Velgelm Vundt esa xuddi ana shu tad
kikotga asoslangan ma’lumotlar tuplashga o`z diqqatini qaratdi. U o’zining "Inson
va xayvon ruxi haqida leksiyalar"i (1863-y) va 1900 yilda bosmadan chiqqan un
tomli "Halqlar psixologiyasi" asarlarida asosan o’zi tuplagan empirik ma’lumotlar
asosida halqlar psixologiyasiga bagishlagan fikrlari tizimini bayon etdi. Uning fan
oldidagi xizmati shundan iborat ediki, empirik ma’lumotlar tuplash usullari,
to’plangan manbalarni sharxlash borasida bebaho bilimlar tupladi. Uning fikricha,
psixologiya fani ikki qismdan iborat:fiziologik psixologiya va halqlar
psixologiyasi. Fiziologik psixologiya inson ruhiyatini o’rganuvchi eksperimental
fan bo`lib, oliy psixik jarayonlar tafakkur va nutkdan tashkari barcha narsalar
eksperiment usulda tadkik etish mumkin. Eksperiment usulda o’rganib
bo’lmaydigan barcha oliy rux holatlarini halqlar psixologiyasi o’rganadi, chunki
undagi o’rganish usullari o’ziga xosdir. U madaniy maxsullar hisoblangan til,
afsonalar, odatlar, san’at asarlari, inson tafakkurining murakkab tomonlarini ochib
beradi.
To’g’ri, Vundning psixologiya fani oldidagi xizmatlari, uning halqlar
psixologiyasiga oid ma’lumotlari hozirgi kungacha ham o`z kimmatini yo’qotgani
yo’q. Lekin, uning yagona kamchiligi shu ediki, uning qarashlari idealistik asosda
bo`lgan, yana u individ bilan jamiyat o’rtasidagi murakkab dialektik munosabatini
idealistik asosda turib hal qilgan va jamiyatning rolini absolyut tushunib,
shaxsning tarixini yaratishdagi, ijtimoiy jarayonlardagi faol o’rnini ko’ra bilmagan.
Uning izdoshlari russiyalik A. Potebni, nemis olimi T. Geyger va boshqalar ham u
Yo’l kuygan mafko’raviy kamchilikning oldini ola olmadilar, lekin ular bir fikrda
yakdil edilarki, halqlar psixologiyasi individual psixologiyasidan fark qiladi,
shuning uchun ham maxsus fan kerakki, u o’ziga xos usullar yerdamida shaxs va
jamiyat munosabatlari qonunlarini ochib berishi lozim. Xuddi ana shu xulosalar
Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishiga ilmiy asos bo’ldi.
O m m a p s i x o l o g i ya s i paydo bo`lishiga tarixiy asos ishchilar
sinfining paydo bo`lishi va yevropada ishchilar harakatining ommaviy tus olishi
bo’ldi. Ya’ni, XIX asrning ikkinchi yarmida ishchilar harakati shunday keng tus
oldiki, tartibsiz harakatlar darajasiga ko’tarildi. Shuning uchun ham shu
harakatlarning qonunlarini bilish, ularni boshqarish usullarni uylab topish zarur
edi.
Ommaviy xodisalarni o’rganish natijasida 1890 yilda Gabriel Tardning
"Taklid qilish qonunlari" deb atalgan birinchi kitobi chikdi. Tard Fransiyada ro’y
berayotgan ommaviy xodisalarni shu xodisalarda ishtirok etayotganlarning xulq-
atvorlarini taklid qilish orqali tushuntiradi. Bu harakatlar irratsional (ya’ni aqlning
ishtirokisiz) tabiatga ega bo`lib, har bir individ ommaga qo’shilgan zaxoti unga
taklid qilishga tayorlik instinkti ustun bo`lib qoladi. Italiyalik xukushunos S. Sigeli
va fransuz olimi G. Lebon ham Tard ishlarini ma’qo’llab uning nazariyasini faktik
materiallar bilan boyitdilar.
1895 yilda bosilib chiqqan Sigelining "Omma psixologiyasi" kitoblarida
asosiy goya shundan iborat ediki, ommaviy harakatlarda shaxsning o`z xulq-
atvorlarini ongli va aql bilan boshqarish qobiliyati yo’qoladi. Bunday hollarda
hissietlar ustun keladi, ayniqsa, affekt holatlari shuning uchun ham affekt holatiga
ro’y berayotgan jinoyatga aybni yumshatuvchi holat sabab bo`lgan, deb qarash
odatli bo`ladi. Bu qarashlari tufayli Sigeli Italiyaning qonuniga maxsus modda
kiritishga ham erishdi.
Sotsiolog Lebon esa asosan o`z diqqatini ommani elitaga - jamiyatdan
yo’qori turuvchi tanlangan guruhlarga karshi kuyishga qaratadi. U ommaning
ayrim hollarida, ayniqsa biror xodisa ro’y berganda "qiziqkonlik" xususiyati ustun
turishi haqida yozadi. Uning fikricha, bir qancha odamlarning bu yerda to’planishi
ommani hosil qiladi va bu odamlar kim bo`lishidan kat’i nazar - olimmi yoki oddiy
insonmi, shu zaxotiek kuzatuvchanlik va ziyraklikni yo’qotadi. Chunki bu holatda
ular holatini instinktlar va hissietlar boshqaradi. Lebon shaxsning omma holatidagi
belgilariga tuxtalib quyidagilarni ajratadi:
1. Shaxsiy sifatlarning yo’qolishi. Boshqa odamlar ta’sirida individ o’ziga
xos sifatlarni yo’qotish, buning o’rniga inpulsiv instinktiv harakatlarni amalga
oshirishi mumkin.
2. Hissietlarga uta beriluvchanlik. Ommada aql, tafakkur, hissiet,
instinktlarga o`z o’rnini bo’shatadi. Shuning uchun ham ommaning ta’sirchanligi
uta oshib ketadi.
3. aqliy sifatlarning yo’qolishi. Ommaning "akli" uni tashqil etuvchilar
aqlidan ancha past bo`ladi. Shuning uchun ham ommaning tazyikiga uchramaslik
uchun har bir kishi aqlan muloxaza yuritishdan bosh tortishi, munozaradan
kochishi lozim.
4. Shaxsiy mas’uliyatning yo’qolishi. Ommaga qo’shilib qolgan shaxs
shunchalik hissietlarga berilib ketishi mumkinki, u o`z harakatlarini na’zorat qilish,
o`z ishiga mas’uliyatni esidan chiqaradi. Yakka holda sodir qila olmaydigan ishini,
u ommaga qo’shilib qilib kuyishi mumkin.
Yo’qorida sanab utilgan ommaning belgilari Ernesto Grassi tomonidan
nemis ensiklopediyasiga ham kiritilgan.
Shunday qilib, omma tartibsiz, u mustaqil ravishda tartib urnatish
qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun ham unga doimo "doxiy" kerak, doxiylar -
elita tashkaridan kelib omma o’rtasida tartib urnatishi mumkin. Bu fikrlarning
mafko’raviy ma’nosi tushunarli, chunki omma deganda, ular ishchilar sinfini,
doxiylar deganda esa, burjuaziyani nazarda tutishgan. Demak, shaxs va jamiyat
ziddiyatlari masalasi omma psixologiyasi tarafdorlari nazariyasi ayrim shaxslar -
doxiylar foydasiga hal qilindi. Lekin bu nazariya, nima uchun ommaviy
xodisalarda ommaning o’zidan chiqib qoladigan liderlar, ommaning ba’zan
tashkaridan xech kimni tan olmay qolishi masalalariga umuman javob topa olmadi,
chunki ularning ham fikrlarida ko’prok idealizmga moyillik sezilib turardi.
Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada
shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Magdugall bo`lib, u o’zining
1908 yilda yozgan "Ijtimoiy psixologiyaga kirish" kitobidagi inson xulq-atvorining
motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinklardir deb yozgan. Keyinchalik u
instinkt tushunchasi bilan birga laekat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi.
Uning fikricha, xulq-atvorni taminlovchi narsa tugma, psixofiziologik tayorgarlik
holati bo`lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Magdugall barcha harakatlarni refleksiv
holda tushuntirishga intilib, refleksiv yeyga xos bo`lgan barcha qismlar ya’ni
efferent kabo’l qiluvchi, retseptiv bo’lim, efferent (harakat) va markaziy bo’limdan
iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana shunday
refleksiv tabiatga egadir, deb uktiradi u.
Shunga o’xshash fikrlar E. Ross ("Ijtimoiy psixologiya") va Dj. Bolduin
("Ijtimoiy psixologiya bo`yicha tadqiqotlar") qarashlarida ham rivojlangan.
Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat haqida - tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib,
ijtimoiy irsiyat odamlardagi taklid qilish qobiliyati bilan bog’liq, deb yozadi.
Jamiyatda yashayotgan odamlar bir birlariga ta’sirlarini o’tkazishga moyildirlarki
bu narsa ular o’rtasidagi munosabatlarini boshqarib turadi.
Shunday qilib, bu yo’nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli
harakatlarning boshi- ongsizlikdir, ya’ni instinklar bo`lib, ular asosan hissietlarda
namoyon bo`ladi. Hissiet bilan instinklar bog’liqligini Magdugal juftliklarda
Do'stlaringiz bilan baham: |