chalinishadi. Aqliy va jismoniy mehnatning nomutanosibligi, doimiy
hissiy zo‘riqishlar, yaqin kishisidan judo bo'lish, oiladagi va ishxonadagi
kelishmovchiliklar, doimiy qo'rquv va xavotir nevrasteniyaga sabab
bo'lishi mumkin. N evrasteniyaning oila a ’zolarida uchrashi uning
rivojlanishida nasliy omillar borligini ham ko'rsatib beradi. Yosh bolalarda
nevrasteniyaning rivojlanishiga uni o'rab turgan muhit, ayniqsa,
ota-ona
orasidagi janjallar sabab bo'ladi. Bolalik davrida olgan tan jarohatlari
ham bundan mustasno emas.
N evrasteniya n a fa q a t ja h ld o r o d am lard a, balki o 'ta an d ish ali
odamlarda ham rivojlanishi mumkin. Ayniqsa, andishali odamlar janjal
chiqqanda hissiyotga z o 'r bermaslikka va o'zini boshqarib turishga
harakat qilishadi, birovning ko'nglini og'ritib qo'yishsa, aziyat chekishadi.
Bu holatlar,
aksariyat hollarda, asab tizimining charchashiga sabab
bo'ladi. Shuningdek, vitaminlar yetishmasligi, kamqonlik, surunkali va
og'ir kasalliklar ham nevrasteniyaga olib keladi.
N evrasteniyaning klinikasi turli-tum an bo'lib, ular ichida tez-tez
asabiylashish,
jahldorlik, uyqu buzilishi, bosh og'rishi, bosh aylanishi,
umumiy holsizlik, yurak urib ketishi, parishonxotirlik, aqliy va jismoniy
m ehnatga qobiliyatning pasayishi kabi simptomlar ko'p kuzatiladi.
Nevrozning asosiy simptomlariga psevdonevrologik
sindromlar bobida
batafsil ta ’rif berganligimiz uchun bu yerda ular haqida to'xtahnadik.
Nevrasteniya, davolash muddati va natijasi ko'proq uning to 'g 'ri olib
borilishiga bog'liq. Davolashni boshlashdan oldin nevrasteniyaga olib
keluvchi sabablar aniqlanishi va ular iloji boricha bartaraf qilinishi kerak.
Asosiy sabablar bartaraf qilinganda, aksariyat bemorlarda davolashni
davom ettirishga hojat ham qolmaydi, ular tuzalib ketishadi. Lekin ba’zi
hollarda nevrasteniyaning sababini aniqlash va ularni yo'qotish ancha
mushkul bo'ladi.
Bemorning oilaviy ahvoli va ishlash sharoiti bilan tanishib, unga dam
olib ishlash, ish soatlarini qisqartirish, ovqatlanish
tartibiga rioya qilish,
teatr va kinolarga borib turish tavsiya qilinadi.
Nevrasteniyani davolash uchun ju d a k o 'p dori-darmonlar mavjud.
Lekin ularga individual tarzda yondashish kerak. Bu maqsadda turli
trankvilizatorlar, sedativ dorilar va psixostimulyatorlardan foydalaniladi.
Lekin nevrasteniyani davolashda ishlatiladigan aksariyat dorilar kuchli
sedativ ta ’sirga ega bo'lganligi uchun ularni ishlab yurgan bemorlarga
tavsiya qilib bo'lmaydi. Kam miqdorda tavsiya qilinsa, yaxshi natijaga
erishib bo'lmaydi. Shuning uchun kuchli tinchlantiruvehi ta ’sirga ega va
n ojo'ya ta ’siri kam bo'lgan dorilardan foydalaniladi.
Psixosomatik
sindromlarni davolashda ishlatiladigan psixodinamik terapiya nevrozlarni
davolashda ham keng qo'llaniladi. Shuningdek, bemorlarga umumiy
239
massaj, igna bilan davolash, ertalabki gimnastika va sportning o'ziga
m a’qul turlari bilan shug'ullanish tavsiya qilinadi. Yilda bir m arta
sihatgohlarda dam olib turish ham o 'ta foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: