Psixologiy asi


Psevdourologik sindromlar



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

Psevdourologik sindromlar
S iydik a jra tish s iste m a sid a k u z a tila d ig a n p six o g e n (n evrog en) 
buzilishlar bilan nevropatolog yoki psixonevrologga m urojaat qilish juda 
kam uchraydi. Bunday bem orlar, k o 'p in ch a, «piyelonefrit», «glomeru- 
lonefrit», «buyrak tosh kasalligi», «sistalgiya», «sistit», «uretrit» tashxislari
207


bilan nefrolog yoki urologlarda davolanib yurishadi. Shu narsaga e ’tibor 
qaratish lozimki, bu tashxislar davolash mobaynida bir necha bor o'zgarib 
turadi. N ihoyat, bu kasallarga ham m a urologik sim ptom larni o ‘zida 
m ujassam lashtirgan umumiy tashxis - «nevrogen siydik pufagi» qo'yiladi. 
Affektiv buzilishlarda siydik yo'llarida turli belgiiarmug paydo bo'lishi 
niqoblangan depressiyaning klinik ko'rinishlaridan biri bo'lishi mumkin. 
T ez-tez h o ja tx o n a g a q a tn a s h , sh u n d a ham q o v u g 'i b o sh a g an id a n
qoniqm ay chiqish va q orn in in g p astid a o g 'riq sezish h o latlari asab 
tizimining funksional buzilishlari uchun xosdir. Siydik ajralib chiqishining 
nevrotik buzilishlari ikki xil ko'rinishda kechishi mumkin: tez-tez siygisi 
kelishi va siyishning ushlanib qolishi. Q attiq kulganda, aksirganda, yo'tal 
paytida, o g 'ir narsa k o 'targanda ozgina siyib yuborish yoki soatlab siydik 
tutilishlar niqoblangan depressiya uchun xosdir.
Tez-tez siyish (pollakiuriya) ko'pchilik urologik kasalliklar (sistit, 
uretrit, p ro statit) uchun ham , niqoblangan depressiyalar uchun ham 
xos bo'lganligi uchun bu bem orlar zarur bo'lgan tekshiruvlardan to 'la
o 'tish lari lozim. Ik kala h o latd a ham sovuq joyda k o 'p turib qolish, 
sh o'r, achchiq, nordon narsalar va spirtli ichimliklar (ayniqsa, pivo) ni 
is te ’m ol q ilish , q a ttiq siqilish siyishning tezlash uv iga olib keladi. 
E rkaklarda, ayniqsa, jinsiy aloqadan so'ng ana shunday holat yuzaga 
keladi. Biroz rivojlangan affektiv buzilishlarda uchraydigan dizuriya 
tran sp o rtd a yurganda, k atta m ajlislar bo 'lay o tgan paytda, o'zi biror 
n a rs a n i k o 'p c h ilik o ld id a o 'q ib b e ra y o tg a n d a n a m o y o n b o 'la d i. 
N atijada ularda ipoxondrik sindrom rivojlanadi: bunday bem orlar butun 
fikri va d iq q a tin i siydik pu fagiga q a ra tis h a d i, s h a rm a n d a b o 'lib
qolishdan qo 'rqishadi. Tabiiyki, bu vaziyat bem orning asabiga putur 
yetkazadi va kasallik belgilarini yanada kuchaytiradi. Bunday bem orlar 
m abodo begona ayol bilan jinsiy yaqinlik qilgan b o 'lsa , bu hoiatni 
hali ta sd iq la n m a g a n v en erik k asallik bilan b o g 'la y d i. R a fiq a sig a
yaqinlasha olm aydi, doim x av o tird a yashaydi va xiy o n at qilganini 
bildirib q o'yadi.
Bolalik davridan boshlab ortiqcha talablar qo'yib tarbiyalash, uydan 
tashqariga chiqarm aslik, o 'rto q la ri bilan o'ynashga ruxsat berm aslik 
keyinchalik o g 'ir oqibatlarga olib kelishi m um kin. C hunki insonning 
ruhiy rivojlanishi tarbiya va uning atrofidagi m uhitga bog'liq bo'ladi. 
Shu m asalada B.D. Karvasarskiy (2002) qiziq bir misolni keltiradi. Ilmiy 
tekshirish institutlarining birida ishlaydigan 37 yoshli K. ismli ilmiy xodim 
jam oat joylaridagi hojatxonaga kira olmasligidan shikoyat qiladi. Bu 
n a rsa uni 17 y o sh id a n buyon bezovta q ilsa d a , 20 yil m o b a y n id a
u y a lg a n id a n d o k to rla rg a m u ro ja a t q ilm a g a n . B e m o rn in g h a y o t 
anamnezidan shu narsa m a’lum bo'ladiki, u onasining qattiq nazoratida
208


o 'sg a n . Uning onasi k o 'c h a d a b o la la r bilan o 'y n a sh i va um um iy 
hojatxonalaiga borishini «U yerga hamma boradi, ularning kasali senga 
yuqishi m um kin», deb q a t'iy a n m an qilgan edi. Bola k o 'p q a v a lli 
uylardagi xonadonda yashagani uchun u xohlaydimi-yo'qmi, ishtoniga 
«yuborib» qo'ym asin deb, onasi uni doim o tuvakka o ‘tqizgan, yoniga 
esa o -;.;ч«Л.:>qlarini q o ‘ygan. Bola tuvakda o 'y n ab o 'tirgan, onasi esa 
uning yonida o'tirib ertaklar aytib bergan, kuylagan, odob haqida tarbiya 
bergan. Shunday qilib. har bir odamning o'zi bajarishi zarur bo'lgan bu 
m uhim fiz io lo g ik ja r a y o n « o z o d a » y u ra d ig a n o n a to m o n id a n
boshqarilgan. Bola tu vak da uzoq vaqt o 'tir ib q o la r va onasi kelib 
olmaguncha turmasdi. O naji tuvakda axlat yoki siydikni ko'rm asa, bolani 
yana o'tqazib qo'yavergan. Mola b a’zan ishtoniga siyib qo'ysa, onasidan 
rosa dakki yegan. Bu aybni qilib qo'ym aslik uchun u doim o q o 'rq ib , 
x a v o tird a y ash ag an . M a b o d o o n a -b o la m eh m o n g a k e tish m o q c h i 
bo'lishsa, bola, albatta, uyidagi hojatxonaga kirib chiqishi, m ehm onda 
esa siygisi kelsa h am iloji b o ric h a k u tib tu ris h i va f a q a t u y g a
qaytgandagina hojatxonaga borishni onasi aniq belgilab qo'ygan. Buning 
oqibatida bola atrofdagi narsalardan jirkanadigan va noziktabiat bo'lib 
o'sadi.
Siydik yo'llaridagi funksional buzilishlar kelib chiqishida bemorning 
jinsiy rivojlanishi ham alohida o 'rin tutadi. Bemor 16 yoshida bir qiz 
bilan jinsiy yaqinlik qilishga urinadi, lekin darrov pollyutsiya ro'y bergani 
uchun uni am alga oshirolm aydi. Bu yangi alom atdan u ju da q o 'rq ib
ketadi va tez kunlarda ichi qotib hojatxor.aoa k o 'p o'tirib qolsa, siydik 
y o 'lid a n sh illiq n a rs a c h iq a b o s h la g a n in i k o 'r a d i. S p e rm a n i 
« y o 'q o tish d an » q o 'rq ib , siyish ja ra y o n in i iloji boricha to 'x ta tish g a
intiladi. Agar avval jam oat hojatxonalarida odam lar bor joyda siyishdan 
o'zini tiyadigan bo'lsa (chunki siyayotganda ereksiya ham kuzatilgan), 
keyinchalik atrofda oyoq ovozi eshitilsa ham siya olm aydigan b o 'lib
qoladi. Keyinchalik institutni tugatadi, aspiranturaga kiradi, nomzodlik 
dissertatsiyasini yoqlaydi. Uylanadi, 3 nafar farzandlik bo'ladi. Qisqa 
davom etganligi sababli jinsiy aloqalardan qoniqmaydi. U rologda uch 
yil natijasiz davolanadi. N evrolog k o 'rib quyidagi tashxisni qo'yadi: 
«psevd o u rologik sim p to m la r bilan kechuvchi ipoxondrik nevroz». 
M uolajalar individual psixoterapiya bilan birgalikda olib boriladi va 
bemor tuzalib ketadi.
Bundan xulosa shuki, odam ning psixologiyasini boshqarish mumkin, 
biroq normal kechayotgan fiziologik jarayonlarga sun’iy yo'l bilan ta ’sir 
q ilm ag a n m a ’qul. S iydik c h iq a rish siste m a sin in g asab to m o n d a n
m ukam m al boshqarilishining shakllanishi ikki-uch yoshlardan so'ng 
boshlanadi.
209


Urologik kasalliklarga chalingan bem orlar juda ko‘p tibbiy tekshiruv­
lardan o 'tish adi, har xil doktorlarda bo'lishadi, doimo davolanishning 
yangi usullarini izlashadi va o 'zlarid a q o 'lla b ko'rishadi. Bu doimiy 
tashvishlar, a lb a tta , jinsiy quvvatsizlikka olib keladi. B em orlarda na 
davolanishga, na oilasiga va na hayotga qiziqish qoladi (bu haqda biz 
«Jinsiy buzilishlar» ga bag'ishlangan bobda fikr yuritamiz).
Statistik m a ’lumotlarga ko'ra bolalarda uchraydigan enurezning 65-80 
foizi bosh m iy a p o 's tlo q d is fu n k s iy a s i h iso b ig a riv o jla n a d i. 
M utaxassislarning fikricha, diurezning buzilishi affektiv buzilishlarda 
yuzaga keladig an siydik pufagi q o 'z g 'a lu v c h a n lig in in g oshishi yoki 
pasayishi hisobiga kuzatiladi. Tunda tagini ho'l qilib qo'yadigan bolalar, 
o d atd a, o 'ta injiq, tinib-tinchim as, yig 'lo q i va k o 'p tush k o 'ra d ig a n
bo'lishadi. U lar shu qadar rang-barang tushlar ko'radiki, xuddi kattalarga 
o 'x sh a b , uning m azm unini ota-o n asig a berilib so 'zlab berishadi. Bu 
belgilar nevroz alom atlari bo'lib, uning sabablarini aniqlash va o 'z vaqtida 
davolash zarur.
Funksional polidipsiyalar (ko'p suyuqlik ichish) va poliuriyalar (k o 'p
siyish) asab buzilishlarida k o 'p u chraydigan sim ptom lardir. B unday 
bem orlar kuniga 5 litr va undan ham k o 'p suv ichishadi. U lar doim o 
chanqab yurishi va suv ichganda qoniqm asligidan shikoyat qilishadi. 
Tabiiyki, bunday paytlarda qandsiz diabet haqida fikr paydo bo'ladi. 
Shunday bo'lsa-da, bemor ichgan suv va ajralib chiqqan siydik m iqdori, 
uning hissiy holatiga jud a b o g 'liq b o 'lad i. H atto sog'lom o d am larda 
ham ortiqcha hissiy zo'riqishlar paytida, m asalan, abituriyentlar, talabalar 
im tihon topshirayotgan, ilmiy xodim dissertatsiya himoyasi paytida yoki 
ikki kishi bir-biri bilan janjallashayotganda og'zi qurib suv ichgisi keladi 
va tez-tez hojatga qatnaydi. U larning terisi k o 'p suv ichishiga qaram ay 
quruq (tum bochkasi har xil krem larga boy bo'ladi), qon bosimi past, 
boshi tez-tez og'riydigan bo'ladi, biror ish qilishsa, tez charchab qolishadi. 
K o 'p suv ichganlari sababli organizm da elektrolitlar almashinuvi buziladi 
va b a tta r chanqab, suv ichgisi kelaveradi. Buning natijasida, a lb a tta , 
qan dsiz d ia b e t tashxisini in k o r qilish uchun lab o ra to r te k sh iru v la r 
o'tkazishga to 'g 'ri keladi.
Buyrakning konsentratsiya qobiliyati buzilmaganligi, siydikning nisbiy 
zichligi 
1010
dan yuqori ekanligi bem orda kuzatilayotgan o'zgarishlarning 
nevrotik (psixogen) xususiyatga ega ekanini ko'rsatadi. Qandsiz diabetda 
poliuriya birlam chi, polidipsiya esa ikkilam chi ekanini unutm aslik 
kerak, ch un ki p o liu riy a plazm an in g quyuqlashuviga sab ab b o 'la d i; 
siydik nin g nisbiy zichligi q o tg an no n yeganda ham 1007-1010 dan 
o sh m a y d i; s u y u q lik ic h ish n i k a m a y tir g a n d a , h a tto k i, b u tu n la y
to 'xtatgan d a ham poliuriya yo'qolm aydi. Buni quyidagi usul bilan sinab
2 1 0


k o ‘rib bilish m u m k in : b e m o rg a
6-8
s o a t ich id a b ir n e c h a b o r 
suvsizlantirilgan non beriladi. Agar b uning n atijasida diurez keskin 
pasayib, siydikning nisbiy zichligi 
1012
dan oshib, bemor tana og'irligini 
ko‘p y o ‘qotmasa va uning umumiy ahvoli qoniqarli holda saqlanib qolsa, 
demak, unda qandsiz diabet yo‘q.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish