har qanday kasallik fikrlashning buzilishiga olib keladi. Tafakkur buzilishi tezligi, izchilligi (sifati), mantiq va samaradorligi bo'yicha 4 turga ajratiladi: 1. Tezligi bo‘yicha: a) fikrlar tezlashuvi; b) fikrlar sekinlashuvi; d) fikrlash jarayonining to'xtab qolishi; e) mentizm. 2. Izchilligi bo‘yicha: a) fikrlar tarqoqligi; b) so'zlarning bog'lanmasligi: d) bo'g'inlar o'rtasida bog'lanish yo'qligi (inkogerensiya); e) so'zlarni bir xilda takrorlayverish (verbigerensiya); f) xulosalarning mantiqqa zid ravishda qurilishi (paralogik tafakkur). 3. Mantiq bo‘yicha: a) nasihatgo'ylik; b) mulohazalilik; d) perseveratsiya; e) autistik fikrlash. 4. Samaradorligi bo‘yicha:
a) ipoxondrik g'oyalar; b) o'ta qimmatli g'oyalar; d) neologizmlar (tushunarsiz so'zlarni gapirish).