3) boshlagan o'yinni oxiriga yetkazmaslik;
4) birovning (ayniqsa, ota-onaning) gapiga quloq solmaslik;
5) o‘z bilganidan qolmaslik,
qaysarlik;
6
) diqqatning pasayishi, uquvsizlik;
7) atrofdagilar ishi va boshqa bolalar o ‘yiniga aralashish, ularga xalaqit
berish;
8
) tez-tez janjal chiqarish, ukalariga azob berish yoki ularga butunlay
befarqlik;
9) o ‘zining narsalarini bog‘cha, m aktab yoki boshqa joyda unutib
qoidirish;
10
) berilgan savolga shoshib javob berish;
1 1
) tez xafa bo‘lish, yig'loqilik;
1 2
) enurez;
13) boshi og‘rib turishi;
14) fikrining tez chalg‘ ishi;
15) sergaplik.
Giperaktiv bolalarning aksariyati o'z tengqurlaridan zehni o ‘tkirligi
bilan ajralib turadi. Shunday bo‘lsa-da, ularning nutqi yaxshi bo‘lmasligi,
nozik h a ra k a tla r ta la b qiluvchi ish la rn i
bajarish yoki yangi
mashg‘ulotlarni o ‘zlashtirishda qiynalishlari mumkin. Ularning ba’zilari,
um um an, rasm solishga n o 'n o q b o ‘lsa, boshqa birlari (ayniqsa,
chapaqaylari) juda kuchli rassom bo‘lishadi. Yuqorida sanab o'tilgan
simptomlarning 70 foizi aniqlangan bolalarga giperaktiv sindrom tashxisi
qo'yiladi.
Oila a ’zolarining bunday bolalar bilan to ‘g‘ri munosabatda boMishi
juda katta aham iyatga ega. G iperaktiv boladagi ortiqcha impulsiv
harakatlami pasaytirish va ularni bir maromga keltirish ota-onadan katta
sabr-toqat talab qiladi. Ularning tarbiyasida bir tom ondan keraksiz
qattiqqo'llikni, ikkinchi tomondan esa ortiqcha rahmdillikni kamaytirish
kerak. Chunki o ‘ta qattiqqo‘llik bolani battar qaysar va o‘jar qilib qo‘ysa,
o ‘ta rahmdillik undagi yig'loqilik va erkalikni kuchaytiradi. Bolani hadeb
urib-so‘kaverish unda butun umrga og‘ir ruhiy jarohatlar qoldiradi.
Bolaga qo'yilgan talab uning yoshiga mos bo'lishi va undan o ‘zi bajara
olmaydigan ishlarni talab qilmaslik kerak.
Bola tarbiyasi haqida uning
yonida bahslashmaslik kerak. Tarbiya faqat tanbehdan iborat bo‘lmasligi
va boladagi har bir kamchilik unga yotig'i bilan tushuntirilishi zarur.
Psixolog ota-onaga giperaktiv bolani davolash uzoq vaqt davom
etishini tushuntirishi va aniq ko‘rsatmalar berishi zarur. Bolaning xulq-
atvoridagi o'zgarishlarni faqat so‘z bilan emas, balki uning fikrini
chalg‘ituvchi ishlar bilan davolash o ‘ta muhimdir. Buning uchun bola
turli to‘garaklar va sportningo‘zi istagan turiga (suzish,
gimnastika, tennis,
25
futbo] va h.k) qatnashishi lozim. Sport bolaning xulq-atvoriga keskin
ijobiy ta ’sir k o 'rsa ta d i. Bolani sportga berishdan oldin uni tibbiy
ko'rikdan o'tkazish va aniqlangan kasalliklarni o'z vaqtida davolash
zarur. Chunki k o 'p hollarda giperaktiv sindrom boladagi bosh miya
kasalliklari va turli surunkali infeksiyalar (tonzilit, gaymorit, otit va h.k)
asoratidan ham bo'lishi mumkin. Nevrolog
olimlar boladagi giperaktiv
sindrom ning as! sababi bosh miya b a ’zi to 'q im ala rin in g tu g 'm a
yetishmovchiligi va notekis rivojlanishi (sababli) deb ham qaramoqdalar.
Bunday paytlarda, odatda, miyaning minimal disfunksiyasi tashxisi
qo'yiladi. Ammo psixologlar bu fikmi inkor qilmagan holda
Do'stlaringiz bilan baham: