Psixologiy asi


E rkaklarda klim akterik sindrom


bet169/208
Sana25.03.2022
Hajmi
#508614
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

E rkaklarda klim akterik sindrom
Erkaklar klimaksi ayollar klimaksi kabi normal fiziologik jarayondir 
va u organizmda qarish davri boshlanganidan dalolat beradi. Erkaklar 
klimaksi hech qanday subyektiv va obyektiv simptomlarsiz kechishi 
mumkin. Agar klimaks 45 yoshgacha kuzatilsa - erta, 60 yoshdan so'ng 
kuzatilsa - kech klimaks, psixonevrologik, kardiologik, urologik va 
boshqa somatik buzilishlar bilan namoyon bo'lsa, patologik klimaks 
hisoblanadi. Erkaklarda 40-70 yoshlar orasida jinsiy bezlarda atrofik 
jarayonlar boshlanadi va androgenlar sintezi pasaya boshlaydi. 
Urug'donlarning testosteronga sezgirligi pasayadi, moyakda degenerativ 
o'zgarishlar yuzaga keladi. Jinsiy a ’zolardagi yallig'lanish kasalliklari, 
ayniqsa, giperplastik jarayonlar, surunkali alkogolizm, kastratsiya, yurak- 
qon tomir sistemasi kasalliklari klimaksning patologik tarzda kechishiga 
turtki bo'lishi mumkin.
Erkaklar klimaksida ham qizib ketishning yog'ilib kelishi, yuz va 
qo'llarning qizarishi, taxikardiya, ko'z oldi qorong'ilashuvi, nafas 
yetishmovchiligi, bosh aylanishi kuzatiladi. Albatta, bu jarayonlar 
kayfiyatning tushib ketishi, jahlning tez ko’tarilishi, arterial qon
328


bosimning oshishi, bosh hamda yurak sohasidagi og'riqlar bilan kechadi. 
Bu davrda prostata bezi adenomasi ko'p kuzatilganligi sababli siydik 
ajratish sistemasi va jinsiy a’zolar faoliyatining buzilishini ko'rsatuvchi 
bir qator simptomlar yuzaga keladi. Siydik yo'llaridagi og'riqlar, 
siyishning qiyinligi, jinsiy faoliyatning susayishi shular jumlasidandir.
Erkaklar klimaksi ayollarnikiga qaraganda yengil kechadi. Biroq 
erkaklar klimaksi klinikasida ham ruhiyat va hissiyotning buzilishlari 
asosiy o'rin tutadi. Bular arzimagan sababdan jahl chiqishi, qo'rquv, 
bezovtalanish, uyqu va xotira buzilishlaridir. Terida ajinlar paydo bo'ladi, 
mushaklar bo'shashadi, jismonan va ruhan tez charchash paydo bo'ladi. 
Odatda, erkaklar klimaksi 2-5 yil davom etib, so'ng simptomlar sekin- 
asta qayta boshlaydi.
Davolash. Erkaklar klimaksini davolash ham ayollar klimaksini 
davolashdagi kabi kompleks tarzda olib boriladi, ya’ni psixoterapiya, 
antidepressantlar, trankvlizatorlar, sedativ dorilar, simptomatik davo, 
fizioterapiya, jismoniy tarbiya, sihatgohlarda davolanish. Gormonlardan 
androgenlar (metiltestosteron, testosteron, sustanon) klimaks og'ir 
kechgan holatlarda, qo'shimcha tarzda esa jinsiy faoliyatni kuchaytiruvchi 
dorilar tavsiya qilinadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish