Ayollarda klimakterik sindrom
Klimakterik sindrom klimakterik davrda bir qancha psixopatologik,
vegetativ, endokrin, somatik va moddaiar almashinuvining buzilishlari
bilan kechadigan sindromdir. Turli ma’lumotlarga ko'ra, klimakterik
davrda klimakterik sindromning uchrash darajasi 40-60 foizni tashkil
qiladi. Ushbu sindrom premenopauza davrida 36-40 foiz, menopauza
boshlanganda 40-80 foiz, menopauzadan keyingi 1 yil mobaynida 26 foiz,
menopauzadan so'ng 2-5 yil o'tgach, 3 foiz bemorlarda uchraydi.
Klinikasi. Klimakterik sindromning klinik ko'rinishi klimakterik
davrda ko'p uchraydigan asab sistemasi va yurak-qon tomir kasalliklariga
ham bog'liq.
Demak, klimakterik sindromning 80 foizga yaqini hayz ko'rish
butunlay to'xtaganda (menopauza) yoki menopauzadan so'ng bir yil
mobaynida rivojlanadi. Aksariyat hollarda, kasallikning boshlanishiga
kuchli ruhiy-hissiy zo'riqish turtki bo'ladi.
K l i m a k t e r i k s i n dr omn i ng klinik belgilari:
322
A. Ruhiy-hissiy buzilishlar:
• jahldorlik;
• uyquchanlik;
• holsizlik;
• bezovtalanish;
• depressiya;
• parishonxotirlik;
• ishtaha buzilishi;
• libidoning pasayishi;
• hissiy zo'riqishlar.
B. Vazomotor buzilishlar:
• birdan qizib ketish (yuz va boshda);
• terga botish, muzlab ketish;
• bosh og'riqlar, bosh aylanishlar;
• arterial gipo yoki gipertoniya;
• taxikardiya, nafas yetishmasligi;
• oyoq-qo‘llar uyushishi, og'riqlar.
D. Urogenital buzilishlar:
• qin namligining yo'qolishi, ya’ni qurib qolishi;
• jinsiy yaqinlik paytida og'riqlar;
• qinning qichishishi, achishishi;
• tez-tez siyish, nikturiya;
• ba’zan siydik tuta olmaslik;
• qin devorining tushishi.
E. Terida kuzatiladigan o'zgarishlar:
• terming qurishi;
• timoqlar sinishi;
• soch tushishi;
• ajinlar paydo bo'lishi.
F. Endokrin buzilishlar:
• semirish;
• osteoporoz;
• qandli diabet;
• qalqonsimon bez faoliyati buzilishlari;
• mastopatiya;
• bo'g'im va mushaklardagi og'riqlar.
Klimakterik sindrom uchun o'ta xos bo'lgan belgi (90-95 foiz) birdan
qizib kctishdir. Bir kunda bir necha m arotaba kuzatiladigan bu
simptomning davomiyligi 1-2 daqiqadir. Tananing yuqori qismi, ayniqsa,
yuz va bosh to'satdan qizib ketadi va bu holat darrov o'tib ketadi. Bu
paytda bemorni kuchli ter bosadi, terisi qizib ketadi, yurak urishi tezligini
323
ba’zan sanab bo‘lmay qoladi, ya’ni u bir daqiqada 150 dan oshib ketishi
mumkin. Kuchli taxikardiya bilan birgalikda arterial qon bosim ham
oshib ketadi. Xafaqon kasali bor bemorlarda arterial qon bosim 200/100
mm.sim.ust. va undan yuqorigacha ko'tarilishi mumkin. Bu xurujning
boshlanishiga ozgina ruhiy siqilish ham sabab bo‘lishi mumkin.
Klimakterik sindromda birdan qizib ketish simptomi gipotalamusning
term oregulyator faoliyati buzilishi bilan tushuntiriladi. Ba’zan
klimakterik xurujni stenokardiya xuruji bilan farqlashga to‘g‘ri keladi,
chunki yurak sohasida ham og‘riqlar kuzatiladi. Klimakterik sindromda
kardialgiyaning kuzatilishi kardiomiotsitlarda moddalar almashinuvining
buzilishi va simpatik irritatsiyaning kuchayishi bilan bog'liq, deb
hisoblanadi. Odatda, klimakterik sindrom mavjud yurak ishemik
kasalligini kuchaytiradi.
Menopauzadan so‘ng organizmning immunologik qarshiligi pasayishi
sababli mavjud surunkali kasalliklar qo‘zg‘alishi mumkin. Bemorning
yuqori nafas yo'llarida o'tkir respirator infeksiyalarga o'xshash holatlar
tez-tez kuzatiladi. Ular sal sovuqda ham tez-tez «shamollab» qolishlari
mumkin. Shuningdek, surunkali bronxit, vazomotor rinit, konyunktivit,
stoma tit, laringit, astma va shu kabi boshqa allergik hamda teri kasalliklari
qo'zg'aladi. Klimakterik sindromda estrogenlar miqdorining pasayishi
ichki a ’zo va sistemalarning turli patologik holatlarga chidamliligini
pasaytiradi, ular tashqi va ichki ta ’sirotlarga sezgir bo'lib qoladi.
Natijada, ichki a ’zolar sohasida, ayniqsa, Zaharin-Xed sohalarida
achishtiruvchi og'riqlar paydo bo'ladi.
Menopauzadan so'ng jinsiy va siydik ajratish a’zolari to'qimalarida
atrofik jarayonlar davom etadi va bunday holat ham estrogenlar
miqdorining pasayishi bilan bog'liqdir. Bachadon va sut bezlarida
o'smaga o'xshash holatlarning paydo bo'lishi, buyrak va bachadon
sohasida og'riqlar, siydikning achishib chiqishi, tez-tez siyish (ayniqsa,
tunda) va libidoning so'nishi klimakterik sindromning barcha turlarida
kuzatiladi. Estrogenlar yetishmovchiligi nafaqat jinsiy a’zolar faoliyatiga,
balki boshqa to'qimalarga ham jiddiy salbiy ta’sir ko'rsatadi. Shuning
uchun ham teri quriy boshlaydi va yupqalashadi, ajinlar paydo bo'ladi,
tirnoqlar mo'rtlashadi, soch to'kiladi.
Klimakterik sindromda ruhiyat va hissiyotning buzilishlari turli-tuman
bo'lib, ular bemorning temperamenti, oilada va jamiyatda tutgan o'rni,
yillar mobaynida shakllanib qolgan xulq-atvori, asab kasalliklari va ruhiy
buzilishlar mavjudligiga bog'liq. Klimakterik sindrom xurujlaridan so'ng
ba’zi bemorlarda depressiya, xavotir va apatiya alomatlari, boshqa birlari-
da esa agressiv holat kuzatiladi. Bu holatlar, albatta, yig'Ioqilik. qo'rquv
va uyqu buzilishlari bilan namoyon bo'ladi. Ular har xil hidlar. yorug'lik
324
va tovushlarga sezgir bo'lib qolishadi, bu narsalar ulami asabiylashtiradi.
Bemor klimakterik xurujlardan so‘ng ortiqcha shovqin-suronlardan
qochib, tinch va qorong‘i xonada dam olishga intiladi.
Kechishi. Klimakterik sindromning kechishi, asosan, uning qachon
va qanday boshlanganligi, kasallik darajasi va albatta, yo'ldosh
kasalliklarning mavjudligiga bog'liq. Ayniqsa, asab sistemasi hamda
yurak-qon tom ir kasalliklari, surunkali infeksiyalar klim akterik
sindromning kechishiga salbiy ta’sir ko'rsatadi, uning uzoq vaqt davom
etishi va asoratlar bilan kechishiga sabab bo'ladi. Shu bilan birga,
klimakterik sindrom ham somatik kasalliklarning kechishini og'irlash-
tiradi. Ma’Iumotlarga ko'ra, klimakterik sindromning deyarli yarmi turli
xil asoratlar bilan kechadi. Bu asoratlar ateroskleroz va yurak ishemik
kasalligining zo'rayishi, gipertonik xurujlarning qo'zishi, oshqozon-ichak
faoliyatining buzilishlari bilan namoyon bo'ladi. Oshqozon-ichak
faoliyatining buzilishlari anoreksiya, og'riqlar, meteorizm va diareya bilan
namoyon bo'ladi.
Klimakterik sindrom kechishi darajasiga qarab, yengil, o‘rtacha va
og‘ir turlari farq qilinadi. U larni farqlash, asosan, klim akterik
xurujlarning soniga qarab belgilanadi. Agar birdan qizib ketish xuruji
kuniga 10 martagacha kuzatilsa - yengil, 10-20 martagacha kuzatilsa -
o‘rtacha, undan ko'p kuzatilsa - og‘ir kechishi deb yuritiladi. Klimakterik
sindromning yengil kechishi deyarli 20 foiz, o'rta darajada kechishi 30
foiz va og'ir kechishi 50 foizni tashkil qiladi. Albatta, mutaxassislarning
ma’lumotlari bir-biridan biroz farq qiladi, ammo aksariyatida klimakterik
sindromning har ikkinchi bemorda og'ir kechishi ta’kidlanadi.
Klimakterik sindromning yengil kechishida bemorning umumiy ahvoli
qoniqarli, somatik buzilishlar kam kuzatiladi, biroq uning jismoniy va
aqliy mehnat faoliyati biroz susaygan bo'ladi. Sindromning o'rtacha
turida neyrovegetativ, somatik va endokrin buzilishlar kuchliroq bo'ladi.
Bemorda bosh og'riqlari, bosh aylanishi, yurak urishlari, uyqu va xotira
buzilishlari, tananing turli joyida og'riqlar, oshqozon-ichak faoliyati
buzilishlari kabi simptomlar aniqlanadi. Sanab o'tilgan ushbu barcha
belgilar kuchli darajadagi xavotirli-depressiya buzilishlar bilan kechadi.
Bular bemorning mehnat va hayot faoliyatini keskin pasaytiradi.
Klimakterik sindromning og'ir kechishida xurujlar sonidan tashqari,
kuchli darajada va asoratlar bilan kechuvchi somatik buzilishlarning ham
o'rni katta. Kasallikning og'ir turida bemorlarga uy sharoitida bir kunda
bir necha bor tez tibbiy yordam ko'rsatish va aksariyat hollarda
shifoxonaga joylashga to'g'ri keladi. Ular ko'pincha paroksizmal taxikar-
diya, arterial gipertoniya va yurak ishemik kasalligi xurujlari tashxislari
bilan kardiologiya bo'limiga yotqiziladi. Odatda, klimakterik sindrom
325
qancha erta boshlansa, shuncha og‘ir kechadi va uzoq davom etadi.
Masalan, 40-45 yoshgacha kuzatilgan menopauzalarda kasallik shunday
kechadi. Albatta, bu davr mehnat faoliyati davri bo'lganligi sababli ham
kasallikning og‘ir kechishi bemorlarni ishga layoqatsiz qilib qo'yadi.
Xurujlar tez-tez takrorlangani sababli bemorning yaqinlaridan biri uni
parvarish qilish uchun uyda qolishga majbur bo'ladi.
Diagnostikasi. Klimakterik sindromi bor bemorlar zarur mutaxassislar
va bir qancha tekshiruv muolajalaridan o'tishlari zarur. Ayniqsa,
ginekolog, endokrinolog, nevropatolog, kardiolog va albatta, psixolog
ko'riklari zarur bo'ladi. Umumiy amaliyot shifokori esa klimakterik
sindromni to'g'ri aniqlash uchun mutaxassislar tekshiruvlarini tashkil
qilishi va ularning xulosalaridan so'ng bemorni davolashni o'z nazoratiga
olishi zarur.
Tashxisni to'g'ri aniqlash uchun umumiy amaliyot shifokori quyidagi
tekshiruvlarni tashkillashtiradi: mutaxassislardan terapevt, ginekolog,
nevropatolog, endokrinolog, mammolog, urolog va zaruratga qarab
boshqa mutaxassislar ko'rigim; paraklinik tekshiruvlardan EKG, EEG,
kraniogram ma yoki gipotalam o-gipofizar sohani ko'rish uchun
kompyuter tomografiya, arterial qon bosim monitoringi ichki tos
a ’zolarini ultratovush tekshiruvlar, m ammografiya, lab o rato r
tekshiruvlardan elektrolitlar, qand miqdori, gormonlar (estrogen,
progesteron, qalqonsimon bez gormonlari) tekshiriladi. Shuningdek,
atipik hujayralami aniqlash uchun sitologik tekshiruvlar ham o'tkaziladi.
Davolash dasturi. Tashxis to'g'ri aniqlangandan so'ng uning kechishiga
mos ravishda davolash dasturi ishlab chiqiladi. U bir nechta bosqich va
muolajalardan iborat bo'lib, kompleks tarzda olib borilsa, ijobiy natijaga
erishish oson bo'ladi. Bular:
1) mehnat va dam olishni to'g'ri tashkil etish;
2) ratsional ovqatlanish;
3) ratsional psixoterapiya;
4) psixofarma-koterapiya (antidepressantlar, trankvlizatorlar, sedativ
vositalar, ba’zan neyroleptiklar);
5) fizioterapevtik muolajalar va jismoniy tarbiya;
6
) (3 -adrenoblokatorlar;
7) gormonoterapiya, vitaminoterapiya;
8) osteoporozni davolash;
9) dam olish sihatgohlarida davolanish.
Jismoniy mashqlar. Bemorlarni davolashda oddiy badantarbiyadan
tortib, to maxsus jismoniy mashqlargacha tavsiya etiladi. Ularning ijobiy
ta’siri juda kattadir. Bemor har kuni ertalab 15-20 daqiqa badantarbiya
326
qilishi, haftasiga 2-3 marotaba sog'lomlashtirish markazlaridagi turli
jismoniy mashqlarda qatnashishi lozim, ayniqsa, suzishning ahamiyati
katta. Bemorlar uchun ertalabki sekin qadam lar bilan yugurish,
tushlikdan so'ng ko‘chaga sayrga-chiqib turish ham juda ahamiyatlidir.
Jismoniy m ashqlar to'qim alam ing kislorod bilan ta ’minlanishini
kuchaytiradi, yurak faoliyatini mustahkamlaydi, organizmning turli
infeksiyalarga qarshiligini oshiradi. Shuning uchun ham barcha
to'qim alarda moddalar almashinuvining buzilishi bilan kechuvchi
klimakterik sindromda rejali tarzda olib boriladigan sportning yengil
turlari mutaxassislar tomonidan ko'p tavsiya qilinadi. Shuningdek,
umumiy yoki bo'yin-yelka sohalariga massaj ham buyuriladi. Jismoniy
mashqlar bemorning ruhiyatiga ham ijobiy ta ’sir ko'rsatib, xurujlar sonini
kamaytirishga yoki yengil o'tishiga yordam beradi.
Ratsional ovqatlanish. Klimakterik sindromda anoreksiya va bulimiya
holatlarining ko'p kuzatilishi ovqatlanish tartibini buzib yuboradi.
Shuning uchun ham ratsional ovqatlanish qonun-qoidalarini ishlab
chiqish va har bir bemor uchun individual tarzda qo'llash o'ta muhimdir.
Ovqat sifatli, vitaminlarga boy, yengil hazm bo'ladigan va osh tuzini
kam ishlatib tayyorlangan bo'lishi lozim. Ovqat, asosan, o'simlik yog'ida
tayyorlanishi, meva va sabzavotlar ko'p, uglevodlar esa kam iste’mol
qilinishi lozim. Polivitaminlar ham buyuriladi.
Sihatgohlarda davolanish. Organizmni tabiiy chiniqtirish uchun
sihatgohlarda dam olish, ayniqsa, shanba, yakshanba kunlari dam olish
maskanlariga chiqib turish, uy sharoitlarida esa turli giyohlardan iborat
vannalar va sovuqroq suvlarda dush qabul qilish ham buyuriladi.
Kislorodli, radonli va yod-bromli vannalar buyurish, igna bilan davolash
ham yaxshi yordam ko'rsatadi. Shuningdek, suv osti massajlari, balchiq
bilan davolash, ko'rsatmalarga qarab dorilarni elektroforez orqali
yuborish ham mumkin. Chunki faol ta ’sir ko'rsatuvchi fizioterapevtik
muolajalar arterial qon bosimning tez-tez ko'tarilib turishi, bachadon
miomasi va mastopatiyalarda mumkin emas. Sihatgohlarda bunday
muolajalar bilan davolanish, asosan, klimakterik sindromning yengil,
ba’zan o 'rta darajada kechuvchi turlarida buyuriladi. Klimakterik
sindromning og'ir turida esa fizioterapevtik muolajalar mumkin emas.
Gormonoterapiya. Gormonlar klimakterik sindromning yengil turida
buyurilmaydi. Gormonoterapiyaning maqsadi klimakterik sindromda
kuzatiladigan gormonlar yetishmovchiligining o'rnini qoplashdir. Shu
maqsadda estrogenlar, gestagenlar va androgenlar qo'llanilishi mumkin.
Gormonlar bilan davolash va qanday gormon tavsiya qilishni ginekolog
yoki shu sohada faoliyat ko'rsatuvchi endokrinolog hal qiladi. Gormon
bilan davolashga monelik qiluvchi holatlar quyidagilardir: bachadon.
327
tuxumdon va sut bezi o‘smalari, bachadon va boshqa ichki a’zolardan
qon ketishi, o ‘tkir tromboflebit, buyrak va jigar yetishmovchiliklari,
xafaqon kasalligining og‘ir turlari, qandli diabet.
Klimakterik sindromda davolash muolajalarini erta boshlash o'ta
muhimdir, 1-2 yildan oshiqroq maxsus davolash muolajalarini qabul
qilmay yurgan bemorlarda davolash biroz qiyin kechadi. Odatda, davolash
muolajalari to‘g‘ri boshlansa, 6 oy ichida klimakterik sindromning klinik
ko'rinishlari va xurujlar sonini ancha pasaytirish mumkin.
Profilaktika. Aksariyat mutaxassislarning fikricha, ayollarni zarur
tibbiy-psixologik tekshiruvlardan o'tkazib, klimakterik davrga psixologik
tayyorlash bu sindromning ancha yengil o‘tishiga yordam beradi. Ular
klimakterik davr barcha ayollarda ertami-kechmi, albatta, kuzatilishi,
uning sabablari, qanday kechishi, klinik ko'rinishi, davolash usullari va
profilaktikasi haqida batafsil ma’lumotga ega bo'lishi zarur. Ayollarni
klimakterik davrga tayyorlashda umumiy amaliyot shifokoriga katta
mas’uliyat yuklatilgan. Chunki turli kasalliklar sababli aksariyat ayollar
unga murojaat qiladi. Umumiy amaliyot shifokori 35-40 dan oshgan
barcha ayollar bilan ushbu sindrom haqida suhbatlar o'tkazishi zarur.
Klimakterik sindrom haqida to'la ma’lumotga ega bo'lgach, ayollar
o'zida mavjud bo'lgan kasalliklardan davolanishga hamda ruhan va
iismonan faol hayot tarziga o'tishga intilishadi, albatta.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |