Psixologiy asi


bet51/208
Sana25.03.2022
Hajmi
#508614
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

ix tiy o r siz
va 
ix tiy o r iy
b o 'lad i. K undalik ku zatuvlar va maxsus ta jrib alard an m a ’lum ki, 
axborotning zarurligini anglagan odam larda eslab qolish durustroq 
bo'ladi. M aterialni tushunib olish eslab qolish uchun yanada katta 
ahamiyat kasb etadi. Tushunarsiz yoki yaxshi tushunilmagan materialni 
eslab qolish mushkulroq va aksincha, aniq misollar keltirilgan materialni 
puxta egallash va eslab qolish oson bo'ladi. Masalan, kerakli materialni 
odam keraksiziga qaraganda 9 m arotaba yaxshiroq eslab qolar ekan. 
O'qitish jarayonida o'quvchilar diqqati o'rgatilayotgan materialga dalillar 
bilan qaratilsa, yanada yaxshiroq eslab qolinadi. Bu usuldan, ayniqsa, 
nazariy ilmlarni o'qitishda unumli foydalanish mumkin. Masalan, biron- 
bir klinik masala yetarlicha tushunarli bo'lmasa, uni eslab qolish mushkul, 
albatta. Biroq, bu masalani o'rganish m obaynida talabalar bevosita 
ishtirok etishsa va tushunib borishsa, uni yaxshi eslab qolishadi.
Eslab qolish o 'rg an ilay o tg an narsaning n aq ad ar qiziqarli yoki 
zarurligiga ham bog'liq. Qiziqarli yoki qiziqarsiz kitobni o'qib bunga 
iqror bo'lish mumkin. Shuningdek, odamda muayyan his-tuyg'ularga 
sabab bo'ladigan voqealar osonroq esda qolishini yuqorida aytib o'tgan 
edik. Juda ham kuchli hayajonga keltiruvchi voqealar esa ko'pincha, 
butun umr esda saqlanib qoladi.
M a’lumki, eslab qolish turli xil analizatorlar orqali amalga oshiriladi. 
M aterialni idrok etishda qatnashuvchi retseptorlar va analizatorlar 
nechog'lik ko'p bo'lsa, eslab qolish shunchalik soz bo'ladi. Haqiqatan 
ham qandaydir tibbiy moslamaning tuzilishi va ishlash uslubini yaxshi eslab 
qolish uchun u haqda eshitish (eshituv analizatorlari), chizma va modellarni 
ko'rib chiqish (ko'ruv analizatorlari), uning qismlarini yig'ish va ajratish 
(kinestetik sezgi) da ishtirok etish kerak. Maktablarda ko'rgazmali o'qitish 
maqsadi ham ana shu mexanizmlarga asoslangan bo'ladi.
Konspekt yozishni to'g'ri tashkil etish eslab qolishningmuhim shartlaridan 
biridir. Faqat to'g'ri yozilgan konspekt matni yaxshi eslab qolinadi. Konspekt 
yozganda kitobdan matnni anglamasdan turib daftarga qisqartirgan holda 
ko'chirib qo'yish materialni eslab qolishda qiyinchilik tug'diradi. Buning 
uchun uni bir yoki bir necha marta o'qib chiqish o'ta foydalidir.
M aterialni yaxshi tushunib olgandan so'ng konspekt qilinsa yoki 
diqqat bilan qayta-qayta o'qilsa uning mazmuni yaxshi eslab qolinadi 
va xotirada uzoq vaqtgacha saqlanadi. Materialni qayta-qayta o'qish 
orasidagi vaqt esa uni o'zlashtirishda katta ahamiyat kasb etadi. Tajriba 
paytida sinaluvchilardan m atnni to 'la eslab qolishi uchun har yarim 
soatda, har ikki soatda va bir kunda bir marta qayta o'qish talab qilingan.
94


Aniqlanishicha, matnni har yarim soatda qayta o‘qishda uni esda olib 
qolish uchun 
11
marta takrorlash, orada ikki soat tanaffus qilib o‘qilsa,
7 marta, kuniga faqat bir marta o ‘qilsa, atigi 4 marta takrorlash kerak 
bo‘lar ekan. Bundan xulosa shuki, m atn yaxshi yodda qolishi uchun 
takrorlash orasidagi vaqt uzoqroq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda o‘qitish muassasalarida berilgan materialni yaxshi eslab 
qolish ustida ko'p tadqiqotlar olib borilmoqda. Chunki yaxshi eslab qolingan 
m aterialni tushunish oson b o 'lad i. Buning uchun k o 'p g in a o 'q u v
m askanlarida, ayniqsa, institut va universitetlarda yangi pedagogik 
texnologiyalar keng joriy qilinmoqda. Bu yerda Konfutsiyning quyidagi 
so'zlarini keltirish maqsadga muvofiq: «

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish