A lbatta, bu kashfiyotlar o ‘sha davrdagi
olim larni hayratga soladi, y a ’ni ular bosh
miyada turli markazlarni, hatto ong, xotira,
tafakkur markazlarini izlay boshlashadi. Shu
davrdan boshlab, «lokalizatsionizm» degan
oqim yuzaga keladi. Fransuzchada bu so‘z
«joy» degan m a’noni bildiradi.
1870-yili Finkelnburg lokalizatsionchilarga
qarsh i chiqib, bosh miya p o ‘stlo g ‘i
zararlanganda «asimboliya» rivojlanadi, deb
aytadi, ya’ni simvollami ishlatish qobiliyati
buzilishi natijasida nutq, narsalami tanish va
turli ongli harakatlar buziladi, degan fikrni
ilgari suradi. L okalizatsionchilar nuqtai
nazarin i
1864-1874-yillari
o 'zin in g
kuzatuvlariga asoslanib, mashhur ingliz nevrologi D. Jekson tanqidiy tahlil
qildi. D. Jekson, asosan, nutqning dinamik tomonlari bilan qiziqdi. U
«Bosh miyada nutq buzilishiga sabab bo‘lgan zararlanishni joylashtirish»
va «nutqning o'zini joylashtirish» ikki xil narsadir», degan edi.
D. Jekson afaziyada nutq funksiyasining to‘la yo‘qolmasligiga e’tibor
berdi. Afaziya kuzatilgan bemorda maqsadga yo'naltirilgan nutq buzilishi
mumkin, biroq hissiy nutq saqlanib qoladi, deb fikr yuritadi. Masalan,
biron-bir so'zni bemor affekt holatida aytib yuborishi, ixtiyoriy holda
esa gapira olmasligi mumkin. D. Jekson «Nutqini yo'qotgan odam
so'zlardan ham judo bo'lgan, degani emas, chunki so'zning anglanmagan
qismi ham mavjud», degan edi. Shuning uchun «nutqidan judo» bo'lgan
bem orning fikrlash jaray o n i biroz pasaysa-da, hali fikr yuritishga
qobiliyatli. D. Jekson «M aqsadga yo'naltirilgan nutq bosh miyaning
chap yarim shari, hissiy nutq o'ng yarim shari faoliyati bilan bog'liq»,
deb aytgan.
D. Jekson birinchilardan bo'lib, markaziy asab tizimi funksiyalarming
murakkab tuzilishi to'g'risidagi g'oyani ilgari surdi.
D. Jekson fikriga ko'ra, har bir funksiya uchta bosqichdan iborat:
«quyi» (orqa miya, miya ustuni), «o'rta» (bosh miya po'stlog'ining
harakat va sezgi markazlari) va «oliy» (bosh miyaning peshona bo'lagi).
«Oliy» markazlar zararlanganda nafaqat patologik simptomlar paydo
bo'ladi, balki ijobiy o'zgarishlar ham kuzatiladi: «quyi» markazlar «oliy»
markazlar nazoratidan xalos bo'lib, o'z faoliyatini kuchaytiradi. Bunga
m arkaziy piram idal y o 'lla r zara rla n g a n d a spinal reflek slarn in g
kuchayishini misol qilib ko'rsatish mumkin.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: