id, ego
va
super-ego.
«Id» - bu
instinktlar. U ongdan xolis. «Ego» - bu Men. Uning ongi bor. «Super
ego», y a ’ni Super-m en - bu odam ni o ‘rab turgan m uhit, jam iyat. U
o d a m n in g x u lq -a tv o rin i « y u q o rid a n » n a z o ra t q ilib tu ra d i. Bu
tushunchalam ing har biriga ta ’rif berib chiqamiz.
Id yoki instinktlar. Z. Freydning fikricha, evolyutsiyaning dastlabki
bosqichida o ‘z-o‘zini saqlash, ya’ni ovqat izlash instinkti odamning xulq-
atvorini belgilab bergan, shu bilan parallel holda yoki biroz so ‘ng bu
funksiyani k o ‘payish instinkti, ya’ni seksual instinkt bajara boshlagan.
Bu instinktlar «id» ning o'zginasidir. «Id» ongda aks etmaydi, u ong
ostida joylashgan, to ‘g‘rirogM, ong ostiga tiqishtirilgan. «Id» qoniqish
prinsiplariga asoslanib faoliyat ko'rsatadi. Bu yerda jinsiy qoniqish alohida
o ‘rin tutadi. Z. Freyd jinsiy mayl tushunchasini bag ‘oyat kengaytirib
yuboradi. Y a’ni Z. Freyd ta ’limoti bo'yicha jinsiy mayl odamning xatti-
harakatini tugMlganidan buyon boshqarib keladi. Z.Freyd
«Qondirilmagan
his-tiiyg'u yo k i maylning ruhiy quvvati ong ostida to'planib boradi va o'z
29-rasm. Psixoanalitiklar «Men», «Super-men» va «Id» orasidagi
munosabatlarni qaltis joyda otni boshqarayotgan chavandozga
o‘xshatishadi; «Men» - bu chavandoz, «Super-mcn» - atrof-muhit,
«Id» - katta kuchga ega ot.
134
ifodasini topishga urinadi»,
deb fikr yuritadi. Mayllar ichida u libidoni
asosiy o ‘ringa qo‘ygan.
«Id» doimo «men» va «super-men» bilan murosasiz jang olib boradi,
chunki ular «id» ni doimo nazorat qilishga intiladi. «Id» kuchli energiyaga
ega b o ‘lsa-da, «men» uni ong ostidan suzib chiqishiga yo‘l qo'ym aydi.
Shuning uchun ham «id» tajovuzkordir.
«M en» nazoratni t o ‘la q o ‘lga olgunga q a d a r in stin k tlar g o ‘yoki
odam ning hayot tarzini, ya’ni xulq-atvorini belgilab bergan.
«M en»ning rivojlanishi odam ning hayot tarzini o'zgartirib yubordi
va u n in g x u lq -a tv o rin i n a z o r a t o s tig a o ld i. S h u n g a q a ra m a y ,
psixoanalitiklar «id» ga odamning hayot tarzini belgilab beruvchi asosiy
m anba sifatida qarashadi.
«Id» o ‘z g a rm as, «m en» esa r iv o jla n ib b o ra d i. O d am b o s h q a
jonzotlardan aql-zakovatning, ya’ni ongning borligi bilan farq qiladi.
D em ak, ong «men» d em akdir. A gar odam faqat «id» ga b o 'y su n ib
yashaganida edi, uning hayot tarzi hayvonlarnikiga o ‘xshab qolardi.
Vaholanki, odam faoliyati ongli jarayondir va u o ‘z xatti-harakatlarida
ham asosan ongga tayanadi.
P six o an a litik la r o dam ni, a n iq ro g ‘i uning ruhini tirik hu jay rag a
o'xshatishadi. Bunda hujayraning tashqi pardasi «men» bo'lsa, uning
ichki tarkibi «id» dir. H ujayraning ichida m oddalar almashinuvi natijasida
k atta energiya to'planadi va kuchli energiyaga ega bo'lgan «id» tashqariga
yorib chiqqisi keladi. Bunga esa hujayraning tashqi pardasi, y a ’ni «men»
yo‘l qo'ym aydi. Xo‘sh unda «Super-men» nima? M a ’lumki, hujayralar
to ‘plami to'qim ani, to'qim alar a ’zolam i, a ’zolar esa organizmni tashkil
qiladi. Dem ak, «Super-men» barcha «men»larning yig'indisidir. H ujayra
organizm da hayot kechirgani kabi organizm ham hujayrasiz yashay
olm aydi. O rganizm - bu «super-m en». «Super-m en» - bu ja m iy a t,
m a d a n iy a t, axloq va din n ing ta la b la r i. «Super-m en» «men» b ila n
birgalikda seksual xususiyatlarga boy bo'lgan «id» ni nazorat qiladi va
ular orasidagi ziddiyatlami kuchaytiradi.
Z.Freydning fikriga k o 'ra, nevrozlarning kelib chiqishiga «Super-men»
va «men» sababchi. Psixoanalitiklar nevrozlam i psixoterapevtik yo'l bilan
davolashda aynan mana shu nazoratni kam aytirish yoki to'xtatishga va
shu yo'l bilan «id» ning ongga suzib chiqishiga yordam berishadi. Buning
natijasida «id» ning tajovuzkorligi pasayib, nevroz belgilari chekinadi.
Z. Freyd «men» va «id» orasidagi m unosabatlarni chavandoz bilan ot
orasidagi m unosabatlarga qiyoslab ham tushuntirib bergan (29-rasm).
Freydgacha A.Shopengauer xuddi shunday qiyoslashni iroda va tafakkur
orasidagi m unosabatlarni o'rganish uchun ishlatgan edi. Chavandoz otni
o'zi boshqarsa-da, faqat uning quvvati hisobiga harakatlanadi. K erak
135
paytda chavandoz o'zanni q attiq ushlab otni to‘xtatishi va o ‘zi istagan
tomonga yo'naltira olishi zarur, aks holda u yiqilib qattiq jaro h a t oladi
yoki halok bo'ladi. Ba’zi vaziyatlarda qachon to'xtash va qaysi tomonga
yurish kerakligini chavandoz emas, balki otning o'zi tanlaydi. M asalan,
chavandoz uxlab qoladi, charchaydi yoki kasal bo'lib qoladi.
«Men» (chavandoz) ning ahvoli «id» (ot) ning ahvoliga qaraganda
biroz m urakkabroq. Chunki «men» bir tom ondan atrof-m uhitning, y a’ni
tashqi olamning qonun-qoidalariga amal qilishi, ikkinchi tom ondan esa
kuchli ot («id») ni boshqarishi kerak. «Men» ham tashqi olamning, y a ’ni
«super-men»ning talablarini, ham «id»ning ehtiyojlarini qondirishi uchun
doim xavotirda yashaydi. Bu talablarni bajarish uchun «men» doim sergak
turishi kerak, ular bajarilm asa, aybdorlik hissi aynan uning bo'yniga
tushadi. Dem ak, «men» doim o o'zini him oya qilish yo'llarini izlaydi.
Z. Freyd nevrozlarning kelib chiqishini ushbu ziddiyatli m unosabatlardan
izlagan.
Keyinchalik Z. Freyd yaralangan harbiy xizmatchilarda ham nevroz
va isteriya holatlarini kuzatadi. Bu kasalliklarni jinsiy mayl bilan izohlab
bo'lmasdi, albatta. Endi Z.Freyd ong ostiga qam algan va qondirilmagan
ehtiyojlarni boshqacha y o 'l bilan qondirish y o 'llarin i izladi, y a ’ni u
seksual faoliyatni b o sh q a faoliyat bilan alm ashtirish (sublim atsiya)
m um kinligini ilgari surdi. Bu faoliyat nima? U nda axloq qonunlariga
zid kelmaydigan faoliyatlar (fan, m adaniyat, sport, ijod va h.k) kiradi.
Bu nazariyani Z. Freydgacha ham o'rganishgan. Biroq Z. Freyd insoniyat
yaratgan madaniy boyliklarni ana shu xil evrilish (sublimatsiya) mahsuli
deb bildi.
U m u m an o lg a n d a , p s ix o a n a iitik y o 'l b ila n d a v o la s h n im a g a
asoslangan? Oddiyroq qilib tushuntirganda, psixoanaiitik bilan yoliz
qolgan mijoz o'zini erkin qo'yib, ko'zlarini yarim yumgan holda yotadi
yoki bemalol o 'tira d i va xayoliga kelgan barcha fikrlarini oqizm ay-
tomizmay so'zlab beradi. Bu yerda birorta ham sir qolmasligi va bemor
u yalm asligi k erak . M a ’n o li s o 'z la rm i, m a ’nosizm i, b em o r u la rn i
psixoanalitikka ochib tashlashi kerak, zarur bo'lsa, bu maqsadga erishish
uchun gipnoz ham qo'llaniladi. Ana shundagina, Z. Freyd ta ’biri bilan
aytganda, ruhiy poklanish, ya’ni «katarsis» ro'y beradi va tuzalishjarayoni
jadal kechadi. Z. Freydning fikricha, eng muhimi m azkur assotsiatsiyalar
ong tomonidan boshqarilmasligi kerak va bemor fikrini erkin ifodalashi
zarur. Psixoanalitiklarning t a ’kidlashicha, ana shundagina ong ostiga
qam algan xo h ish -istak lar va ong to m o n id an taqiq lang an ziddiyatli
m uam m olar o'z yechimini topadi va natijada nevroz chekinadi.
136
Download Do'stlaringiz bilan baham: |