18-rasm. Yarimsharlararo optik impulslami o'tkazish mexanizmlarini o'rganish
uchun mushaklar bilan S peni o‘tkazgan tajribalar (1964). A - bitta ko‘z bog'liq
bo‘lsa-da, impulslar xiazma orqali ikkinchi yarim sharga o ‘tkaziladi; B - agar bir
ko‘zni bog‘lab, xiazmani kesib qo‘ysa ham, impulslar targ‘il tana orqali ikkinchi
yarim sharga uzatiladi: V - bir ko‘zni bog‘lab, xiazma va targ‘il tana kesib qo‘yilsa,
ko‘ruv impulslari ikkinchi yarim sharga o ‘tmaydi, ya’ni bir ko'zdan qabul qilingan
impuls miyaning o‘sha tomondagi yarim shariga tushadi, xolos.
impulslarini o'tkazuvchi xiazmaning ichki tolalari kesishgan bo'ladi
va buning natijasida bir ko'zdan tushuvchi impulslar bosh miyaning
ikkala yarim shariga ham uzatiladi (18-rasm,
A, B, V).
Shuning uchun
bir ko'zni bog'lab qo'yib, ikkinchi ko'z orqali uzatilgan impuls ikkala
yarim sharda ham qabul qilinadi
(A).
Tajriba xiazmaning ichki tolalari
kesib q o 'y ilib o 'tk a z ilg a n d a ham , b itta k o 'z o rq ali y u b o rilg an
im pulslar m iyaning ikkala yarim sharida ham aks etgan. C hunki
miyaning birinchi yarmiga tushgan ko'ruv impulslari qadoqsimon tana
orqali uning ikkinchi yarmiga uzatiladi
(B).
Keyin tajriba xiazmani
ham , q ad o q sim o n ta n a n i ham kesib q o 'y ib o 'tk a z ila d i. B uning
natijasida birinchi yarim sharga uzatilgan ko'ruv impulslari ikkinchi
yarim sharga o 'ta olm aydi
(V).
D em ak, qadoqsim on ta n a orqali
92
a x b o r o tla r
bir
yarim
s h a rd a n
ik k i n chisiga
o ’tib ,
bosh
m iya
po'stlog'ida xotira izlarini qoldirar ekan.
Shunga
o 'x sh a sh
ta jrib a la r
m aym unlarda ham o'tkazilgan. U larda
o 'z ig a
xos «shax siy atnin g ikkiga
bo'linishi» yuz bergan. U shbu tajriba
o'tkazilgan maymun bir ko'zi bilan ilonga
q a ra b tu rib , u n d an q o 'rq q a n b o 'ls a ,
ikkinchi ko'zi uni ko'rganda, qo'rqm ay
qarab turavergan.
Xotiraning keskin buzilishi gippokamp
va so'rg'ichsimon tana zararlanishlarida
ham yaxshi o'rganilgan. Gippokamp ikki
tomonlama olib tashlangan bemorga bir
necha to p sh iriq n i eslab qolish ta k lif
etilganda, ularni osongina esda saqlagan. Lekin bir necha daqiqa o'tgach,
ularni mutlaqo unutib yuborgan.
K o'ruv do'ngligi (talamus) ga qon quyilgan N. ismli bemor 7 yil
m obaynida kuzatuvimizda bo'lgan (Z.R. Ibodullayev, 2001-2007). U
insultdan so'ng voqea va hodisalarni tez fursatda unutadigan b o'lib
qolgan edi, ya’ni u hozirgina bo'lib o'tgan voqealami 5-10 daqiqa o'tgach,
mutlaqo unutib yuborardi. Insult bo'lguniga qadar yuz bergan barcha
voqealarni esa eslab, batafsil so'zlab bersa-da, uni 5 yildan buyon nazorat
qilayotgan vrachning yuz tuzilishi, yoshi, ismi va berilgan tavsiyalarni
esida saqlab qolmasdi. Bemordan 5-10 daqiqadan so'ng vrach uni qanday
tekshirgani va nimalar degani so'ralsa, hech birini aytib bera olmasdi,
y a’ni axborot tezda unutilardi. Bu holat Korsakov amneziyasining bir
klinik ko'rinishidir. Bemor bosh miyasining kompyuter tomografiyasi
19-rasmda keltirilgan.
Xotira jarayonini ta’minlashda po'stloq osti tuzilmalarining ham roli
k atta. O dam miyasiga oltindan tayyorlangan elektrodlarni chuqur
joylashtirib, xotira muammosiga doir bir qator qiziqarli qonuniyatlarni
ochib berishgan. Tajribalarda ko'rsatib berilishicha, odamning miyasi
m a ’lum bir vaqt ichida faqat bitta, muayyan faoliyat bilan m ashg'ul
bo'ladi. K o'pgina tajribalarga asoslanib, po'stloq osti tuzilmalarining
xotirada axborotni ushlab turishida talamusning ventral yadrosi, oq shar
va dumli yadro ishtiroki aniqlangan.
U muman olganda, xotira mexanizmlarini o'rganishga doir turli xil
nazariya va yondashuvlar mavjud, lekin ular yetarli darajada mukammal
emas.
93
4.6. Eslab qolish
Eslab qolish xotiraning birinchi bosqichi b o ‘lib,
Download Do'stlaringiz bilan baham: |