Psixologiy asi


0 ‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasining rivojlanish



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

18


0 ‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasining rivojlanish
tarixi
0
‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasi fani tibbiyot institutlarining 
asab kasalliklari kafedrasi tarkibida, O'zbekiston Milliy universitetining 
umumiy psixologiya, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika 
universitetining amaliy psixologlar tayyorlash kafedralarida o'q itib
kdinmoqda. Uzoq yillar tibbiyot psixologiyasiga psixiatriyaning bir qismi 
sifatida qaralgan va ushbu fanni faqat psixiatrlar o'qitib kelgan. Shuning 
uchun b o ‘lsa kerak, tibbiyot psixologiyasi b o ‘yicha tuzilgan o ‘quv 
dasturlari psixiatriya fani bo'yicha tuzilgan dasturlarga juda o'xshab 
ketgan va ular boshqa rivojlangan davlatlarning o'quv dasturlaridan 
keskin farq qilgan.
XX 
asrning 90-yillarida M DH davlatlarida tibbiyot psixologiyasini 
o 'q itis h g a oid b a h s -m u n o z a ra la r b o sh la n ib ketdi. T ib b iy o t 
psixologiyasini «Klinik psixologiya» deb atash lozimligi haqida tavsiyalar 
paydo bo'la boshladi. N afaqat tibbiyot universitetlarida, balki boshqa 
universitetlarda ham «Klinik psixologiya» kafedralari tashkil qilindi. 
Masalan, Moskva Davlat Universitetidagi «Neyro va patopsixologiya» 
kafedrasining nomi «Klinik psixologiya» deb o'zgartirildi. Klinik 
psixologiyani kim o'qitishi kerak degan savol ko'ndalang turdi. Tibbiyot 
o liy g o h larin i tu g a tg an m u tax assism i yoki um um iy psixologiya 
fakultetlarida klinik psixologiya yo'nalishida ta ’lirn olgan mutaxassismi? 
R iv o jlan g an xorij d a v la tla rid a tib b iy o t va um um iy psixologiya 
yo'nalishidagi oliygohlarni tugatgan mutaxassislar «Klinik psixologiya» 
kafedralarida dars berish huquqlariga egadirlar. Biroq ular «Klinik 
psixologiya» bo'yicha magistrlik diplomini himoya qilgan bo'lishlari 
kerak.
0
‘zbekistonda tibbiyot psixologiyasini o'qitish konsepsiyasini ishlab 
chiqish va sog'liqni saqlash tizimi uchun malakali tibbiy psixologlar 
tayyorlashni keng yo'lga qo'yish kerak. Bugungi zamon talabi ham 
shu. Buning uchun T o sh k e n t tib b iy o t ak adem iyasida «Tibbiyot 
psixologiyasi» bo'yicha m agistratura tashkil etish maqsadga muvofiq. 
Unga nafaqat tibbiyot institutlarida bakalavriaturani tugatganlar, balki 
O'zbekiston Milliy universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat 
pedagogika universitetlarining psixologiya fakultetlarini tugatganlarni 
ham qabul qilish lozim. Keyinchalik esa boshqa universitetlardan ham 
psixologiya fani bo'yicha bakalavriaturani tugatganlarni qabul qilish 
mumkin.
«T ib biyo t psixologiyasi» b o 'y ic h a m a g is tra tu ra n i tu g atg an
mutaxassislar umumiy amaliyot shifokorlari, oliy malakali hamshiralar
19


va tor doiradagi mutaxassislar bilan bir qatorda sog'liqni saqlash tizimida 
faoliyat k o ‘rsatishlari kerak. A lb atta, bem orlarga tibbiy yordam
ko‘rsatuvchi mutaxassislar tibbiy ilmga ega bo'lishlari zarur. Xuddi tibbiy 
yordam ni m utaxassis k o 'rsa tg an i kabi, psixologik yordam ni ham 
mutaxassis ko'rsatishi kerak. Buning uchun Oliy o'quv yurtlarida klinik 
psixologiya bo'yicha tayyorlanayotgan mutaxassislarni sog‘liqni saqlash 
tizimigajalbqiiishimizkerak. Vaholanki, barcha rivojlangan davlatlarning 
klinikalarida klinik psixologlar vrachlar bilan hamkorlikda ishlaydi. 
0
‘zbekistonda bu ishni yo‘lga qo'yish uchun sog'liqni saqlash tizimida 
faoliyat ko'rsatuvchi «Tibbiy yoki klinik psixolog» statusini ishlab chiqish 
va ularga yuridik maqom berish maqsadga muvofiq.
X.A. Alimov - O'zbekistonda psixiatriya fanining asoschilaridan biri, 
tibbiyot fanlari doktori, professor. Olim psixiatriyaning bir q ato r 
yo'nalishlariga oid ishlari bilan mashhur va u bu yo'nalishda katta maktab 
yaratdi. Yirik tashkilotchi olim nafaqat markazda, balki viloyatlardagi 
tibbiyot institutlariga, sog'liqni saqlash tizimiga yuqori malakali kadrlarni 
tayyorlashda bevosita rahbarlik qildi. X.A. Alimov Toshkent davlat 
tibbiyot institutida psixiatriya, narkologiya va tibbiyot psixologiyasi 
kafedrasining mudiri bo‘lib ishlagan va bir qancha monografiyalar, o'quv- 
uslubiy qo‘llanmalar yaratgan. Uning asarlaridan hanuzgacha tibbiyot 
institutlarida o'quv jarayonida foydalanib kelinmoqda.
Sh.A. Murtalibov - Tibbiyot fanlari doktori, professor. Olimning hayot 
faoliyati Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti bilan bog'liq 
bo'lib, bir necha yillar psixiatriya va psixoterapiya kafedrasini boshqargan 
Sh.A. Murtalibov uzoq yillar bosh psixiatr lavozimida ishlab yurtimizda 
psixiatriya xizmatining rivojlanishiga bevosita rahbarlik qilgan. Sh.A. 
Murtalibov shizofreniya, alkogolizm, psixoz va serebral aterosklerozga 
oid yirik ilmiy asarlar yaratgan. U ruhiy buzilishlarni davolashda 
psixoterapiya usullaridan foydalanish tam oyillarini ishlab chiqqan. 
Olimning psixoterapiya bobida yaratgan ilmiy asarlari hanuzgacha tibbiy 
amaliyotda muvaffaqiyatli qo‘llab kelinmoqda.
M .G . D avletshin - O 'z b e k is to n d a p six o lo g iy a fa n in in g
rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan yirik olim, psixologiya fanlari 
d o k to ri, p ro fesso r. U pedagogik p six o lo g iy ag a, ayn iq sa yosh 
p six o lo g iy a sig a oid ish la ri b ila n m a sh h u r. M .G . D a v le tsh in
rahbarligida yaratilgan «Qobiliyatlar va ularning diagnostikasi» asari 
amaliy psixologlar tayyorlashda keng qo'llab kelinmoqda. U o'zining 
so'nggi paytlarda yaratgan asarlarida O'zbekistonda yangi asr avlodini 
tarbiyalashda psixologiyaning o'rnini asoslab berdi. Olimning asarlari 
R esp u b likam izn ing b archa oliy o ‘quv m ask an larid a yangi davr 
psixologlarini tayyorlashda o'qitib kelinmoqda.
20


E.G‘. G'oziyev - O'zbekiston Milliy universiteti psixologiya kafedrasi 
m u diri, psixologiya fa n la ri d o k to ri, professo r. E .G ‘. G 'o ziy ev 
O'zbekistonda psixologiya fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan 
olim. Uning ilmiy faoliyati psixologiyaning deyarli barcha sohalarini 
qam rab olgan, u ayniqsa, tafakkur psixologiyasiga oid ishlari bilan 
mashhur. Olimning tashabbusi bilan Milliy universitetning psixologiya 
kafedrasida tibbiyot psixologiyasi kursi o 'q itila boshlandi. Uning 
rahbarligida salomatlik psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi, aqliy 
zaif bolalar psixologiyasi, yurak ishemik kasalliklarida bemorlar shaxsi, 
psix odiagnostika, em otsional h o la tlarn i b o sh q arish k ab i asarla r 
yaratildi. Olim asarlaridan Respublikamizning turli oliygohlarida nafaqat 
umumiy psixologiya, balki umumiy va tibbiyot psixologiyasini o'qitishda 
ham foydalanib kelinmoqda.
U.X. Alimov - T oshkent vrach lar m alakasini oshirish in stituti 
psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, 
professor. Bugungi kunda olim Sh.A. Murtalibov maktabini davom ettirib 
O'zbekistonda psixiatriya va psixoterapiya fanlarining rivojlanishiga katta 
hissa q o 'sh ib kelm oqda. U .X . Alimov “P six iatriy a klinikasining 
m uqaddim asi” va “Ruhiy buzilishlarga tashxis qo'yish va davolash 
modellari” nomli asarlar yaratgan. Olimning asosiy ilmiy yo'nalishlari 
shizofreniya, alkogolizm, narkomaniya va shu kabi turli ruhiy kasalliklarga 
oid bo'lib, bu yo'nalishda bir qancha ilmiy va o'quv-uslubiy qo'llanmalar 
yaratgan. U.X. Alimov sog'liqni saqlash vazirligi bosh psixiatri lavozimida 
Respublikamizni ushbu ixtisoslikka oid yetuk kadrlar bilan ta ’minlashga 
boshchilik qilib kelmoqda.
V.M. Karimova - O 'zbekistonda oila psixologiyasi bo'yicha yirik 
mutaxassis, psixologiya fanlari doktori, professor. Respublika «Oila» 
ilmiy-amaliy markazi direktori. Olima o'zbek ayolining sog'lom turmush 
tarzi modelini yaratdi. U psixologiyaning turli sohalariga oid bir qancha 
darsliklar, o 'q u v q o 'lla n m ala ri va m etodik k o 'rsa tm a la r muallifi. 
V.M.Karimova oila va salomatlik psixologiyasiga oid bir qancha yirik 
asarlari bilan mashhur. Uning asarlari barcha universitetlar, tibbiyot 
oliygohlari, kollej va litseylarda o'qitib kelinmoqda. Uning o'smirlar 
tarbiyasiga oid bir qancha ilmiy-tadqiqot ishlari chop qilingan. V.M. 
Karimova o'z asarlarida m a’naviy yetuk avlodni tarbiyalash va voyaga 
yetkazishda salomatlik tamoyillariga amal qilishni targ'ib qilib keladi.
B.R. Qodirov - Psixologiya fanlari doktori, professor. Serqirra ijodi 
bilan tanilgan olim psixologiyaning bir qancha yo'nalishlari bo'yicha 
ilmiy izlanishlar olib borgan. Bular - psixofiziologiya, yoshga oid 
psixologiya, shaxs psixologiyasi, psixogenetika, oliy nerv faoliyati, 
qobiliyatlar psixologiyasidir. U ning keyingi yillarda bajargan ilmiy-
21


ta d q iq o t ishlari m aktabgacha b o 'lg an b olalarning psixofiziologik 
yetukligini aniqlash va baholashga qaratilgan. Olim bugungi kunda 
O'zbekiston Milliy universtitetining psixologiya kafedrasida tibbiyot 
psixologiyasi yo'nalishini boshqaradi.
S.Z. Yeshimbetova - Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti 
psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori. 
O lim an in g asosiy ilm iy ish la ri tu rli ru h iy k a s a llik la rd a shaxs 
p a to lo g iy a si, seksual b u z ilis h la r p six o lo g iy asi, d ep ressiy a, 
psixofarm akoterapiya, tibbiy-psixologik ekspertiza kabi bir qancha 
yo'nalishlarni o'z ichiga qam rab olgan. U Respublikamizda birinchi 
bor virgogamiyani ilmiy asoslab berdi va ushbu patologiyaga oid bir 
qancha o 'q u v -u slu b iy va am aliy k o 'rs a tm a la r tayy orlad i. Olima 
tom onidan tayyorlangan o 'q u v q o 'llan m alar am aliy shifokorlarni 
ti yyorlashda dars berish jarayonlarida keng qo'llab kelinmoqda. S.Z. 
Yeshimbetova Sog'liqni saqlash vazirligi bosh psixoterapevti sifatida 
ham faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
Z.R. Ibodullayev - Toshkent tibbiyot akademiyasi asab kasalliklari 
kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori. Asosiy ilmiy yo'nalishlari 
bosh miya kasalliklarida oliy ruhiy funksiyalarni o'rganishga qaratilgan. 
U ambidekstlarda insult modelini yaratdi va miyaning psixologik himoya 
konsepsiyasini ishlab chiqdi. U ning ta sh ab b u si bilan «T ib biyo t 
psixologiyasi» darsligi yetuk xorij davlatlari darsliklariga moslab tuzildi 
va unga Freyd nazariyasi, neyropsixologiya asoslari, psixosomatik 
sindrom lar va depressiyaga oid yangi m ateriallar kiritildi. Tibbiy- 
psixologik statusni tekshirish bo'yicha kasallik tarixnomasini ishlab 
chiqdi. Uning muallifligida Respublikamizda ilk bor yaratilgan «Tibbiyot 
psixologiyasi» darsligi «Yilning eng yaxshi darsligi» sovriniga sazovor 
bo'ldi.
Shunday qilib, tibbiyot psixologiyasi barcha tabiiy va aniq fanlar ta ’siri 
ostida rivojlandi va alohida fan sifatida butun dunyoda tan olindi.
2 2



Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish