Psixologiy asi


Meningit va meningoensefalit o‘tkazgan bemorlar



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

14.3. Meningit va meningoensefalit o‘tkazgan bemorlar
psixologiyasi
Meningit - bosh miya pardalarining o 'tk ir yuqumli-yallig'lanish 
kasalligi bo'lib, asosan yoshlarda ko'p kuzatiladi. Meningit yuqumli 
kasallik bo'lganligi uchun ham, ushbu kasallik aniqlangan bemorlar 
zudlik bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilishi zarur. Kasallik 
aniqlangan bemoming oilasida, bog'cha va maktabda darhol dezinfeksiya 
ishlari o'tkazilib, unga yaqin b o 'lg an lar vrach nazoratiga olinadi. 
Meningit ham insultga o'xshab to'satdan boshlanadi. Bemoming harorati 
40 gradusgacha ko'tariladi, yuzi va tanasiga toshmalar toshib ketadi, 
boshi qattiq og'riydi, qusadi, yorug'likka qaray olmaydi, holi qochib 
yotib qoladi. Nevrologik tekshiruvlarda meningial simptomlar aniqlanadi.
272


Meningit ayniqsa bolalarda og'ir kechadi va ular darrov hushini yo'qotib 
koma holatiga tushib qolishlari mumkin. Shuning uchun tana harorati 
ko'tarilgan har qanday bemor darhol mutaxassisga ko'rsatilishi lozim. 
O datda, meningit tashxisini nevropatolog yoki yuqumli kasalliklar 
shifokori qo'yadi. Biroq umumiy amaliyot shifokori meningitni aniqlay 
olishi va zudlik bilan bemorni yuqumli k asalliklar shifoxonasiga 
yuborilishini tashkillashtirishi lozim. Bemor shifoxonadan qaytgandan 
keyin esa uni nazoratga olishi va yana mutaxassislar ko'rigini ta'minlashi 
kerak.
Meningit kasalligining turi ko'p bo'lib, ularni to'g'ri aniqlash uchun 
albatta bemoming orqa miya suyuqligini, ya’ni likvorni tekshirib kasallik 
qo'zg'atuvchisini aniqlash lozim. Bu esa zarur antibiotiklarni to 'g 'ri 
tanlab olishga yordam beradi. Lyumbal punksiya, ya’ni miya suyuqligini 
tekshirish, meningit kasalligida albatta qilinishi lozim b o igan muolajadir. 
Yiringli m eningitlarda bu muolaja bir necha bor qilinishi mumkin. 
Lyumbal punksiya orqali nafaqat kasallik qo'zg'atuvchisini aniqlash 
m um kin, balki bem or uchun o 'ta xavfli b o 'lg a n miya shishini 
kam aytirish, bem orning kom aga tu sh ish in in g oldini olish, m iya 
pardalarida ketayotgan yallig'lanish jarayonlarini pasaytirish yoki yiringli 
jarayonning miya to'qim asiga o 'tib ketishini va m eningoensefalit 
rivojlanishining oldini olish mumkin. Miya qorinchalarining xorioidal 
chigallarida 24 soat ichida 400-450 ml miya suyuqligi ishlab chiqariladi 
va qayta so'rilib turadi. Bu jarayon turli kasalliklarda kuchayib yoki 
pasayib turishi mum kin. M eningitlarda yiringli jarayon oqibatida 
loyqalangan likvorni lyumbal punksiya orqali olib turish, toza miya 
suyuqligi ishlab chiqarilishini jadallashtiradi. Aks holda miya pardalari 
orasida qolib ketgan yiringli jarayon miya to'qim asiga so'rilib og'ir 
asoratlar qoldirishi mumkin, y a ’ni tu tqan o q xurujlari, ko'rishning 
buzilishi, xotira buzilishlari, nevroz, psixoz va h.k.
T a’kidlab o'tilganidek, yuqumli kasalliklar shifoxonalarida meningit 
bilan kasallangan bemorlarga lyumbal punksiyalar qilinishi tabiiy holdir. 
Biroq bemor hayoti uchun o 'ta zarur bo'lgan ushbu muolajaning o'z 
vaqtida o'tkazilishiga bemorning yaqinlari yo 'l qo'yishm aydi yoki 
«Punksiya qilmaysiz!» deb turib olishadi. Ayniqsa, bolalar yuqumli 
kasalliklari shifoxonasida ishlovchi shifokorlar bunday holatlarga ko’p 
duch kelishadi. «Agar bolada miya suyuqligi olinsa, u aqliy rivojlanishdan 
orqada qoladi», degan m utlaqo n o to 'g 'r i fikr o ta-o n alar orasida 
tarqalgan. Meningit bilan kasallangan bemorlarni konsultatsiya qilishga 
borganimizda bunday savollarga biz ham k o 'p duch kelganmiz. Ba’zan 
shifokorlar konsultatsiyaga kelgan vrachga «Siz ham ushbu tekshirish 
zarurligini ayting, bolaning ota-onasini kndira olmayapmiz» deb iltimos
273


qilishadi. A ksariyat hollarda ushbu m uolajaning o 'ta zarurligini 
tushuntirish ancha vaqtni talab qiladi. Bu yerda vrachlar lyumbal 
punksiyani amalga oshirish zarurligini bemorning qarindoshlari bilan 
maslahatlashib emas, faqat tibbiy ko'rsatmalarga asoslanib hal qiladi. 
Ba’zi hollarda bemorning qarindoshlari «Bizlar bilan maslahatlashmay 
miya suyuqligini olibsiz, nega bunday qildingiz?» deb vrach ustidan arz 
qilib yurishadi. Bunday shikoyatlar yuridik kuchga ega emas.
Odamlar orasida miya suyuqligini tekshirish haqida bunday noto'g'ri 
fikrlam ing paydo bo'lishiga shifokorlar aybdor desak, m ubolag'a 
qilmagan bo'lamiz. Afsuski, bunday fikrlarni lyumbal punksiya haqida 
to 'g 'ri m a’lumotga ega bo'lm agan shifokorlar tarqatishadi. Quyida 
ushbu masalaga oid o'zimiz guvohi bo'lgan achinarli bir holatni keltirib 
o'tam iz. M eni qamoqxonalardan biriga bitta mahbusni ko'rib tibbiy 
xulosa berish uchun taklif qilishdi. Bemorni tekshirib turishimni kuzatib 
turgan va shu yerda ishlaydigan bir xodim «Nevropatologmisiz?» deb 
so'radi. Men «Ha» deb javob berdim. U «Bemorni ko'rganingizdan keyin 
ketib qolmang, Sizda ishim bor» dedi. Bemorni ko'rib bo'Igandan keyin 
u meni alohida xonaga olib kirib «Doktor, aytingchi meningitda orqa 
miya suyuqligini tekshirish kerakmi?» deb so'radi. Men «Albatta, kerak!» 
deb javob berdim. «Nima uchun?» so'radi u. Men «Bu muolaja tashxisni 
to 'g 'ri qo'yish uchun zarur» deb aytdim. «Nima, punksiya qilmasa 
meningit tashxisini qo'yib bo'lmaydimi?» deb so'radi va meningitga xos 
simptomlarni birin-ketin aytib boshladi, hatto nevrologik simptomlarni 
ham. To'g'risi, uning meningitga xos belgilarni bexato aytayotgani meni 
hayratda qoldirdi. «Doktor emasmisiz o'zi?» deb so'radim undan. «Buning 
nima farqi bor, mening umuman tibbiyotga aloqam yo'q! Siz mening 
savolimga javob bermadingiz» deb sovuqqonlik bilan yana haligi savolni 
qaytardi: «Orqa miya suyuqligini tekshirmasa, meningit tashxisini qo'yib 
bo'lmaydimi?». Men «Qo'yib bo'ladi, biroq bu muolaja faqat to 'g'ri 
tashxis uchun emas, to 'g 'r i d av o lash uchun ham zarur» dedim . 
«Tinchlikmi, nimaga buncha meningit bilan qiziqib qoldingiz, yaxshiyam 
doktorman, Sizning mahbusingiz emasman» dedim hazillashib. U bo'lsa 
«Yaqinda bitta doktor mening mahbusim bo'ladi!» dedi jiddiy tarzda va 
mening oldimga katta bir qizil papkani tashladi. «Iltimos shu materiallar 
bilan tanishib chiqing» dedi. Men papkadagi materiallar bilan tanishib 
chiqdim. Qisqasi 30 yoshlar atrofidagi ushbu qamoqxona xodimining 2 
yoshga to'lm agan bolasi meningit bilan kasallanib yuqumli kasalliklar 
shifoxonasiga og'ir holatda keltiriladi. Bemorni mutaxassislar ko'rishadi 
va zudlik bilan davolash muolajalarini boshlashadi. Bolani davolayotgan 
palata vrachi uni lyumbal punksiya qilmasdan davolay boshlaydi. Bola 
tez tuzalavermaydi va hushini yo'qota boshlaydi va sopor holatiga tushadi.
274


Meningit bo'yicha dissertatsiya ishini bajarayotgan boshqa bir vrach o'z 
navbatchiligida miya suyuqligini olib tekshirish uchun bolaga lyumbal 
punksiya muolajasini o'tkazadi, chunki bolaning ahvoli og'irlashayotgan 
bo'ladi. Ertalabgacha miya shishi belgilari kamayib, bola hushiga keladi. 
Analiz natijalari tayyor bo'lgach meningit qo'zg'atuvchisi aniqlanib, 
bem orga berilay o tg an a n tib io tik la r va boshqa d o ri-d a rm o n la r 
o'zgartiriladi. Bola 4-5 kun ichida o'ziga kelib tuzala boshlaydi, bola 
komaga tushsa uning hayoti havf ostida qolardi. Ertalabki shifokorlar 
yig'inida bo'lim mudiri palata vrachini o'z vaqtida punksiya qilmaganligi 
uchun koyiydi va n av b atch i v rach g a m in n atd o rch ilik b ild irad i. 
Hamkasblari oldida izza bo'lgan vrach tuzalib ketgan bolaning otasiga 
«Bolangizdan miya suyuqligini olmasayam tuzalardi, bu muolajani qilish 
uchun bemorning ota-onasidan yoki davolovchi vrachdan ruxsat olish 
kerak edi, endi bolangiz aqli zaif bo'lib o'sadi. Navbatchi vrach bolangizni 
bir kasallikdan tuzatib, ikkinchi kasallikka yo'liqtirdi» deydi. «Punksiya 
qilgan vrach dissertatsiya ishini bajarayapti, ishonmasangiz tekshirib 
ko'ring, shuning uchun ham u bolani navbatchilik paytida punksiya qildi, 
punksiyadan keyin bolaning ahvoli og'irlashib qolsa nima bo'lardi, bu 
m uolajani kunduz kuni qilsa b o 'lard i-k u . Biz bir nechta bolalarni 
pu n k siy a qilm asd an ham d av o lay ap m iz, ishonm asangiz b o sh q a 
vrachlardan va hamshiralardan so'rang» deydi. Qamoqxonada tergovchi 
bo'lib ishlaydigan bu odamning miyasiga noqobil vrachning «Bola endi 
aqli zaif bo'lib o'sadi» degan so'zlari o'rnashib qoladi va u ilmiy ish 
qilayotgan vrach haqida m a’lumotlar yig'ib boshlaydi, uning dissertatsiya 
materiallaridan bolasi haqidagi xulosalarni ham dalil uchun oladi, birin- 
ketin ushbu muolaja haqida barcha vrachlarning fikrini so'rab boshlaydi. 
Eng achinarlisi «Meningit kasalligida punksiya qilish kerakmi-yo'qmi?», 
«Lyum bal punksiyani n avb atch ilik d a qilish shartm idi yoki sh art 
emasmidi?», «Miya suyuqligi olingan bolada keyinchalik aqli zaiflik 
rivojlanadim i yoki yo'qmi?» «Bemorni punksiya qilish uchun yaqin 
qarindoshlaming ruxsatini olish kerakmi yoki yo'qmi?» kabi savollarga 
bolaning otasi turli vrachlardan turlicha javob oladi. Bu savollarga b a ’zi 
vrachlar «На» deb javob bersa, boshqa birlari «Yo'q» deb javob beradi. 
Bu javoblardan tergovchi otaning miyasi gangib qoladi va masalaga 
oydinlik kiritish uchun meningitga oid m a’lumotlarni darsliklardan izlab 
bosh layd i va nevrologik sim p to m la rn i qanday tek shirishni ham
o'zlashtirib oladi. Suhbat chog'ida u menga «Nima uchun doktorlar 
yagona qonun bo'yicha ishlashmaydi, har kim har xil gapiradi, axir 
o'tkaziladigan muolajalar m a’lum bir qonun-qoida asosida olib borilishi 
kerakku, nega ba’zi vrachlar talabalar uchun mo'ljallangan darsliklardagi 
m a’lumotlarni ham chala bilishadi? Mening ulardan juda ko'nglim qolib
275


ketdi. Hatto shuncha yildan buyon ishlayotgan vrachlarning ba’zilari 
punksiya haqida aniq bir m a’lumotga ega emas» deb gapirgandi xunobi 
oshib. Balkim bu odam hissiyotga berilib shunday gaplarni gapirgandir, 
lekin men bir narsaga aminmanki, agar qilinajak muolaja haqida u 
so'roqqa tutgan vrachlarning fikri bir joydan chiqqanda edi, vrachlar 
haqida u salbiy fikrga bormagan bo'lur edi. Axir tibbiy muolajalar haqida 
umumqabul qilingan qonun-qoidalar borku va barcha shifokorlar ularga 
q a t’iyan amal qilishlari kerak. Nega biz ularni unutib qo‘yamiz yoki 
bilmaymiz? Buning natijasida tibbiyotga aloqasi bo'lm agan odamlar 
orasida yuzimiz shuvut bo'lib qoladi, ular bizlarga ishonmay qo'yishadi. 
Bir necha yildan buyon meningit kasalligi bilan shug'ullanayotgan 
vrachlarning fikri nega har xil bo'lib chiqdi. Bu yerda navbatchi vrach 
juda to 'g'ri ish qilgan. Meningitda albatta lyumbal punksiya qilinishi 
shart, bu haqda vrach faqat tibbiy ko'rsatmalarga rioya qiladi, bemorning 
qarindoshlariga bu muolaja haqida hisobot berib o'tirmaydi, bemorning 
hayotini saqlab qolish uchun zarur bo'lgan har qanday tibbiy muolaja 
zudlik bilan bajarilishi kerak. Bu qoida talabalarga barcha fanlarda 
o'rgatilib kelinadi. Faqat rejali tarzda bajariladigan muolajalar kuni yoki 
soati oldindan belgilanishi mumkin. Bunda ham qilinadigan muolaja 
rejali tarzda bajariladimi yoki zudlik bilan bajarish lozimmi, oldindan 
hal qilib olish kerak. «Miya suyuqligi olingan bolalarda keyinchalik aqliy 
zaiflik rivojlanadi» degan fikrlar mutlaqo noto'g'ri fikr bo'lib, aksincha, 
lyumbal punksiya qilinmay davolangan bolalarning nafaqat tuzalishi 
qiyin kechadi, balki miya suyuqligidagi yiringli ajra tm a lar miya 
bo'shliqlarida to'planib miya to'qimalarini zararlaydi va natijada miya 
to'qimasi atrofiyaga uchraydi, kistalar paydo bo'ladi. Bunday holatlar 
keyinchalik turli xil asab va ruhiy buzilishlar rivojlanishiga turtki bo'ladi. 
Endi ushbu buzilishlar bilan taniishib chiqamiz.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish