Psixologiy asi



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/208
Sana01.03.2022
Hajmi8,34 Mb.
#477179
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009 (2)

Prcfrontal
soha 
Brok
Prcmotor
soha
a.ccrcbri__
media
Umumiy sezgi 
markazi
Pariyetal
soha
Vernike
markazi
Ko'ruv
markazi
Gratsiole
tutami
— M hacha
ustuni
36-rasm. Bosh miya chap yariin shari
Insult 
O ‘choq
261


38-rasm. Qon tomirlar holati va insult rivojlanishi
qon aylanishining o ‘tkir buzilishi oyoq-qo‘llar falajligi (gemiparez, 
monoparez), tananing bir tomonida sezgi buzilishlari (gemianesteziya, 
monoanesteziya) va nutq buzilishlari (motor va sensor afaziyalar) bilan 
namoyon boMadi.
Agar insult bosh miyaning chap yarim sharida rivojlansa tananing 
o ‘ng tomonida kuzatiladigan falajliklar (gemiparez) va sezgi buzilishlari 
(gemianesteziya) nutq buzilishlari (afaziyalar) bilan namoyon boMadi 
(37-rasm). Agar insult bosh miyaning o ‘ng yarim sharida ro ‘y bersa, 
falajliklar va sezgi buzilishlari tananing chap tomonida kuzatiladi, biroq 
nutq buzilishlari boMmaydi. Shuni alohida ta ’kidlash lozimki, nutq 
buzilishlari o‘naqaylarda bosh miyaning chap yarim shari, chapaqaylarda 
o ‘ng yarim shar zararlanganda kuzatilsa, ambidekstrlarda ikkala yarim 
shar zararlanganda ham kuzatiladi. Biroq, chapaqay va ambidekstrlarda 
nutq buzilishlari o ‘naqaylarga qaraganda tezroq tiklanadi.
Miya insultlarida kuzatiladigan xulq-atvor buzilishlari miyaning chap 
va o‘ng yarim sharlari zararlanganda turlicha boMadi.
262


Bosh miyaning chap yarim shari insultlarida bemorlar
psixologiyasi
Oyoq-qo'llardagi falajliklarning nutq buzilishlari (motor va sensor 
afaziyalar) bilan birgalikda nam oyon b o ‘lishi bem or uchun o g 'ir
psixologik jarohatdir. Insonni boshqa jonzotlardan farq qilib turuvchi 
nutqning to 'satd a n buzilishi bem orning psixologiyasini o 'zg artirib
yuboradi, u atrofdagilarni faqat tovush holatida eshitadi, m a’nosini 
tushunm aydi, o 'z i ham fik rin i tu sh u n tirib beraolm aydi, b u n in g
natijasida bem or jizzaki b o 'lib qoladi, yaqinlarini urishadi, hadeb 
gapirishga urinaveradi, biroq fikrini to 'g 'ri bayon qilib bera olmaydi. 
Bu holat sensor afaziya uchun xosdir (darslikning ikkinchi bobida 
afaziy alarn ing klinik k o 'rin ish i va diagnostikasi h aq ida b atafsil 
m a ’lu m o t b erilg an ). 
B a ’zan bem or indam ay y o ta d i, fa q a t 
atrofdagilaming savoliga javob berishga urinadi, oddiyroq savollarga 
javob beradi ham, biroq o'zi gapirmay yotadi. Bu holat motor afaziya 
uchun xosdir. N utq odatda falajliklarga qaraganda oldinroq tiklanadi, 
masalan insultning o 'tk ir davridayoq (21 kun ichida) nutq tiklanib 
boshlaydi. Nutqning tez tiklanish darajasi insultning turiga, zararlangan 
jo y n in g h ajm ig a va a lb a tta d av o lash ja ra y o n in g q a n d ay o lib
borilayotganiga k o'p jihatdan bog'liq.
Agar insult uzoq paytdan buyon xafaqon kasalligi, ateroskleroz, qandli 
diabet va yurak kasalliklari bilan og'riyotgan bemorlarda rivojlansa nutq 
tiklanishi falajliklar kabi qiyin kechadi. Surunkali alkogolizmdan aziyat 
chekayotgan bemorlarda insult rivojlansa nutq buzilishlari xulq-atvorning 
keskin buzilishlari bilan namoyon bo'ladi va nutq ham kech tiklanadi. 
Bunday bemorlar bilan muloqot qilish juda qiyin bo'lib, ular vrach va 
y aq in la rin in g ay tg an larn i b aja rm a y d i, tez urishib k etad i, yoki 
yig'layveradi, ovqat yeyishdan bosh tortadi, tagiga siyib yuboradi. Uni 
parvarish qilish (soch-soqolini olish, cho'm iltirish va h.k) ga y o 'l 
qo'ym aydi, davolash m uolajalaridan voz kechadi. Tabiiyki, bunday 
bemorlarni davolash shifokorlar uchun qiyinchiliklar tug'diradi. Odatda, 
nutqi buzilgan odamning xulq-atvori ham buzilgan bo'ladi. Bunga nutqi 
rivojlanmay qolgan bolalarni misol qilib ko'rsatish mumkin, ularning 
aksariyatida xulq-atvor o 'ta buzilgan bo'ladi. Inson xulq-atvorining 
boshqaruvchanligi ham unda nutq funksiyasining mavjudligiga k o 'p
bog'liq. Insult o'tkazgan bemorlarda nutq tiklangandan so'ng davolash 
jarayonidagi ba’zi qiyinchiliklar bartaraf topadi, bemor endi o'z tanasida 
kechayotgan kasallik alomatlarini yaqinlariga va shifokorlarga bemalol 
aytib bera oladi, ularning tavsiyasini bajara boshlaydi va natijada davolash 
jarayonida ijobiy natijalar yuz bera boshlaydi.
263


Bosh miyaning chap yarim sharida ro‘y bergan insultlarda xavotir 
bilan kechuvchi nevrotik holatlar ko ‘p kuzatiladi. Aynan mana shu 
xavotirli nevrozning mavjudligi chap yarim shar insultini o'ng yarim shar 
in su ltid a k u zatilad ig an x u lq -atv o r b uzilish laridan farqlovchi 
simptomlardan biridir. Xavotir qanday ko'rinishda namoyon bo'ladi? 
Bemor insult oqibatida tanasida paydo bo'lgan kasallik alomatlaridan 
aziyat chekaveradi, vrachning h ar bir tashrifida nutqi va harakat 
faoliyatning tiklanib ketish-ketmasligi haqida so'rayveradi, vrachning har 
bir so'ziga xavotir bilan quloq tutadi, uning har-bir tavsiyalarini so'zsiz 
bajarishga intiladi, davolash natijasida ro'y berayotgan har bir ijobiy 
o'zgarishdan xursand bo'ladi. A lbatta, miyaning chap yarim shari 
insultlari uchun xos bo'lgan xavotir bilan kechuvchi bunday simptomlar 
uning tezroq sog'ayib ketishiga yordam beradi. Shuning uchun ham 
miyaning chap yarim shari insultlarida nevrologik funksiyalarning tiklanish 
jarayoni o'ng yarim shari insultlariga qaraganda tezroq kechadi. Chunki 
xavotirli nevroz o'ng yarim shar insultlarida kuzatilmaydi.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish