Psixologik trening


Treningga berilgan ta’sniflaning mazmuni



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/192
Sana01.03.2022
Hajmi2,48 Mb.
#475833
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192
Bog'liq
fayl 776 20210505 (1)

4.Treningga berilgan ta’sniflaning mazmuni.
Trening insonlarda mavjud 
bo’lgan xulq-atvori va faoliyatini boshqaruv modelini qayta dasturlash vositasi 
hisoblanib, kishilarning muayyan faoliyat turida o’zini-o’zi barkamollashtirish 
imkoniyatini yaratadi. Jumladan, shaxslararo munosabatlarda namoyon 
bo’ladigan xulq-atvoridagi kamchiliklarni, tashgi muhitdagi salbiy stimullarga 
nisbatan 
emotsional 
sferasida 
yuzaga 
keladigan 
reaksiya 
tezligini 
barqarorlashtirish, ichki va tashqi “Men” o’rtasidagi qarashlarni sayqallash, 
shuningdek, o’zida mavjud bo’lgan, lekin tashqariga chiqara olmagan ichki 
imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishga yo’naltiriladi.
Psixologiya tarixida trening o’qitishning eng keng tarqalgan shakli faol 
ijtimoiy-psixologik treninglardir. L.A.Petrovskaya ijtimoiy psixologik treningga 
ta’rif berar ekan, uni quyidagicha izohlaydi: “Trening - shaxslararo 
munosabatlardagi bilimlar, ijtimoiy ustanovkalar, ko’nikma va tajribalarni 
rivojlantirishga 
qaratilgandir”, shuningdek, “Muloqotda kompetentlikni 
rivojlantirish vositasi hamdir”
1

G.A.Kovalev 
ijtimoiy-psixologik 
treningni 
ijtimoiy-didaktik 
faol 
yo’nalishdir deb hisoblaydi. B.D.Parigin esa guruhiy maslahatlar metodlari 
haqida shunday deydi: Ulardan guruhiy konsul’tatsiya metodlarini faol o’qitish 
uchun foydalaniladi. Hayotiy ko’nikmalarni, muloqotchanlik sohasida bilim 
berishni, kasbiy faoliyat sohasida maslahatlardan tortib to yangi ijtimoiy 
hayotdagi rollarni, ‘Men’ konseptsiyasini korreksiya qilishni, o’z-o’ziga baho 
berish tizimini kuchayishini ta’minlaydi. 
P.O. Gorboshina, “Trening – bu shaxsni o’zgartirishga qaratilgan 
hissiyotlarga boy bo’lgan mashg’ulot turidir” deb ta’kidlab, trener faoliyatini 
huddi olmosni qayta ishlab unga jilo berish bilan bog’liq o’ta nozik zargarning 
ma’suliyatli faoliyat turiga taqqoslaydi.
2
XX asrning 30-yillaridan birinchi ilmiy psixologik xulosalarni qilgan 
shvetsariyalik psixolog Jan Piaje tadqiqotlarida bolaning ijtimoiylashuv 
jarayonini bahs va munozara usuli orqali o’rganar ekan, bolalarda egoistlik 
mavqeini susayishi, o’zini xatti – harakati va o’zgalar mavqeini anglash bilan bir 
qatorda o’zini o’zgalar o’rniga qo’ya olish qobiliyatini rivojlantirishini 
aniqlagan.
1
Петровская Л. А. 
Теоретические и методические проблемы социально- психологического тренинга. М.: 
Изд-во МГУ, 1982. 
2
Горбушина О. П.
Психологический тренинг Секреты проведения “Питер” М.: 2008 ) 


15 
Nemis psixologi Kurt Levinning fikricha, guruhdagi munozara har bir 
shaxsning ijtimoiy ustanovkalari, qarashlarini, har bir shaxsning guruhiy 
faoliyatiga nisbatan motivatsiyasini oshirib, o’z mavqei va o’zgalarni tushinish, 
his qilish ehtiyojining oshishini ta’kidlaydi.
S. I. Makshanovning psixologik trening nazariyasiga kelsak, shaxsga 
nisbatan qaratilgan “rivojlanish” tushunchasidan farqli o'laroq, treningga shaxs 
xususiyatlarini “ataylab o'zgartirish” atamasini kiritgan. Ushbu tushuncha 
“rivojlanish” tushunchasiga nisbatan kengroq ma’noni anglatib, unda 
o'zgarishlarning maqsadi, jarayoni va natijalarini etarlicha aks ettiruvchi ongli 
xususiyatlarini ta'kidlaydi. “Ataylab o'zgarish” tushunchasi rivojlanish bilan 
bog'liq bo'lmagan holatlarga nisbatan qo'llash imkonini beradi, masalan, ataylab 
o'zgarish natijasida insonning biror narsaga munosabati o'zgarganda, bu, albatta, 
o'zgarish, lekin rivojlanish hisoblanmasligini keltirib o’tadi.
3
Ataylab o'zgartirish 
rivojlanishni ham, korreksiyani ham o'z ichiga oladi.
Boshqa mualliflar trening bilan birgalikda tajriba ham almashinish 
konsepsiyasini ta'kidlashadi. K’ell Rudestam trening shaklini “o'rganish 
tajribasining asosiy markazi, ba'zi hollarda - odamni o'qitish va o'zgartirishning 
yagona muvaffaqiyatli usuli” deb ataydi. Uning ta'kidlashicha, “ har bir 
ishtirokchi guruhdagi o'zaro munosabatlarni kuzatib, o'zini boshqalar bilan 
tanishtirishi va ular o’rtasida o’rnatilgan o’zaro hissiy aloqa orqali shaxs o’z his-
tuyg'ulari va xatti-harakatlarini to’gri baholaydi. Shuningdek, ishtirokchilar 
trening davomida hayotda uchraydigan oddiy ko’nikmadan tortib, murakkab 
ko’nikmalarga taqlid qilishi va amalda qo’llab sinovdan o’tkazishi mumkinligini 
ta’kidlab otadi”
4
Viktor Kagan treningni bilim va konikma berishga asoslangan ta'limning 
maxsus shakli va psixologik treningni tushunish uchun umumiy va asosiy 
bo'lgan “tajriba” tushunchasi bilan bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. Aytishimiz 
mumkinki, guruhiy psixologik trening- bu guruhdagi o'zaro ta'sir o'tkazish 
jarayonida o’z hayotiy tajribasini o'rganish, tahlil qilish va qayta baholash orqali 
shaxsni shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga qaratilgan ataylab o'zgartirish usulining 
o’ziga xos xususiyatlarini keltirib o’tadi
.
5
J. Cliffordning trening haqidagi pozitsiyasi quyidagicha: ‘Trening bu 
yangi mahoratni o'rganadigan majburiy bo’lmagan bilim jihati bo’lib, 
rasmiy (masalan, o'quv kurslari) va norasmiy (masalan, ish joyida o'qitish) 
3
Макшанов С. И. 
Психология тренинга: Теория. Методология. Практика: Монография. — СПб.: 
Образование, 1997. 
4
Рудестам К. 
Групповая психотерапия. — М.: Прогресс, 1993. 
5
Каган В. Е. 
Психотерапия для всех и для каждого. — М.: ЭКСМО-Пресс, 1998.


16 
tashkil etilgan va talabaning xulq-atvorida barqaror o’zgarishlarni hosil qiluvchi 
jarayon.” deb, ta’kidlaydi.
6
Yuqorida keltirilgan trening haqidagi ta’riflardan xulosa chaqarish 
mumkinki, trening mashg’uloti maqsadli tashkil etilgan jarayon, organish 
tajribasi orqali ishtirokchilarning bilim yoki xatti-harakatlarida muayyan 
faoliyatning bajarish ko’nikmalarini hosil qilish va shaxsning kelajak 
ehtiyojlarini samarali qondirishga qaratilgan sun’iy va tabiiy ravishda tashkil 
etilgan har xil toifali kishilar yig’inidir desak mubolag’a bo’lmaydi. Shunigdek, 
trening tushunchasi amaliy sohani qamrab olib, psixoterapiya, psixokorreksiya 
va shaxsning rivojlantirish imkoniyatlarini ham ta’minlab beradi.
 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish