13
guruhning muloqot yoki kommunikativ faoliyati sohasidagi bilimdonlik
darajasini maqsadga muvofiq tarzda oshirish jarayonini aks ettirishdir.
IPT aniq talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, shaxsning kommunikativ
bilimdonligi darajasining qisqa fursatlarda maqsadga qaratilgan tarzda
shakillanishga imkon beradi.
Treningning tabiiy va maxsus tarzda uyushtirilgan turlari haqida fikr
yuritish mumkin. Maxsus tarzda uyushtirilgan treningda
alohida vaziyatlar va
o‘yin ishtirokchilarining shaxsiy ehtiyojlari, ularda individual shakillanishi zarur
bo‘lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik
vaziyatga o‘zgalar tomonidan yo’naltiriladi.
Trening mashg‘ulotlari uchun maxsus vaziyat, aniq maqsad, shaxsiy
extiyojlar hamda mashg‘ulotlarni o‘tkazuvchi shaxs yoki boshlovchi zarur.
Mashg’ulotlarning muvaffaqiyati ayrim tamoyillarga aniq bo’ysunishni
taqozo etadi. Birinchidan, mashg‘ulotga yozilgan shaxslardan ijtimoiy faollik
talab etiladi. Ikkinchidan, 1-guruh a’zolaridan doimiy izlanuvchanlik, muayyan
joyda vaziyat hamda rollarini tahlil qilgan holda
uning mohiyatni tushunish u
yoki bu rolga kirishga to‘g‘ri keladi, trening tafakkur va qarashlarning
egiluvchan, vaziyatlarga mos bo‘lishini talab etadi. Uchinchidan, guruh
a’zolarining munosabati va rolining talablaridan kelib chiqqan holda har bir
ishtirokchi aynan shu rolga mos harakatni real xulqda mustahkamlash va
boshqalar ta’sirida uni ongli ravishda qabul qilishi zarur. To’rtinchidan, har bir
mashg‘ulot va muloqot sheriklarining maksimal
tarzda hurmat qilishlariga
asoslanmog’i kerak.
Ijtimoiy psixologik bilimdonlik shaxslararo samarali muomalaning muhim
omilidir. Shaxslararo munosabat muloqotga kirishuvchilarning o‘zaro bir-
birlarini tushunishga olib kelsa, bunday o‘zaro munosabatlar samarali
hisoblanadi.
Kishilarni muloqot jarayonida bilimdonlikka o‘rgatishda ijtimoiy
psixologik trening (IPT) dan foydalanish samaralidir. Ijtimoiy psixologik trening
muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur
kommunikativ malakalarni maxsus dasturlar
doirasida qisqa fursatda
shakllantirishdir. Eng muhimi ijtimoiy psixologik trening mobaynida
odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Demak, shaxsni eskicha streotiplardan, ya’ni fikrlarni tanqidsiz qabul
qilish, tinglash va takrorlash bilan bog‘liq turg‘un qarashlardan holi bo‘lish,
erkin fikr yuritish va o‘z fikr mulohazalarini bayon etishga, o‘z erkini his
qilishga, shaxslararo vaziyatlada muloqot kompetentlik
darajasini shakllantira
14
olsak, shaxs psixologiyasi va munosabatlarida yangicha holat yuzaga keladi.
Bunda ijtimoiy psixologik treninglar, ya’ni samarali muloqot va muomala
usullari hamda maromlarini keng qo‘llash katta amaliy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: